Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Ukraina urushi va Putinning o‘zbek oligarxlari. Sanksiyalar sirtmog‘i tortilmoqda

Ukraina urushi va Putinning o‘zbek oligarxlari. Sanksiyalar sirtmog‘i tortilmoqda

28 - fevral kuni Yevropa Ittifoqi aksariyati prezident Putinning ittifoqchilari bo‘lgan Rossiyaning 26 nafar mashhur oligarxlari hamda rasmiylariga qarshi sanksiyalarni e’lon qildi.

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov sanksiyaga tushganlar ro‘yxatining boshidan o‘rin olgan.

Qora ro‘yxatga tushganlarning YeI banklaridagi hisoblari hamda yevrohududdagi ko‘chmas mulk va boshqa aktivlari muzlatiladi, ularning Ittifoq davlatlariga kirishi taqiqlanadi.

AQSh va ittifoqchilari Putin oligarxlarini ketma-ket jazoga tortayotgan ayni kunlarda Chexiya nashrlari Rossiya harbiy mashinasiga xizmat qilayotgan yana bir o‘zbek milliarderining bu ro‘yxatdan chetda qolayotganiga e’tibor qaratdi.

Bu-Chexiyaning chekka shaharchasidagi samolyotsozlik zavodi egasi¸ Rossiyada “mis qiroli” sifatida tanilgan asli buxorolik milliarder Iskandar Mahmudovdir.

"Putin boyliklarini yashirishga ko‘maklashgan"

Yevropa Ittifoqi kengashi prezidenti imzolagan yangi sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shilgan Alisher Usmonov¸ “prezident Vladimir Putinga alohida yaqin aloqaga ega shaxs” sifatida ta’riflangan.

“Rossiyaga pul oqimini ta’minlash ishonilgan biznesmen-rasmiy Usmonovning vaziyati Prezidentning xohish-irodasiga bog‘liq. Aytilishicha¸ janob Usmonov prezident Putin boyliklarini yashirishga ko‘maklashadi va unga qarashli biznes muammolarini hal qilish bilan shug‘ullanadi”¸ deyiladi Usmonovning nega qora ro‘yxatga kiritilganiga berilgan rasmiy izohda.

Usmonov YeI tomonidan Qrimni anneksiya qilish va Ukrainani beqarorlashtirishga mas’ul Rossiya hokimiyati egalarini moddiy va moliyaviy jihatdan faol qo‘llab kelganlikda ayblangan.

Alisher Usmonovning YeI sanksiyalariga uchrashi¸ uning Yevropa hududidagi aktivlari va ko‘chmas mulklari taqdirini savol ostida qoldiradi.

Italiya matbuotiga ko‘ra¸ Sardiniyaning zumrad sohilidagi milliarderlar burchagi - Porto Chervoda Usmonovning har biri o‘nlab million dollarlik yettita villasi bor. Uning "Dilbar" nomi berilgan qariyb bir milliard dollarlik superyaxtasi asosan O‘rta yer dengizining Yevropa sohillarida kezib yurishi ma’lum. Sanksiyalar Usmonovni bu boyliklardan bahramand bo‘lish imkonini yo‘qqa chiqaradi.

Forbes jurnalining 2021 - yildagi hisob-kitobiga ko‘ra, asli namanganlik milliarder Alisher Usmonovning umumiy boyligi 16¸4 milliard dollarni tashkil etadi. Nashr Usmonovning Putinga yaqinligi biznes bilan cheklanmasligini alohida ta’kidlagan. Usmonovning xotini Irina Viner¸ Rossiya gimnastikachilarining uzoq yillik murabbiyi. Putinning xotini deb ishoniladigan asli o‘zbekistonlik gimnastikachi Alina Kabayeva esa, Vinnerning shogirdlaridan biri bo‘lgan.

Alisher Usmonov 2018 - yilda AQSh Moliya vazirligi tuzgan “Kreml hisoboti” deb nomlangan ro‘yxatga kirgan. Sanksiya bo‘lmagan bu ro‘yxatga Putin rejimi hayotini ta’minlab kelayotgan jami 210 nafar shaxs¸ xususan 96 oligarx kiritilgan edi.

Putinga yaqinligi ham Rossiya¸ ham qolgan dunyoga ma’lum bo‘lsa-da¸ hozircha Alisher Usmonov nomi AQSh va Buyuk Britaniya jamoatchilikka e’lon qilgan so‘nggi sanksiyalar ro‘yxatida yo‘q.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishining ertasigayoq bir guruh kongressmenlar prezident Baydendan Navalniy tuzgan ro‘yxatdagi 35 shaxsning barchasi boyliklarini muzlatishni so‘radi.

