Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Shodiyevlar boshqaruviga berilgan kompaniyalarning birida portlash, ikkinchisida rahbariyat o‘zgardi

Shodiyevlar boshqaruviga berilgan  kompaniyalarning birida portlash, ikkinchisida rahbariyat o‘zgardi

20 - yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJning Bekoboddagi bosh ofisiga borib¸ zavod rahbariyatini ishdan oldi.

Kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida Bosh vazir Jahongir Mustafoyevni boshqaruv raisi lavozimidan olib tashlab¸ o‘rniga Rashid Pirmatovni tasdiqladi.

Ayni majlisda boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari¸ xorij fuqarosi Sergey Anatolyevich Chaykovskiy ham ishdan olinib¸ uning o‘rniga Dilshod Ahmedov tayinlandi.

Chorshanba kungi majlis ishtirokchilaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ unda Metallurgiya kombinatini keyingi uch yil davomida boshqarib kelgan SFI Management Group rahbari Qobul Shodiyev qatnashmagan.

Bu¸qolaversa¸ mazkur guruh boshqaruvining Aripov tomonidan tanqid qilingani¸ O‘zbekiston metallurgiya sektoriga aloqador mulozim taxminicha¸ Metkombinatning SFI Management Group ishonchli boshqaruvidan chiqarilishidan darak bo‘lishi mumkin.

Ayni 20 - yanvar kuni Shodiyevlarning SFI Management Group ishonchli boshqaruviga topshirilgan davlat kompaniyalaridan yana biri - Yangi Angren Issiqlik elektr stansiyasida portlash sodir bo‘ldi.

Uch odam o‘limiga sabab bo‘lgan bu portlash bilan Shodiyevlarga qarashli kompaniyada Bosh vazir o‘tkazgan favqulodda yig‘in va kadrlar almashinuvi o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi haqida hozircha Ozodlikda aniq ma’lumot yo‘q.

20 - yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Ozodlik bog‘langan SFI Management Group vakili¸ "majlis hali tugamagani bois¸ uning yakuni haqida ma’lumot bera olmasligi"ni aytish bilan cheklandi.

Aripov o‘tkazgan favqulodda majlis

20 - yanvar kuni Markaziy Osiyodagi eng yirik metallurgiya zavodlaridan biri bo‘lgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati”da shaxsan mamlakat Bosh vaziri yig‘ilish o‘tkazdi.

"Majlis arafasida Bekoboddagi zavod hududi Milliy Gvardiya va IIV xodimlari tomonidan o‘rab olindi"¸ - deydi majlis tafsilotlari haqida Ozodlikka xabar bergan ishtirokchilardan biri.

“Bosh vazir kelishidan oldin hamma yoq otseplenie qilindi. Aripov Mustafayev Jahongir Ibodullayevichni olib tashladi (sobiq Bosh prokuror Bo‘ritosh Mustafayevning qarindoshi -tahr.). O‘rniga Pirmatov Rashid Husanovichni tayinladi bu lavozimga.

Aripov rosa tanqid qildi GBJni (goryachebriketirovannoye jelezo-tahr.) nimaga qimmatga olyapsanlar¸ deb. Vaholanki¸ GBJ tepaning topshirig‘i bilan Alisher Usmonovning Lebedinskiy Gornoobogatitelniy kombinatidan juda qimmatga olinayotganini o‘zi ham¸ prezident ham juda yaxshi bilardi. Shaxsan Abdulla Aripov shuni aytganidan biz shokda. Rais o‘rinbosarlarini turg‘izib, nimaga qaramagansizlar¸ dedi. Lekin ochig‘i shouga o‘xshadi”¸ - deydi 20 - yanvar kungi majlis qatnashchilaridan biri.

20 - yanvar kuni “O‘zbekiston metallurgiya kombinati”da Bosh vazir ishtirokida majlis o‘tkazilgani haqida xabar bergan kombinatning Telegramdagi rasmiy kanali¸ ishdan bo‘shatilgan rahbarlar haqida lom-mim demadi. Buning o‘rniga zavod boshqaruviga “malakali va tajribali mutaxassis, ishlab chiqarish tashkilotchilari” tayinlanganini bildirish bilan cheklandi.

SFI Management Group rahbari majlisda qatnashmadi

Ozodlik suhbatdoshining ta’kidicha¸ 20 - yanvar kungi yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbarlari¸ Metkombinatning Vazirlar Mahkamasidagi kuratorlari qatnashgani holda¸ zavodga qariyb 4 yildan beri ishonchli boshqaruv asosida egalik qilib kelgan SFI Management Group rahbarlari¸ xususan¸ Qobul Shodiyev qatnashmagan.

