Toshkentda militsiya o‘g‘irlangan oq “Spark”ni o‘qqa tutdi (VIDEO)
Toshkentda militsiya xodimlari oq rangli “Spark” mashinasida qochayotgan haydovchini o‘qqa tutdi. Hodisa 5 sentabr kuni Toshkentdagi Jismoniy tarbiya instituti oldida mahalliy vaqt bilan 18 lar atrofida ro‘y berdi. Voqea guvohlari militsiya xodimlarining "o‘g‘ri" ketidan quvib mashinaga qarata o‘q uzayotgani aks etgan videoni Ozodlikka jo‘natdi.