Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

"Muhimi ular uchishi kerak". Harbiy ekspertlar o‘zbek dronlari va mudofaa sanoati haqida

O‘zbekiston "Markaziy Osiyoda ilk bor" zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining bu haqdagi xabari mamlakat Qurolli kuchlari kuni nishonlanganidan bir kun o‘tib, 15 - yanvar kuni e’lon qilindi.  

Lochin dronlarini ishlab chiqarish va boshqa harbiy texnikani modernizatsiyalash bilan O‘zbekistonda bir necha yil oldin tuzilgan aynan shu qo‘mita shug‘ullanadi.

Ammo Qozog‘istonda ham uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilayotgani ma’lum. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari esa o‘zlari ishlab chiqarmasdan, razvedkachi va qiruvchi bu moslamalarni Isroil, Turkiya, AQSh va Rossiyadan sotib olmoqda.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, “xalqaro texnik talab va standartlarga to‘liq javob beradigan” Lochin dronlari qo‘mita tasarrufidagi Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qo‘mita YouTube tarmog‘iga bu mavzuga doir maxsus videorolik ham joylashtirdi.

Unda kvadrokopter va uchoq shaklidagi UUAni ko‘rish mumkin.

Qo‘mita vakillarining urg‘ulashlaricha, Lochin dronlari bir qancha maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, razvedka qilish, real vaqt rejimida kuzatish,  artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi, neft va gaz hamda  boshqa sohalarda foydalanish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda Mudofaa sanoati qo‘mitasi mazkur dronlar qaysi hududda yig‘ilayotgani, ularni ishlab chiqishda qaysi mamlakat texnologiyasidan foydalanilgani, bitta dronni yig‘ish qanchaga tushayotgani hamda bu apparatlarni kelajakda xorijga eksport qilish istiqboli bor-yo‘qligiga oid savollarga aniqlik kiritmadi.

O‘zbekistonda dronlar qattiq nazorat ostida

Bir paytlar faqat harbiy maqsadlarda foydalanilgan pilotsiz uchish apparatlari so‘nggi 5-6 yil ichida butun dunyo, jumladan, O‘zbekistonda ham aholining maishiy hayotida keng ommalashdi.

Dronlardan jurnalistlar, geodezistlar, kinooperatorlar, politsiya xodimlari va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ham keng foydalanmoqda.

Ulardan hatto jinoyatchilarga qo‘l kelmoqda. Avvalroq “Tramadol” psixotrop dori vositasining 600 dona plastinkasi Qozog‘istondan chegarasi orqali O‘zbekistonning Toshkent tumani Oqtosh aholi punktida o‘tkazilishining oldi olingani, dron yordamida “Makarov” to‘pponchasini chegaradan o‘tkazganlar qo‘lga olingani xabar qilingandi.

2017 - yilning avgustida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sovetlardan qolgan “kukuruzchi” AN-2 uchoqlari o‘rniga uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish to‘g‘risida farmon chiqardi.

Bu paytgacha dronlarni O‘zbekistonga keltirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan edi. 

Oxirgi yillarda  O‘zbekiston hukumati cheklovlarni biroz yumshatdi, ularni ishlatish uchun maxsus ruxsatnoma olish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

2020 - yilda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi urushdan keyin butun dunyoda harbiylar va hukumatlarning uchuvchisiz texnologiyalarga qiziqishi keskin oshdi. Harbiy ekspertlar Ozarbayjon kuchlari Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar” uchuvchisiz havo vositalarini ishlatgani tufayli  qurolli ziddiyatda sezilarli yutuqlarga erishganini aytishadi. 

 

 

2021 - yilning avgust oyida O‘zbekiston Qurolli kuchlari mamlakat janubida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirokida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Bu mashqlarda O‘zbekiston O‘zbekistonga eksport shartnomasi bo‘yicha yetkazilgan va optik havo razvedkasi uchun qo‘llaniladigan ruslarning ZALA 421-16E dronlaridan foydalangan.

Rossiya armiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Yug-2021” mashg‘ulotlari qo‘shni Afg‘onistonda vaziyat keskinlashgan bir paytda amalga oshirildi.

 

Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonlik sobiq harbiylardan biri 2014 - yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Xitoyning Chengdu Pterodactyl I uzoq masofaga ucha oladigan uchuvchisiz apparatlarini sotib olganini yodga oldi.

Vazni 1100 kg bo‘lgan apparat 100 ot kuchiga ega va 200 kilogrammgacha yuk tashiy olish qudratiga ega bu dronlar tanklarga qarshi raketalar va nishonga yo‘naltirila oladigan bombalarni tashiy olishini xabar qilingan edi.