“Putin jinoyatlarini quvvatlab kelayotgan bu shaxslarga qarshi muvofiqlashtirilgan harakatga o‘tish payti keldi”¸ deyiladi AQSh kongresmenlarining Baydenga qilgan murojaatida.

Alisher Usmonovning AQSh bank yoki kompaniyalaridagi aktiv va aksiyalari haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Angliyaning "Arsenal" futbol klubi yirik paket aksiyalarining sobiq egasi sifatida Usmonov Britaniyadagi eng boy shaxlar ro‘yxatiga kiritilgan. Usmonovning birgina Londondagi ikki villasi – "Bichvud Hauz" va "Satton Pleys" ¸ Forbs jurnali hisobicha, kamida 300 million dollar turadi.

Shunga qaramay, 28 - fevralga qadar London hukumati Usmonov yoki "Putinning cho‘ntagi" deb ko‘riladigan Roman Abramovichni o‘z qora ro‘yxatiga qo‘shmadi.

Britaniyalik huquqshunos professor Kristian Lasslet¸ Alisher Usmonov kabi oligarxlarning hozircha Britaniya hukumati tasdiqlagan sanksiyalar ro‘yxatiga kirmaganini uchta sabab bilan izohlaydi.

“Birinchisi¸ Usmonov kabi oligarxlar G‘arbning butun boshli advokatlarini yollagan va bu advokatlar u haqda biror negativ ma’lumot chiqargan nashr va jurnalistni mahkamaga tortish bilan qo‘rqitib keladi. Ikkinchisi¸ Usmonov va Putinning boshqa oligarxlari o‘z biznesini korporativ va huquqiy jihatdan o‘rab-chirmashga usta bo‘lib ketgan. Uchinchisi¸ bu oligarxlarning yuzlab milliard dollar pullari Britaniya¸ Shveysariya¸ Lyuksemburg kabi davlatlarning moliyaviy arteriyasidan oqib o‘tadi va banklar¸ advokatlik va buxgalteriya kompaniyalari bu milliardlardan mo‘maygina ulush olib keladi. Shu bois Usmonov kabilar hozirgacha Britaniya kabi davlatlar siyosiy radariga chap berishga muvaffaq bo‘lib keldi”.

Putinning Ukrainaga urush boshlashi ehtimoldan reallikka ko‘cha boshlagan so‘nggi yillarda Alisher Usmonovning O‘zbekistondagi biznes faoliyati kengayib bordi.

Islom Karimov davrida O‘zbekistonda deyarli ko‘rinish bermagan Usmonov prezident Shavkat Mirziyoyevning qudasi sanaladi.

 

Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan so‘ng Usmonov O‘zbekistondagi tog‘-kon¸ metallurgiya¸ telekommunikatsiya¸ bank va sug‘urta sektoridagi yirik kompaniyalar egasiga aylandi. Ayrim iqtisodchilar¸ Usmonovning ayniqsa, Rossiyaning Ukrainaga urush boshlashi arafasida o‘z biznes imperiyasini O‘zbekistonda kuchaytirishi uning G‘arb sanksiyalari zarbasini kamaytirish maqsadiga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

“O‘zbekistonda Usmonov Digital Holding orqali Ucell belgisi bilan xizmat ko‘rsatuvchi uyali aloqa kompaniyasini, «Sentr razvitiya perspektivnix texnologiy» orqali majburiy markirovkalash biznesini, Finance TCI va «Telekominvest» orqali "Kapitalbank" va Apelьsin bankini, "Akkermann Sement" orqali Ohangaronsement zavodini nazorat qiladi. Oxirgi ikki aktivni oligarx 2022 - yil yanvar oyida sotib olgan”¸ deb yozdi o‘zbekistonlik iqtisodchi bloger Otabek Bakirov 28 - fevral kuni.

Rossiya armiyasiga uchqich sotayotgan "kalashnikovchi" o‘zbek

Putin oligarxlari G‘arb hukumatlarining bitta qarori bilan o‘z milliardlaridan ajralaëtgan ayni kunlarda sanksiyalar ro‘yxatida ko‘rinmayotgan Rossiya boylaridan yana biri Iskandar Mahmudovdir.

Asli buxorolik 58 yashar Iskandar Mahmudov¸ o‘z rasmiy saytida yozilishicha¸ Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasining asoschisi va prezidenti. 2021 - yilgi Forbes hisobicha¸ Mahmudov 8 milliard dollar egasi. Rossiyaning "mis qiroli". Aynan Ural metallurgiya kompaniyasi orqali Rossiya va xorijdagi 300 dan oshiq kompaniyaning asosiy aksioneri. Mahmudov dunyodagi barcha qurolli to‘qnashuvlarning ajralmas qismiga aylangan avtomatlar ishlab chiqaruvchi "Kalashnikov" guruhining ham hissadorlaridan biridir.

