AQSh senatori Jon Makkeyn 81 yoshida olamdan o‘tdi
Amerikalik respublikachi senator Jon Makkeyn 81 yoshida olamdan o‘tdi. So‘nggi oylarda senator miya saratoni bilan olishayotgandi. 25 avgust kuni Makkeyin oilasi senator saratonga qarshi muolajani davom ettirishdan voz kechgani haqda ma’lum qilgan edi.