“Aripov Antimonopol qo‘mita rahbariga Uzavtoga yopishmasdan¸ Metkombinatga qarasang bo‘lmaydimi¸ degan achchiq gap qildi. Qobul bilan telefonda gaplashdim¸ Mustafoyevning o‘rniga Pirmatovni qo‘yishni soglasovaniye qildim¸ deb gapirdi. SFI Management Group rahbari yo‘q majlisda¸ uni tanqid qildi. Chaykovskiy Shodiyevlarning asosiy odami edi. Uning olib tashlanishi¸ Shodiyevlarning majlisga kelmaganidan eng tepadagilar bilan Shodiyevlar o‘rtasidagi munosabat buzilgan ko‘rinadi. Bugungi majlisdan keyin zavod SFI Management Group boshqaruvidan olinadi¸ degan gap chiqdi. Chunki Aripov "takaya upravlyayushchaya kompaniya nam ne nujna" deb aytdi. Lekin bu o‘yin ham bo‘lishi mumkin”¸ - deydi 20 - yanvar kungi majlis ishtirokchilaridan biri.

Metkombinatning Ozodlik gaplashgan mulozimlaridan yana biri¸ shaxsi sir qolishni so‘rab¸ SFI Management Group ishonchli boshqaruviga berilgan ayrim davlat kompaniyalarida tekshiruv boshlanganini bildirdi.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tekshiruv bo‘lyapti. Bizga ham tekshiruv keladi, deyishdi. Taxminlarga ko‘ra¸ hujjatlarni qalbakilashtirib¸ katta miqdorda metalloprokat o‘g‘rilik bo‘lgan deyishyapti. Qanaqadir o‘yin ketyapti. Chunki zavoddagi firibgarlik va o‘g‘riliklardan eng tepadagining o‘zi juda yaxshi xabardor. Faqat prokuraturaga hozirgacha ko‘z yumish¸ hech nima qilmaslik buyurilgandi. SFI Management Groupning xavfsizlik bo‘yicha direktori O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Matiyev Sherzod Raimovich edi. Bu odamning asosiy ishi prokuraturani zavodda bo‘layëtgan ishlarni tekshirishga yaqinlashtirmaslik edi. Hozir uning ham boshida qora bulut yuribdi¸ deyishdi”¸ - deydi Metkombinat boshqaruviga yaqin Ozodlik suhbatdoshi.

Bu va Ozodlik gaplashgan boshqa mulozim¸ “O‘zbekiston metallurgiya kombinati”dagi kadr o‘zgarishlarining mazkur zavod taqdiriga oid belgilovchi qarorlar qabul qilinishidan oldin amalga oshirilganini alohida ta’kidladi.

“O‘zbekistonda kattayu kichik davlat korxonalarini xususiylashtirish¸ ularni xususiy shirkatlarga investitsion majburiyat bilan hatto tekinga berib yuborish rejasi e’lon qilindi. Ana shu jarayonda Metkombinat ham sotib yuborilishi mumkin. Uni olaman degan akulalar ko‘p¸ xususan¸ Birinchi oilaga aloqador odamlar ham zavodni nazoratga olish uchun talashyapti. Zavod rahbariyatidagi bugungi o‘zgarish ana shu jarayondan kichik bir epizodga o‘xshayapti”.

Shodiyevlarga bildirilgan ishonch

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgach¸ boshqaruvning O‘zbekistonda avval ko‘rilmagan shakli "tajriba tariqasida" amaliyotga kiritildi va davlat kompaniyalarini xususiy tadbirkorlik subyekti "ishonchli boshqaruvi"ga berish boshlandi.

"Ishonch" bildirilgan" xususiy tadbirkorga davlat mulki bo‘lgan kompaniyani "mustaqil ravishda erkin iqtisodiy qonuniyatlari asosida hamda davlat organlarining ta’siridan mutlaqo xoli holda boshqarish" vakolati berildi.

Bunday tajriba joriy etilishi ortidan 2017-2018 - yillarda Vazirlar Mahkamasi va prezident qarorlari bilan Markaziy Osiyodagi eng yirik metallurgiya zavodi sanalgan "O‘zmetkombinat"¸ shuningdek Olmaliq kon-metallurgiya kombinati¸ "O‘zvtortsvetmet" zavodini boshqarish¸ qolaversa Toshkent metallurgiya kombinatini qurish SFI Management Groupga berildi.

Bu qarorlarda mamlakatning eng yirik sanoat obyektlaridagi davlat ulushining nima uchun aynan 2017 - yil yanvarida ta’sis etilgan xususiy MChJ ishonchli boshqaruviga berilganiga biror izoh berilmadi.

Ozodlikning 2020 - yilgi surishtiruvi davomida O‘zbekiston energetik sektoridagi belgilovchi obyektlar sanaladigan “O‘zbekko‘mir”¸Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari boshqaruvining ham jamoatchilikka ochiqlanmasdan ayni SFI Management Groupga berilgani o‘rtaga chiqqan edi.

