Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Forbes: Jorj Sorosning sobiq hamkori O‘zbekistonga sarmoya kiritishni ko‘zlamoqda

Forbes: Jorj Sorosning sobiq hamkori O‘zbekistonga sarmoya kiritishni ko‘zlamoqda

Amerikalik taniqli investor Jim Rojers O‘zbekistonga sarmoya yotqizishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

“Garchi hali-hanuz g‘arbda yashaydigan odamlar uchun noma’lum bo‘lsa-da, men yangi O‘zbekistonning katta muxlisiman”, degan Rojers Forbes muxbiri Kennet Rapozaga.

“Ilgari mamlakat diktatura o‘laroq boshqarilardi, ammo yangi hukumat nima qilayotganini biladiganga o‘xshaydi. So‘nggi bir necha yil ichida ular erishgan yutuqlar tahsinga loyiq”, deya  Rojersning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Forbes nashri. 

Rojers Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan so‘ng paxta dalalarida majburiy mehnatga barham berilgani, hanuz davlatniki bo‘lib turgan mulklarni xususiylashtirish jarayoni hamda sud tizimida islohotlar boshlanganini misol o‘laroq keltirgan.

Ayni paytda mamlakat ichkarisi va tashqarisida bu islohotlarning qanchalik ilgarilagani  borasida savollar ko‘p. 

“Iqtisodiyot va nihoyat ochildi va aminmanki, xalqaro investorlar mamlakatning o‘sish salohiyatidan foydalanish uchun ushbu imkoniyatdan foydalanadilar”, degan Rojers.

“Men ular va’da qilgan xususiylashtirish rejalari va [fond bozoridagi] birlamchi ommaviy takliflarni diqqat bilan kuzatib boraman”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Rojers qishloq xo‘jaligi, metallurgiya va energetikaga sohalariga sarmoya yotqizishni rejalashtirayotganini aytgan.

Ayni damda unda hali bironta O‘zbekiston shirkati aksiyasi yo‘q.

“Menimcha, yangi hukumat O‘zbekistonning global va mintaqaviy ta’minot zanjiridagi mavqe’ini oshirishga harakat qilmoqda”, degan Rojers.

“Ular o‘zlarining mo‘l-ko‘l tabiiy gaz zaxiralaridan xomashyo sifatida foydalanib, mahalliy neft-kimyo sanoatiga sarmoya kiritmoqdalar va kelajakda raqobatbardoshligi oshadigan sovet paxtachiligini isloh qilishni boshlaganlar”, degan u.

Xitoyning uyg‘urlarga qarshi repressiyalari bois Shinjon paxta sanoatiga qarshi joriy qilingan cheklovlar fonida o‘zbek paxtasi bozori chaqqon bo‘lishi mumkin, chunki Xitoy paxtasidan voz kechayotgan xaridorlar o‘zbek “oq oltiniga” qiziqa boshlagan.

“(O‘zbekistonning paxta sanoati) zarur texnologiyalarni olib keladigan va tobora o‘sib borayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yordamida qo‘shimcha qiymati baland to‘qimachilik sanoatiga aylanishi mumkin”, degan Rojers.

Forbes maqolasiga ko‘ra, birja bozori ancha rivojlangan Qozog‘istondan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda infratuzilma, tabiiy boyliklar hamda ishlab chiqarish kabi an’anaviy sektorlar sarmoya jalb qilishini kutish mumkin.

Rojers O‘zbekistonda turizm sohasiga hamda mehmonxonalarga sarmoya yotqizish niyatida ekanini aytgan. Shuningdek, investor “Uzbekistan Airways” shirkatiga ham sarmoya yotqizmoqchi ekanini bildirgan.

O‘zbekiston hukumati xususiylashtirishni rejalashtirayotgan shirkatlar orasida “Uzbekistan Airways”dan tashqari “Uzmetkombinat”, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati kabi korxonalar bor.

O‘zbekistonlik mustaqil iqtisodchi va tadbirkor Abdulla Abduqodirov amerikalik milliarder va filantrop Jorj Sorosning sobiq hamkori bo‘lgan Rojersning O‘zbekistonga qiziqishini "yaxshi yangilik" deya baholaydi. 

Uning Ozodlikka aytishicha, Jim Rojers — "o‘zgacha taqdir va qarashlar egasi".

"U fond bozorida katta sarmoya orttirgan investor bo‘lishibilan birga, yozuvchi hamdir. Kamina qalam ahlini hamisha — 50-100 yil ilgarilab fikrlovchi gumanist, deb bilaman. O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi tadbirkor o‘laroq, iqtisodiyotimiz amalda nimasi bilan kuchliligini, uning salohiyatini, siyosiy iroda bo‘lgan va iqtisodiy faollik rag‘batlantirilgan taqdirda qanday real natijaga erishish mumkinligini etarli darajada tasavvur eta olaman".

