O‘zbekistondagi maktablarda qizlarning hijobda, o‘g‘il bolalarning soqol qo‘ygan holda kelishiga ruxsat berildimi? XTV aniqlik kiritdi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Yangi tahrirga ko‘ra, jamoat joylarida ibodat libosida yurishga ruxsat berildi. Shundan so‘ng davlat maktablarida hijobda yurishga ruxsat berilishi mumkinmi?