Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Janglar ketayotgan Xarkovdagi o‘zbek talabalari vataniga qayta olmayapti

Janglar ketayotgan Xarkovdagi o‘zbek talabalari vataniga qayta olmayapti

28 - fevral kuni O‘zbekiston elchixonasining Xarkovdan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilayotgan mikroavtobusi hujumga uchradi. Rasmiylar jarohatlanganlar bo‘lmaganini bildirdi. 

Xarkovdagi o‘zbek talabalarining asosiy qismi so‘nggi ikki kunda elchixona yordamida Polsha chegarasiga yetkazilgan.  

Ayni paytda Xarkov shahrida bir guruh o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytish imkonini qila olmayapti.  

 

Elchixona avtobusi hujumga uchradi

28 - fevral kuni O‘zbekiston elchixonasining Xarkovdan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilayotgan mikroavtobusi hujumga uchradi. 

“Qator OAV vakillarining murojaatlariga muvofiq ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Xarkov shahrida diplomatik vakolatxonaga qarashli transport vositasi zararlangani haqidagi xabarlar tasdiqlandi”, deyiladi rasmiy xabarda. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elchixona mikroavtobusi shrapnel tomonidan zarar ko‘rgan. Hodisa tufayli O‘zbekiston fuqarolari va elchixona diplomatlari jarohatlanmagan. 

Vatanga qayta olmayotgan talabalar

Xarkovdagi Karazina universitetining 4-bosqich talabasi Nodir Xudoyberganovning Ozodlikka aytishicha, ikki kundirki temir yo‘l vokzaliga yetib bora olmayapti:

“Ko‘chaga chiqa olmayapmiz. Janglar ketyapti. Vokzalga piyoda borish uzoq, taksilar yo‘q. Ko‘chaga chiqishga harbiylar ruxsat bermayapti. O‘zbekistonga ketish uchun vokzalga yetib borib, poyezd orqali Lvovga ketish kerak. Keyin Polshaga o‘tiladi. Lekin qanday qilib, vokzalga yetib borishni bilmayapman”.

Xarkovdagi yana bir o‘zbek talabasiga ko‘ra, vokzalga yetib bora olmagan talabalar soni anchagina bo‘lib, ular oliygohlarning yotoqxonalarida jon saqlamoqda.

Ukraina oliygohlariga o‘zbekistonlik talabalarni jo‘natish bilan shug‘ullanadigan Toshkentdagi Inside-A shirkati xodimlarining 28 - fevral kuni Ozodlikka aytishicha, Xarkovdagi oliygohlarda o‘qiyotgan jami 60ga yaqin talaba uyiga qayta olmayapti. 

Ozodlik Kiyevdagi O‘zbekiston elchixonasi volontyorlari bilan bog‘lanib, Xarkovdagi o‘zbek talabalari vaziyati borasida so‘radi. 

Volontyorlardan birining 28 - fevral kuni kechqurin aytishicha, ular Ozodlik so‘rovidan so‘ng Nodir Xudoyberganov bilan bog‘lanib, unga vokzalga yetib borish yo‘llari haqida maslahat berishgan.

Keyinchalik Nodir uyga qaytishni istovchi boshqa talabalar bilan birgalikda 29 - fevral kuni komendantlik soati tugashi bilan vokzalga yo‘l olishini Ozodlikka bildirdi. 

“Qizlar yo‘lga chiqishga qo‘rqishdi”

Ozodlik suhbatlashgan Xarkovdagi o‘zbek talabalarining aytishicha, ko‘pchilik qizlar janglar bo‘layotgani uchun poyezdga chiqishga qo‘rqqan.

“Ko‘p qizlar qo‘rqqanidan qolishdi. Uyidagilar ham yo‘lda jang bo‘layotgani uchun yo‘lga chiqmaslikni aytishdi. Faqat sanoqli qizlar poyezdga chiqdi”, dedi talabalardan biri.

Lobar ismli o‘zbek talabasi esa Rossiya- Ukraina muzokaralari natijasiga qarab harakat qilishini, hozircha O‘zbekistonga qaytish rejasi yo‘qligini aytdi. 

Ellik o‘zbek talabasi chiqqan poyezd

27 - fevral kuni Xarkov- Lvov poyezdiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba Nizomiddinning Ozodlikka aytishicha, 28 - fevral tungacha Polsha chegarasiga yetib borishga umid qilmoqda:

“Poyezd belgilangan vaqtidan ancha uzoq yuryapti. Yo‘lda jang bo‘lgan paytlari to‘xtab turib, keyin yuradi.  Poyezdda ellikka yaqin o‘zbekistonlik talaba bor. Lvovga yetib borgach, Polsha chegarasiga ketamiz”.

Ozodlik Nizomiddin poezdda ketayotgan payti u bilan bir necha bor bog‘landi. So‘nggi bor poyezd Kiyevdan o‘tgan payti Nizomiddin “yaxshi ketayotganliklari”ni aytdi. 