“Mamlakat byudjetining kamida 10 foizini berib kelgan bu davlat kompaniyalari nega yoppasiga bitta qo‘lga - SFI Management Groupga berildi? Agar bu kompaniyalar boshqaruvini yaxshilash zarurati¸ qarorlarda iddao qilinganidek¸ chindan ham bo‘lsa¸ nega bu jarayon ochiq va shaffof bo‘lmadi. Bir qismi Bosh vazir va prezidentning biror jo‘yali asos keltirilmagan qarorlari¸ boshqasi maxfiy farmonlar orqali na o‘tmish tajribasi¸ na davlat aktivlarini boshqarish malakasi bo‘lmagan bir necha oylik guruhga berildi? Nega ochiq va halol tender o‘tkazilmadi? “¸ - degan edi bu jarayondagi maxfiylik va shubhali jihatlarni keskin tanqid qilgan Toshkent hukumati mulozimlaridan biri.

SFI Management Group 2017 - yil yanvarida¸ Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanishi ortidan ta’sis etilgan.

Rasmiy saytida kompaniyaning xorijiy MChJ ekani va “korxonalarni bozor munosabatlariga moslashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, xorijiy mutaxassislar va investitsiyalarni jalb qilishda faol ishtirok etish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan”i iddao qilingan.

“Ochiq bozor sharoitida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish”ni da’vo qilgan guruh rasmiy saytida na uning ta’sis hujjatlari¸ na kimga qarashli ekani yoxud boshqaruvchilariga oid biror ma’lumot yo‘q.

2017 - yildan boshlab O‘zbekistondagi eng yirik va serdaromad davlat kompaniyalarini boshqarishni hech bir raqobatsiz qo‘lga ola boshlagan bu guruh¸ mahalliy va Rossiya matbuoti xabarlarida¸ asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovga qarashli deb ko‘rildi.

Ammo Forbes jurnalining ruscha nashri 2018 - yil 20 - dekabrda chop etgan intervyuda Alisher Usmonov bu guruhning mulkdori boshqa bir o‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyevning akasi Qobul Shodiyev ekanini aytdi. Ayni paytda Usmonov o‘zining “Metalloinvest” kompaniyasi SFI Management Group bilan hamkorlikda ishlashini bildirdi.

Ozodlik gaplashgan o‘zbekistonlik mulozim va tadbirkorlar¸ kompaniyaning asl egasi Qobul emas¸ Alisher Usmonovning kursdoshi va biznes hamkori Fattoh Shodiyev ekanini ta’kidlagan edi.

Ozodlikning mazkur guruh haqidagi maqolalariga munosabat bildirgan "Shodiyev Xalqaro fondi" Fattoh Shodiyevning SFI Management Groupga hech qanday aloqasi yo‘qligini iddao qildi.

Ozodlikka yuborilgan yozma izohda shuningdek¸ Fattoh Shodiyevning O‘zbekiston hududida "Shodiyev Xalqaro fondi" orqali faqat xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi alohida ta’kidlandi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Ниже воды: как идет обновление подводного флота России



Здоровье

Доктор Кутушов: не стоит носить кроссовки в жару




Українські новини

Монтаж димоходів та вентиляційних систем у Києві



Новости 24 часа

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.



Game News

Мафия-НН: С юных ногтей будем учиться вгрызаться в двери, закрывающие ментальные миры.



Москва

Политолог Марков рассказал, что российский боец MMA Джефф Монсон принял ислам



News Every Day

Inside wicked world of ‘skinny scams’ as Ozempic and weight loss drug fraud attempts rise into the hundreds of thousands



Интернет

Bluetooth-сканер штрих-кодов SAOTRON P04 на базе CMOS-матрицы



Москва

Города с самой дорогой арендой апартаментов назвали аналитики



Жанна Агузарова

Жанну Агузарову -награждённую титулом «Легенда вне времени» вырезали



Москва

Санкции никак не повлияли на работу филиала Сбербанка в Индии



Анна Курникова

Курникова показала трогательные фото Энрике Иглесиаса



Москва

Московский аэропорт Домодедово и Всероссийское общество инвалидов заключили соглашение о сотрудничестве



Филипп Киркоров

Филипп Киркоров, Shaman, Сергей Жуков, Катя IOWA показали награды и наряды в студии "Авторадио"



Симферополь

Выставка-посвящение «Первая дама советской скульптуры»



Москва

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.



Москва

Собянин рассказал о росте турпотока из Китая



Москва

Московский аэропорт Домодедово и Всероссийское общество инвалидов заключили соглашение о сотрудничестве



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Козлов: Россия и КНДР прорабатывают возможность запуска прямых рейсов





Путин в России и мире
Москва

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Моргенштерн

Моргенштерн* жестко ответил хейтерам и защитникам Дилары



Москва

Детский сад и школа: в поселении Филимонковское возведут образовательный комплекс

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net