O‘zbekiston telekanallarida Islom Karimov ismini aytmaslik talab qilingani iddao qilinmoqda
O‘zbekiston MTRK tarkibidagi barcha kanallar muharrirlari joriy hafta boshida mamlakatni 1989 yildan 2016 yilgacha boshqargan marhum Islom Karimovning ismi efirda umuman aytilmasligi lozimligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Bu haqda Ozodlikka O‘zMTRK ning uch xodimi - teleboshlovchi, telekanallardan biri Bosh muharriri va "Yoshlar" telekanali bo‘limlaridan biri boshlig‘i bir-biridan mustaqil ravishda xabar qildi.