“Lvovda O‘zbekiston bayrog‘ini izlang”

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasiga ko‘maklashayotgan volontyorlardan biriga ko‘ra, elchixona Lvovga kelgan o‘zbekistonliklarni avtobuslar yordamida Polsha chegarasiga eltib qo‘ymoqda:

“Lvovda vokzalga kelganlar O‘zbekiston bayrog‘ini izlashsin. avtobuslarga bayrog‘imiz osib qo‘yilgan. Elchixona xodimlari Lvovga kelganlarning hammasini to‘liq evakuatsiya qilyapti. Ukraina ichida transport cheklanib qolgan. Birinchidan, juda xavfli, ikkinchidan yoqilg‘i muammolari bor. Yo‘llar berk. Shuning uchun hamma fuqarolarga temir yo‘l orqali Lvov vokzali oldiga kelishni maslahat beryapmiz va kelganlarni chegaradan olib o‘tish tashkillashtirilgan”.

Evakuatsiya qilingan o‘zbeklar chiqqan birinchi samolyot Toshkentga uchdi

28 - fevral kuni ertalab Polshaning Katovitse shahridan 240 nafar o‘zbekistonlik chiqqan birinchi maxsus samolyot O‘zbekistonga uchdi. Kiyevdagi elchixona xodimlariga ko‘ra, ikkinchi samolyot o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Toshkentdan Katovitse shahriga uchgan. 

Turli sabablarga ko‘ra yonida hujjatlari bo‘lmagan 30 nafar O‘zbekiston fuqarosiga qaytish guvohnomasi zudlik bilan rasmiylashtirib berilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Ukrainada 4300 nafar o‘zbekistonlik bor.  

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyev 28 - fevral kuni qilgan chiqishida aytishicha, so‘nggi to‘rt kun ichida Ukrainadan Polshaga 800 o‘zbekistonlik o‘tgan. Chegarada 400 o‘zbekistonlik navbat kutmoqda. Lvov shahrida yana 300-400 o‘zbekistonlik evakuatsiya uchun navbatda turibdi. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hozirga qadar Rossiyaning Ukrainaga hujumi borasida biron bayonot bergani yo‘q.

26 - fevral kuni O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati rasmiy Toshkent Ukraina masalasida neytral pozitsiyada ekanini bildirgan.

Dushanba kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlarining «S5+1» formati doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muloqot qilgan.

Davlat departamenti xabarida o‘zaro muloqot chog‘ida  Blinken Rossiyaning Ukrainaga qasddan, sababsiz va asossiz hujumini qoralagani hamda Ukraina xalqi bilan mustahkam birdamlik izhor qilgani aytiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan rasmiy xabarda Ukraina masalasi tilga olinmadi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Более 39 млн рублей направлено на летний отдых и оздоровление детей-сирот в Архангельской области



Мода

Proenza Schouler Pre-Fall 2024




Українські новини

Монтаж димоходів та вентиляційних систем у Києві



Новости 24 часа

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!



Game News

Real Commando Shooting 3D 6.0



Москва

ЭКСПЕРТ АНАТОЛИЙ ГОЛОД ПРЕДЛАГАЕТ СЕНСАЦИОННО УЛУЧШИТЬ НАЛОГОВУЮ СФЕРУ!



News Every Day

Scotland star SENT OFF after ‘worst tackle ever seen’ as they capitulate in Euro 2024 opener against Germany



Происшествия

Росгвардейцы обеспечили охрану общественного порядка в День поселка Вербилки



Москва

Стоматолог Минко рассказал, можно ли лечить зубы во время беременности



Джиган

Жаркое лето в Сочи: МOT, Джиган и Ольга Бузова выступят на сцене VИНОГРАD Pool Day&Night Club



Москва

Легкоатлеты Московской области стали победителями и призерами игр БРИКС



Кирилл Скачков

Кирилл Скачков из Новокузнецка стал победителем Игр стран БРИКС-2024



Москва

Триумфальное возвращение Льва Лещенко на сцену спустя месяцы затишья. Артист презентовал дуэт с солистом группы “Парк Горького” Сергеем АРУТЮНОВЫМ



Росгвардия

В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу



Симферополь

Выставка-посвящение «Первая дама советской скульптуры»



Москва

Российские компании придерживаются собственного подхода в ESG



Москва

Собянин прибыл в Китай с рабочим визитом



Москва

Звезды оперной сцены представят I Международный фестиваль «Мир классического романса»!



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Российские компании придерживаются собственного подхода в ESG





Путин в России и мире
Москва

"Черный список" Путина скоро придет в движение. Хазин рассказал что ждет вредителей в коридорах власти


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко обратился к Рамафосе




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Трамп назвал Зеленского «величайшим торговцем» и пообещал разобраться с траншами Киеву


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Найк Борзов

Братья Грим и Найк Борзов выступят в Нижегородской области в День молодежи



Москва

Какие есть льготы у пенсионеров Подмосковья в 2024 году?

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net