Hind mutafakkiri hayotiga bagʻishlangan koʻrgazma
Toshkent fotosuratlar uyida Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida hind davlat arbobi Mahatma Gandi tavalludining 150-yilligiga bagʻishlangan “Mening hayotim – mening xabarlarim” nomli fotokoʻrgazma ochildi.