Muhammad Solih Interpolning qidiruvdagilar ro‘yxatidan chiqarilganini bildirdi
O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihning nomi Interpol qidiruv ro‘yxatidan olib tashlanganini ma’lum qildi. Bu haqda xabar qilgan Bi-bi-si radiosiga ko‘ra, Solih bu borada xalqaro politsiya tashkilotidan rasmiy bildiruv kutmoqda. Muhammad Solihning aytishicha, O‘zbekiston ichki ishlar vazirligiga oid binolarda osilgan qidiruv ro‘yxatlaridan ham uning va ukasi Maqsud Bekjonning surati olib tashlangan.