Mahmudov AQSh Moliya vazirligi 2018 - yili chiqargan “Kreml hisoboti”ga kiritilgan 96 oligarxdan biri. Bu ro‘yxatga kirganidan ko‘p o‘tmay, Putin uni “Vatan oldidagi xizmatlari” ordeni bilan taqdirlagan.

2019 - yili Mahmudov ham AQSh¸ ham Yevropadagi siyosiy-moliyaviy mojaro markaziga tushdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq tan qo‘riqchisining Iskandar Mahmudov bilan biznes aloqasi borligining fosh bo‘lishi fransuz jamoatchiligini junbushga soldi. Ayni paytda 2019 - yili Shvetsiyaning Svedbanki AQShning Qrim ishg‘olidan keyin joriy etgan sanksiyalarini buzganlikda ayblandi. Shvetsiya banki Kalashnikov guruhi aksioneri bo‘lgan Iskandar Mahmudovning 1 million dollardan oshiq pulini Kalashnikov guruhining AQShdagi hisobiga o‘tkazib berganlikda ayblandi. AQSh adliya tizimi hozircha bu ish bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qilgan emas.

Dunyoning aksar poytaxtlarida Putin hayot-mamotini ta’minlab kelayotgan oligarxlar ro‘yxati tuzilar ekan¸ Iskandar Mahmudov nomi yana Yevropa nashrlari diqqatini tortdi.

26 - fevral kuni Chexiyaning Seznam agentligi¸ jamoatchilik e’tiborini Iskandar Mahmudovning Rossiya harbiy mashinasiga xizmat qilayotgani aytilgan samolyotsozlik zavodiga qaratdi.

Iskandar Mahmudov Chexiyaning Slovakiya bilan chegarasidagi Kunovitse shahridagi bu zavodning asosiy egasi hisoblanadi. Bu zavodga Aircraft Industries kompaniyasi¸ Aircraft Industriesga esa¸ Mahmudovning Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi egalik qiladi.

Bu zavodda esa¸ L-410 rusumidagi uchqichlar ishlab chiqariladi. Bu uchqichlarning asosiy xaridori esa Rossiya¸ xususan¸ Rossiya harbiy tizimlaridir. Masalan¸ 2017 - yili Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z maxsus kuchlari uchun 18 dona L-410 uchqichi sotib olgan.

"Men iqtisodchi emasman¸ ammo Rossiya oligarxining bu kabi kompaniyasi birinchilar qatorida sanksiya qilinishi kerak deb o‘ylayman. Ayniqsa¸ bu mahsulotlarning Rossiya armiyasiga xizmat qilayotganidan kelib chiqsak"¸- deydi Chexiya razvedkasining sobiq rahbari Karel Randak "Seznam" muxbiriga.

Chexiyaning Rossiya va AQShdagi sobiq elchisi Pert Kolach esa¸ Rossiyaning Ukrainaga boshlagan urushi fonida Kreml urush mashinasiga bevosita xizmat qilayotgan bunday kompaniyalarga munosabat keskin o‘zgarishi lozimligini ta’kidladi.

"Rossiyaga bugun eksport qilayotgan texnologiyalarimiz ertaga o‘zimizga qarshi ishlatilishini tasavvur qilish qiyin”¸ - dedi Novinky nashriga bergan invervyusida sobiq chex diplomati.

Hozircha Iskandar Mahmudov nomi G‘arb hukumatlari ko‘rib chiqayotgan rossiyalik oligarxlar ro‘yxatida ko‘ringanicha yo‘q.

Rossiya urush mashinasi ukrain shaharlarini vayron qilishda davom etarkan¸ G‘arb sanksiyalari ham Putin Rossiyasining moliyaviy-iqtisodiy qon tomiriga bosimni kuchaytirmoqda.

Yaqin kunlarda sanksiyalar girdobiga yana kimlarning tortilishi hozircha noma’lum. Ma’lum bo‘lgani esa¸ AQSh prezidenti Jo Baydenning urush davom etarkan¸ Putinga yaqin biror oligarx va ular oilalari jazodan omon qolmaydi¸ degan bayonotidir.

O‘lmas Koshsheyning joni qayda?

Kremlning mustaqil davlat – Ukrainaga qarshi urushi to‘xtamayotgan bir paytda¸ qolgan dunyo bu urushning bosh me’mori - Vladimir Putinning og‘riydigan joyiga zarba berishga urinmoqda.

Putinning eng og‘riqli joyi esa¸ G‘arb ekspertlari va Rossiya muxolifati nazarida uning milliardlaridir.