O‘zbekistonda Lochin dronlarining ishlab chiqarilayotgani to‘g‘risidagi xabarni izohlagan suhbatdosh O‘zbekiston dronlarni ishlab chiqarayotgan birinchi mamlakat emas, dedi.

- Qozog‘iston allaqachon o‘z pilotsiz uchuvchi uchoqlarining uchta modelini ishlab chiqarmoqda. Ular ko‘pmaqsadli, harbiydan tashqari boshqa sohalarda ishlatilishi mumkin. Har holda, O‘zbekistonda bu sohada siljish bo‘layotgani quvonarli, chunki O‘zbekiston harbiy intervensiyaga duch kelsa o‘zidan boshqa ishonadigan do‘sti yo‘q – u na NATO, na KXShT a’zosi. Shu bilan birga bizda xo‘jalik ishlariga mo‘ljallangan pilotsiz uchqichlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kerak. Bundan oldin esa bu masalada qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish lozim, - dedi u.

O‘tgan yilning dekabr oyida Qirg‘izistonning  Turkiyadan “Bayraktar” droni sotib olishi Rossiyaning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Moskva  Qirg‘izistonni “KXShT qoidalarini buzganlikda” aybladi.

Bunga qadar Markaziy Osiyoda “Bayraktar” faqat Turkmanistonda bor edi. Mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan paradda turkman harbiylari dronlardan ikkitasini ko‘rsatishgandi.

Anqara “Bayraktar TV2” narxini rasman ochiqlamayotgan bo‘lsada, ekspertlar har birining narxini 5 mln. AQSh dollari atrofida ekanini taxmin qilib kelishadi.

Bloomberg nashri 2019 - yilda Turkiyaning “Baykar” firmasi Ukrainaga o‘nlab  dronlarni yetkazib bergani haqida yozgan. Anqara va Kiyev o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Rossiya va Turkiya munosabatlarining sovuqlashishiga olib kelgan.

 

O‘rta balandlik, uzoq chidamlilik: “Bayraktar”, MQ-9 Reaper va boshqalar

Moskvadagi Strategiya va texnologiyalarni tahlil qilish markazi direktori, harbiy ekspert Ruslan Puxov Ozodlik bilan suhbatda dronlar oddiy va murakkab bo‘lishi, har qaysi davlat ham qiruvchi va uzoq masofaga ucha oladigan og‘ir harbiy razvedkachi apparatni ishlab chiqara olmasligini aytadi:

- Razvedka yoki kuzatish uchun apparatlarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yish qiyin ish emas. Istagan davlat “Ali Express” orqali arzonga Xitoydan apparat sotib olib, uni jihozlab yoki rangini o‘zgartirib, harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin. Odatda bu qiruvchi yoki hujum qiluvchi moslama bo‘lolmaydi, ular arzon turadi. Ikkinchi turdagi harbiy dronlar – uzoq bo‘lmagan masofaga uchuvchilari. Bularni oddiy zavodlarda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Masalan, G‘arb sanksiyalariga tushgan Peterburgdagi “STS-Sentr” korxonasida “Orlan-10” razvedkachi dronlari ishlab chiqariladi. Ularni Rossiya Suriyada faqat razvedka uchun qo‘llab keladi. Sodda qilib aytsam – bunisi uchuvchi foto va videokamera. Ular ham juda qimmat emas, chunki hujum vositasi emas.

Uchinchi turdagi pilotsiz boshqariladigan apparatlar qatoriga o‘sha mashhur Turkiyaning “Bayraktari”, AQShning MQ-9 Reaper-i, Rossiyaning “Orioni” va boshqalar kiradi. MAEL (Medium Altitude, Long Endurance - O‘rta balandlik, uzoq chidamlilik - tahr.) sinfiga mansub bu uchqichlar razvedkachi-hujumchi sanaladi. Misol uchun, “Orion” 250 kilo yuk ko‘tara oladi, 200 km soatiga uchadi. Ular bombalarni tashiydi, boshqariluvchi raketalarni yo‘naltirib turadi. Albatta, bularning eng qimmati va sifatlisi -amerikaliklarning Reaper-i sanaladi, - deydi Ruslan Puxov.

Harbiy ekspertga ko‘ra,  7 km masofadan mo‘ljalga ura oladigan “Bayraktar”ning murakkab optik sistemasi va dvigatellari Kanadadan sotib olinadi, yaqin kelajakda dvigatellar Ukrainada, optik tizim esa Turkiyaning o‘zida ishlab chiqarilishi mumkin.

