CIT: Rossiya Pskovdagi havo-desant diviziyasini Qrimga tashlamoqda
Rossiya o‘zining havo-desant qo‘shinlari (HDQ)ga qarashli Pskov diviziyasi askarlarini anneksiya qilingan Qrim yarimoroliga tashlashni boshladi. Conflict Intelligence Team (CIT) guruhining bu haqdagi xabari Rossiya tomoni Ukraina bilan chegara yaqinida qo‘shin to‘playotgani manzarasida yangramoqda. 10 - aprel oqshomida YouTube’da Simferopoldan shimoli-sharqda joylashgan Nijnegorskaya temir yo‘l bekati tomon yo‘nalgan eshelon videotasviri e’lon qilingan edi. Tashilayotgan harbiy texnika desantchi qo‘shinlarga oidligi aytilmoqda. Читать дальше...