Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Dunyo mamlakatlari Belarus uzra parvozlarni taqiqlab, “Belavia” uchun o‘z osmonini yopmoqda (VIDEO)

Dunyo mamlakatlari Belarus uzra parvozlarni taqiqlab, “Belavia” uchun o‘z osmonini yopmoqda (VIDEO)

Yevroittifoq sammiti ishtirokchilari Belarus aviashirkatlariga o‘z hududi orqali parvoz qilishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sammitda, shuningdek, yevropalik tashuvchilarga Belarus havo hududi uzra uchmaslik ham tavsiya qilingan. Ukraina Belarus bilan aviaaloqani to‘xtatganini ma’lum qildi. Singapur aviashirkati Belarus orqali parvozlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bular bari – bortida “Nexta” telegram-kanali bosh muharriri Roman Protasevich bo‘lgan “Ryanair” shirkati uchog‘ining Minskga majburiy qo‘ndirilishiga nisbatan madaniy dunyoning reaksiyasidir.

 

Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) yoyinlagan bayonotda Belarus havo hududi bexatar emasligi xususida so‘z boradi. Shu bois, EASA aviashirkatlarga faqat juda zarur hollardagina Belarus osmoniga kirishni tavsiya etgan.

“Mazkur voqea sabablari Belarus tomoni fuqaro aviatsiyasiga oid xalqaro qoidalarga hurmat bilan qarashini jiddiy shubha ostiga qo‘yadi”, deyiladi EASA bayonotida.

Chexiya

Mamlakat xavfsizlik kengashi Belarusga tegishli “Belavia” aviashirkatining Chexiyadagi faoliyatini to‘xtatib turishga qaror berdi. So‘nggi reys bugun, 26 - may kuni amalga oshiriladi. Chexiya bosh vaziri o‘rinbosari Karel Gavlichek Fransiya, Litva, Shvetsiya va Latviya, shuningdek, YeI a’zosi bo‘lmagan Buyuk Britaniya va Ukraina tomonidan shunday chora qo‘llanganini aytgan. Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, avval tasdiqlangan parvozlar Protasevich o‘tirgan uchoqning Minskga majburiy qo‘ndirilishi yuzasidan tekshiruv ishlari yakunlangunga qadar to‘xtatib turiladi.

Latviya

Latviyaning “Air Baltic” shirkati 24 - maydan boshlab o‘z uchoqlari Belarus havo hududini aylanib o‘tishini ma’lum qildi.

Keyinroq, 26 - may kuni Belarusning “Belavia”si Latviya hukumati o‘z osmonini Belarus uchun yopishga qaror qilgani munosabati bilan, shirkat 26 - maydan 25 - iyungacha bo‘lgan davrga rejalangan Riga shahriga borish va qaytish reyslarining barchasini bekor qilganini xabar qildi.

Shvetsiya

Shvetsiya hukumati o‘z aviashirkatlariga Belarus havo hududida uchishni to‘xtatishni tavsiya qildi. SAS Skandinaviya aviatashuvchisi o‘z uchoqlari Belarus havo sarhadlaridan o‘tmasligini bildirdi.

Shvetsiya o‘z osmonini Belarus uchun yopganidan so‘ng Belarusning “Belavia” tashuvchisi Stokgolmga 26 - maydan 30 - oktabrgacha barcha borish-qaytish reyslarini bekor qildi. Yo‘lovchilar uchadigan kunlarini o‘zgartirishlari yoki ushbu sanalarga rejalangan parvozlar uchun chiptalar qiymatini qaytarib olishlari mumkin, deb xabar qilgan “Belavia”.

Buyuk Britaniya

“Ryanair” uchog‘i Minskga majburan qo‘ndirilganidan so‘ng Britaniya Yevropa mamlakatlaridan birinchi bo‘lib “Belavia” shirkati uchun o‘z osmonini to‘sdi. Britaniya hukumati, shuningdek, aviashirkatlardan Belarus havo hududini chetlab uchishni talab qilgan. “British Airways” tashuvchisi parvozlarini vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi.

Litva

Transport vaziri Marius Skuodis mamlakatga uchib keluvchi yoki undan uchib ketuvchi barcha uchoqlar Belarus havo hududiga kirmasligi lozimligini aytdi.

“Tashqi ishlar vazirligi Litva fuqarolariga Belarusga har qanday shakldagi safarlardan tiyilishni tavsiya etadi hamda Belarusdagi o‘z fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqiradi”, deya urg‘ulangan Litva TIV bayonotida.

Litvaning “Avia Solutions Group” aviashirkatlar guruhi o‘z yo‘nalishlarini Belarusni chetlab o‘tadigan qilib o‘zgartirganini e’lon qildi.

Polsha

Polsha Tashqi ishlar vazirligi Belarus orqali parvozlarni man qilishga chaqirdi. LOT shirkati Belarus havo hududidan foydalanishdan voz kechishga qaror qildi. 25 - may, seshanba kuni shirkat Belarusga reysni bekor qildi. Uchoq Varshavadan Minskga uchishi kerak edi.

Niderlandiya

Niderlandiya bosh vaziri KLM milliy aviatashuvchisi Belarus havo makoni orqali parvoz qilishni bas qilishi lozimligini aytdi. Shundan so‘ng shirkat Belarusga parvozlarini vaqtincha to‘xtatdi.