Suhbatdosh sifat jihatidan bu sinfga mansub og‘ir uchqichlar sanoqli mamlakatlar - Xitoy, Eron, Buyuk Britaniya, Isroil, BAA ishlab chiqarilayotganini bildirib, O‘zbekiston modullardan iborat konstruksiyani yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

“O‘zbekiston mudofaa sanoatini tiklashga majbur”

Ozodlik suhbatlashgan Moskvadagi Karnegi Markazi maslahatchisi, siyosiy tahlilchi Temur Umarov O‘zbekiston SSSR davrida eng yirik harbiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi respublikalardan biri bo‘lganini yodga oldi.

- O‘zbekiston qurolli kuchlari salohiyatidan tashqari, Markaziy Osiyoda yaxshi qurollangan va jihozlangan davlatlardan biri sanaladi. Bu jihozlarning bir qismi Sovet davridan qolgan, albatta. Toshkentda hatto harbiy uchoqlar chiqarilgan. Oxirgi yillarda hukumat nafaqat Afg‘onistondagi vaziyat bosimi ostida, balki Karimov davridan olib borilayotgan mustaqil siyosat tufayli o‘z kuchiga ishonishga majbur, - deydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston bilan chegaradoshlik, bugunmi, ertami O‘zbekistonni o‘z harbiy sanoatini yaratishga majbur qiladi.

-Dunyoda oxirgi yillarda sodir bo‘layotgan urushlardan xulosa qilayotgan davlatlar bu urushlarni kamroq odamlarsiz, ko‘proq texnika va robotlarni qo‘llab va harbiy harakatlarni uzoqdan boshqarishga o‘tmoqda. Jangovar harakatlarni avtomatlashtirish hozir butun dunyoda trendda. O‘zbekiston dronlarni o‘zi ishlab chiqaradimi, olib kelib teradimi – bu muhim emas. Muhimi  ular uchishi kerak, qo‘yilgan vazifalarni bajarishi lozim, - deydi siyosiy tahlilchi Temur Umarov.

Tarmoqlarda sovet davrida ishlab chiqarilgan o‘zbek harbiy texnikasining zamonaviylashtirilgan variantlari ko‘rinish berdi.

Avvalroq O‘zbekistonda harbiylar uchun tungi ko‘rish moslamasi ishlab chiqilgan edi.

Mudofaa sanoati mutaxassislari mahalliy “Qalqon” engil zirhli avtomobillar uchun ruslarning “Utyos” pulemyoti asosida jangovar modul ham yaratganini xabar qilgan edi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

В Архангельске прошло первенство Северо-Запада России по киокусинкай



Мода

585*ЗОЛОТОЙ» дарит украшения за установку мобильного приложения




Українські новини

Магазин дверей і підлогового покриття Albero: якісна продукція для кожного клієнта



Новости 24 часа

Российские ученые первыми создали средство, способное вылечить болезнь Бехтерева



Game News

Garry's Mod is removing 20 years' worth of Nintendo-related items from its Steam Workshop following takedown request: 'It's Nintendo. Need more be said?'



Москва

В Москве мотоциклист облил бензином и поджег Volkswagen бывшей жены



News Every Day

Ryan Poles Needs A Last-Minute Review Of His Quarterback Scouting Notes To Ensure Nothing Is Missed



Происшествия

Суд не стал менять приговор экс-главе наркоконтроля Свердловской области



Москва

Совладелица музея темноты Екатерина Гусева раскрыла особенности социального бизнеса



Александр Розенбаум

«Это не бомжовые заведения»: 72-летний Александр Розенбаум зарабатывает миллионы на пивном бизнесе



Москва

Два пожара потушили в лесах Подмосковья 25 апреля



Арина Соболенко

Соболенко: я предпочитаю смотреть мужской теннис, а не женский



Москва

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)



Фильм

Москва, Питер, Сочи и многие другие города. Фильм «Карина» выходит в российский прокат



Симферополь

СК возбудил дело после гибели рабочего при пожаре в цистерне под Симферополем



Москва

Более 100 студентов посетило СЛД Курск в рамках акции «Неделя без турникетов»



Москва

Сергей Собянин. Главное за день



Москва

Врач Пылев: склонность к получению солнечных ожогов связана с риском рака кожи



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

При каких обстоятельствах может затопить Петербург и Москву? Отвечает гидролог





Путин в России и мире
Москва

Путин поручил сократить время в пути от Москвы до курортов Черного моря


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко рассказал о планах расширения НАТО




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Захарова: встречи по продвижению "формулы Зеленского" дают Киеву чувство вседозволенности


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Виктор Цой

У могил Горшка и Виктора Цоя на Богословском кладбище появилась защита от вандалов



Москва

Два пожара потушили в лесах Подмосковья 25 апреля

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net