25 - fevral kuni AQSh¸ Yevropa Ittifoqi¸ Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar Putinning shaxsiy aktivlarini muzlatishga qaror qildi. Ammo ekspertlarga ko‘ra, bu sanksiyalar kuchga kirishi uchun Putinning qayerda qancha puli¸ qancha aksiyasi va qanday ko‘chmas mulki borligini topish kerak bo‘ladi. Bu esa¸ oson ish emas.

Putin nomi Forbes nashrining milliarderlar ro‘yxatida yo‘q. Rasman Putinning yillik daromadi 140 ming dollar va u Rossiyada atigi kichik kvartiraga egalik qiladi.

Ammo jurnalistik surishtiruvlar Gelenjikdagi bir milliard dollardan qimmatroq saroy¸ 100 million dollarlik Graceful yaxtasi¸ Monako va Fransiyadagi ko‘p million dollarlik kvartira va villalarning bevosita Putinga aloqadorligini ko‘rsatmoqda.

Ammo bu hammasi emas, deb ishoniladi. Taxminlarga ko‘ra¸ Putin dunyoning eng boy odami bo‘lishi mumkin.

Rossiyada katta boylik to‘plagan amerikalik investor Bill Brouder (Bill Browder) 2017 - yili AQSh Senatidagi eshituvlarda Putin boyligining 200 milliard ekanini aytgan edi. Qiës uchun – Forbes bo‘yicha 2017 - yili dunyoning eng boy odami bo‘lgan Bill Geyts boyligi o‘shanda 86 milliard dollar edi. Ya’ni 2017 - yili Putin boyligi rasman planetaning eng boy odaminikidan ko‘ra uch baravar ko‘p bo‘lgan.

Xo‘sh¸ bu boyliklar bugun qayerda?

Putinning ashaddiy muxolifi Aleksey Navalniy yillar davomida bu boylikni "Putin oligarxlari cho‘ntagidan izlash kerakligi"ni aytib keldi.

Navalniyning Korrupsiyaga qarshi jamg‘armasi 2020 - yilning 29 - yanvar kuni yangi ish boshlagan AQSh prezidenti Jo Baydenga Putin oligarxlari ro‘yxatini taqdim etgan edi.

Murojaatda AQSh prezidentidan ro‘yxatga kiritilgan 35 rossiyalikka qarshi zudlik bilan sanksiya qo‘llash so‘ralgan.

“Navalniy 35” nomini olgan bu ro‘yxat tepasidagi sakkiz shaxs Putinning korrupsion va jinoiy rejimining haët-mamotini ta’minlashdagi asosiy figuralar deb ko‘rsatilgan. Bu sakkizlikka kiritilganlardan biri Alisher Usmonovdir. Usmonovning AQSh va Britaniya hukumatlari ma’qullaydigan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilish-kiritilmasligi hozircha aniq emas.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Архангельская область присоединилась к акции «Единый арктический субботник-2024»



VIP

Поэт. Радио Поэт. Стихи поэтов. Русские поэты. Писатели и поэты. Известные поэты. Поэт года. Поэты России. Лучшие поэты. Поэт песенник.






Новости 24 часа

В Красноярском крае будут судить азербайджанца, который в 2006 году избил и изнасиловал певицу



Game News

На смартфоны выйдет игра Too Hot to Handle 3 по реалити-шоу «Испытание соблазном»



Москва

Навка: во время болезни Заворотнюк возили по Москве только в парандже



News Every Day

PGA Tour Commissioner Jay Monahan shuts down Saudi agreement rumors: “complex scenario”



Происшествия

Военные следователи провели рейд по бывшим мигрантам в Феодосии



Москва

Индекс IQ городов России вырос в полтора раза



Снуп Догг

По завету Снуп Догга: «Эдмонтон» вновь победил «Флориду» и отыгрался в финале Кубка Стэнли со счёта 0-3



Москва

Представлен самый грузоподъемный дрон в России



Уимблдон

Рыбакину "оставили" без Уимблдона



Москва

Новый релиз DomNi & GOR - Прости или отпусти



Владимир Спиваков

Юные таланты под эгидой Фонда Спивакова дали концерт в «Михайловском»



Симферополь

Исторический экскурс "И будет долгим эхо той войны", ко Дню памяти и скорби



Москва

В разрезе добыли аресты // Ликвидатору шахт и подрядчику инкриминируют мошенничество с бюджетными деньгами



Москва

Сергей Собянин. Главное за день



Москва

Поздравление по случаю 6-летия партии «Армянские Орлы. Единая Армения»



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В ОЭЗ «Технополис Москва» подсчитали выбросы парниковых газов





Путин в России и мире
Москва

Московские медики прибыли в Севастополь по поручению Путина


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Концерт

Концерт и акцию у мемориала провели в Барнауле в День памяти и скорби



Москва

Замена лифтового оборудования в доме 1917 года завершится в 2024 году

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net