Toshkentda avtobus qisilib qolgan yo‘lovchini sudrab ketdi
Yashnobod tumanida 2-sonli avtobus haydovchisi orqa eshikdan tushayotgan yoshi katta yo‘lovchini payqamay qoldi. Oqibatda avtobus erkakni 3−5 soniya sudrab ketdi. “Toshshahartransxizmat” haydovchi ishdan olinganini bildirdi.