Finlyandiya

Belarus uzra parvoz qilish to‘xtatilishi mumkinligi haqida Finlyandiya hukumati raisi Sanna Marin ham bayonot bergan. Shundan so‘ng “Finnair” aviashirkati reyslarni vaqtincha qoldirishini xabar qildi.

Fransiya

Hukumat o‘z aviashirkatlariga Belarus ustida uchmaslikni tavsiya qildi. “Air France” shirkati Belarus havo hududiga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Ayni chog‘da “Belavia”ga berilgan parvoz ruxsatnomasining amal qilish muddatini to‘xtatdi.

Germaniya va Avstriya

Germaniya kantsleri Angela Merkel Belarusning “Belavia” shirkati uchun mamlakat havo sarhadlariga kirish taqiqlanishi ehtimoldan xoli emasligini aytdi. Ushbu bayonotdan keyin “Lufthansa” nemis shirkati Belarus havo hududiga parvozlarni vaqtincha to‘xtatishini bildirdi.

“Lufthansa” shu’basi bo‘lmish Avstriyaning “Austrian Airlines” tashuvchisi ham Belarus osmoni orqali uchishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.

Vengriya

Vengriyaning “Wizz Air” aviashirkati 24 - may kuni barcha reyslari Belarus havo hududini chetlab o‘tadigan tarzda qayta tashkil qilingani haqida xabar qildi.

Ukraina

Ukraina 26 - may yarim tundan boshlab Belarus bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. MAU milliy aviashirkati hukumat qarorini bajarishini va aviaaloqa to‘xtatilgan taqdirda Vilnyus (Litva), shuningdek, Xelsinki va Vaas shaharlari (Finlyandiya)ga reyslar qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini bildirdi.

“Navbatdan tashqari yig‘ilishda hukumat Infratuzilmalar vazirligi, Davlat aviatsiya xizmati hamda “Ukraerorux” DKga buning uchun zarur choralarni ko‘rish vazifasini topshirdi”, deya ma’lum qildi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal.

Ukraina aviashirkatlari va uchoqlariga ham Belarus havo hududida uchish taqiqlanadi, chegarachilar esa Belarusdan kelayotgan va u yerga yo‘l olgan yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishni to‘xtatishlari kerak.

Avvalroq prezident Volodimir Zelenskiy hukumatga Ukraina bilan Belarus o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni to‘xtatish hamda Belarus havo hududini yopishga oid qaror ishlab chiqish vazifasini yuklagan edi.

Singapur

Singapurning “Singapore Airlines” aviashirkati ham o‘z reyslarining bir qismini Belarus havo hududini chetlab o‘tadigan tarzda qayta tashkil qiladi.

“Hozirda biz Belarus havo hududini chetlab o‘tish maqsadida Yevropaga reyslarimizni boshqa yo‘nalishlar bo‘ylab yo‘naltiryapmiz, shu bilan birga vaziyatni sinchkov kuzatib turibmiz”, degan aviatashuvchi vakili.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о решении жилищного вопроса архангелогородцев



Мир

Как за два дня увидеть все самое интересное в Новгородской области?




Українські новини

Estischool - Школа за британською програмою



Новости 24 часа

Количество пользователей-инвесторов на платформе «Атомайз» превысило 72000



Game News

Представлен кооперативный геймплей Warhammer 40,000: Space Marine 2



Москва

Сеть клиник «Будь Здоров» подвела итоги первого квартала 2024 г.



News Every Day

Move over Harry Kane and Jude Bellingham the real England champ is a 15 yr old SUBBUTEO star



Блоги

Афиша театра кукол Бурятии "Ульгэр": Россия, Культура, Театр, Дети - Спектакль "Курочка ряба"



Москва

Продюсер из России Рудковская снялась после пластики и поддержала хирурга Хайдарова



Александр Розенбаум

Пугачева, слова об СВО, суд из-за пива: как живет певец Александр Розенбаум



Москва

Гид провел SUP-экскурсию по Водоотводному каналу в рамках фестиваля «Москва на волне»



Ирина Хромачёва

Россиянки Хромачёва и Сизикова пробились в финал парного турнира в Рабате



Москва

Собянин: Уникальные сервисы в центре "Профессии будущего" упрощают поиск работы



Желдорреммаш

Делегация АО "Желдорреммаш" приняла участие в выставке «Металлообработка – 2024»



Симферополь

Библиотечная лужайка «Хорошие книги читай – о жизни побольше узнай», к Общероссийскому дню библиотек.



Москва

Футболист Тарасов показал средний палец водителю автобуса в Москве



Москва

Собянин: В центре «Профессии будущего» обучают 75 востребованным специальностям



Москва

Снижение иммунитета и обострение болезней: как бороться с бессонницей



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Москвичам пообещали аномальную жару до +29 градусов на следующей неделе





Путин в России и мире
Москва

Калмыкия приняла участие в глобальном спортивном шествии в Москве


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко угостил Путина в Минске национальными белорусскими блюдами




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

"Он такое любит". В Киеве рассказали, как генералы обманывают Зеленского


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Элджей

Члены «Русской общины» требуют отменить концерт Элджея в Новосибирске



Москва

"Ъ": майское подорожание квартир предвещает более серьезный рост арендных ставок

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net