Abdulaziz Karim: Men endi "jinoyatchi" emasman...
O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida “Qurbon bo‘laman” qo‘shig‘i bilan tanilgan, hozirda Turkiya vatandoshi sifatida Istanbulda yashayotgan o‘zbekistonlik xonanda Abdulaziz Karim O‘zbekistonda o‘ziga nisbatan jinoyat ishi va qidiruv bekor qilinganini aytdi. Xonandaning 24 avgust kuni Facebook sahifasiga joylagan videomurojaatida ta’kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan reabilitatsiya bo‘lgani haqda uning uyiga Toshkent militsiyasidan qo‘ng‘iroq qilib aytishgan.