O‘zbekistonlik reper San Jay: Televideniega chiqolmayman, "sabab soqol"
San Jay taxallusi bilan tanilgan 41 yashar o‘zbekistonlik xonanda Sanjar Jovberdiyev O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat bilan chiqib, soqoli sabab televideniega chiqaolmayotgani, konsert dasturlariga ham ruxsat ololmayotganini aytdi. 8 oktabr kuni Youtube kanaliga joylagan videomurojaatida San Jay jumladan bunday deydi: - "O‘zbekkonsert"dan litsenziyani olganimga bir yil bo‘ldi. Men bu litsenziya bilan televideniega chiqolmayman, sabab "soqol" deyishadi. Konstitutsiya bo‘yicha huquqlarim buzilyapti. Читать дальше...