Abdulla Abduqodirovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga Rojersga o‘xshagan investorlar kelishini  olqishlash mumkin.

"Umid qilamizki, Rossiya va offshor davlatlarning an’anaviy investorlariga aynan shular raqobatchi bo‘ladi. Yana umidimiz shuki, ular hech kimga ishlar harakatlardan farqli bo‘lishiga yo‘l qo‘yishmaydi. Agar shunday bo‘lsa, ular ortlariga buriladilaru mamlakatni tark etadilar.

Boshqa tomondan ko‘rilsa, Jim Rojersning doimiy sherigi Sorosdir, binobarin, O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish ikkovining qo‘shma qarori bo‘lsa, ajab emas".

Tahlilchilar Mirziyoyev hokimiyatga kelgach, O‘zbekistonda  valyuta bozori liberallashtirilgani,  savdo-sotiqdagi ayrim to‘siqlar olib tashlangani va hukumat  xorijiy davlatlarda mamlakatning sarmoya potensialini targ‘ib qilayotganini ijobiy qadamlar sifatida qayd etishadi.

Ayni paytda davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kattaligicha qolayotgani, tenderlarning shaffof emasligi, sud tizimi mustaqilligining ta’minlanmagani va korrupsiya xorijiy investitsiyalar yo‘lidagi jiddiy to‘siqlar sifatida ko‘riladi. 

O‘tgan oy Ozodlik O‘zbekistondagi Coca-Cola qo‘shma korxonasidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha rasman ochiq, ammo o‘ta maxfiy tender haqidagi surishtiruvini e’lon qilgan edi. 

Tender ishtirokchilari ro‘yxatida prezident Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarovga aloqador kompaniyalarni ham o‘z ichiga olgan «O‘zbek-Ummon investitsiya fondi» (Uzbek-Oman Investment Company) ham bor.

Shu yilning 30 - mart kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tenderning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qilgan, biroq ishtirokchilarning ismlari yoki soni to‘g‘risida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Dunyoda korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transparency International tashkiloti o‘zining 2020 - yilgi hisobotida O‘zbekistonni 168 davlatdan 146-o‘ringa qo‘ygan. Bu 2016 - yildagi indeksdan (153) 7 pog‘ona baland. 

Ayni paytda tashkilot O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan birga Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha eng orqada qolayotgan davlatlardan biri ekanini qayd etgan.

Transparency International hisobotida aytilishicha, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat  mintaqaning avtoritar davlatlarida korrupsiya muammosining yanada chuqurlashishiga olib kelgan.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Более 1500 участников отрядов Поморья отправятся в юбилейное трудовое лето



Мода

Proenza Schouler Pre-Fall 2024






Новости 24 часа

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!



Game News

Моя Говорящая Кошка 3.2



Москва

Совместное заявление участников круглого стола, приуроченного ко «Дню защиты прав безвинно осужденных»



News Every Day

Creepy King Charles Painting Is Vandalized by Radical Animal Rights Activists, Gets a Cartoon Face and Speech Balloon!



Настроение

Северные ночи...



Москва

Прокуратура: таксист сбил 4-летнего ребенка на велосипеде на юго-востоке Москвы



Елена Волкова

Кинофестиваль «Движение по вертикали» памяти Станислава Говорухина пройдет в Тульской области



Москва

Bloomberg: цифры по инфляции за май убедят Банк России ...



Людмила Самсонова

Самсонова вышла во второй круг турнира в Хертогенбосе



Москва

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!



Россия

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» и ДЕНЬ РОССИИ: успех России в С В О = мир во всём мире?!



Симферополь

В Крыму хотят создать профессиональную хоккейную команду



Москва

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»



Москва

Собянин: Более пяти тысяч семей в СВАО получили новые квартиры по реновации



Москва

В Дубне сотрудники Росгвардии помогли утиному семейству перейти оживленную трассу



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

«Москва 24»: при сборе грибов следует ориентироваться на запах и окрас, чтобы не положить в корзину несъедобные





Путин в России и мире
Москва

Путин: если Киев откажется от переговоров, новые условия России будут другими


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Пашинян предложил Лукашенко извиниться перед армянами из-за слов про Карабах. Что на это ответили в Белоруссии?




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский: США передадут Киеву новые ЗРК Patriot и «эскадрильи истребителей»


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Николай Цискаридзе

Цискаридзе впервые высказался о Волочковой



Москва

Солисты Мариинского и Михайловского театров выступят на улицах Петербурга

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net