Maktablarga yozuvchi va jurnalistlar “desanti” tashlandi - ular axborot xurujiga qarshi kurashadi
O‘zbekistondagi o‘rta maktablar va oliy o‘quv yurtlarida 1 - apreldan boshlab “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” lavozimi joriy etildi. Yangi lavozimga yozuvchilar va jurnalistlar uyushmalari a’zolari qabul qilinmoqda. Mamlakat prezidentining 26 - martdagi qaroriga binoan, ma’naviyat targ‘ibotchilari oliy ma’lumotli o‘qituvchi uchun belgilangan maoshning yarmi miqdorida ish haqi oladi. Maktab rahbarlari yozuvchi yoki jurnalistning maktabda nima bilan shug‘ullanishini hozircha aniq tasavvur qila olmayotganliklarini aytmoqda. Читать дальше...