Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

COVID-19 yuqqan ayrim abituriyentlar yana test sinovida qatnasholmadi. DTM rasmiylari ular bu yil o‘qishdan qoldi, demoqda

COVID-19 yuqqan ayrim abituriyentlar yana test sinovida qatnasholmadi. DTM rasmiylari ular bu yil o‘qishdan qoldi, demoqda

Isitmasi yuqori bo‘lgani sababli kirish imtihoniga kiritilmagan abituriyentlar uchun 17 sentabr kuni alohida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, bu imtihonga o‘nlab talaba yana kirolmagan. Chunki, ularning aksari shifoxona yoki 14 kunlik karantinda qolmoqda.

Davlat test markazi (DTM) mulozimlariga ko‘ra, 17 sentabr kungi qo‘shimcha imtihon so‘nggisi edi, oliy ta’lim muassasalarida (OTM) 2020/2021 o‘quv yili uchun boshqa imtihon o‘tkazilmaydi.

DTMning hududiy bo‘limlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, koronavirusdan sog‘aymagani bois, bugungi imtihonga kirolmaganlar soni 20ga yaqin. Ammo, umuman pandemiya bois, imtihonda qatnasha olmaganlar soni  minglabdir.

OTMga qabul bo‘yicha Davlat komissiyasidan bu borada hozircha biror ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

 

2 sentabrdan 13 sentabriga qadar davom etgan OTMga kirish imtihonlari paytida isitmasi 37.7 darajadan yuqori bo‘lib, sinovga kiritilmagan abituriyentlar uchun 17 sentabr kuni qo‘shimcha kirish imtihoni bo‘ldi.

Imtihonlar Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston respublikasida maxsus ajratilgan maskanlarda bo‘lib o‘tdi.

Ana shu imtihonda qatnashishi kerak bo‘lgan jizzaxlik talabaning Ozodlikka yozishicha, u imtihonda ishtirok etolmagan.

Boisi, 6 kun avval - kirish imtihoniga kirayotgan paytda COVID-19 kasalligiga chalingani ma’lum bo‘lgan va davolanish uchun o‘z viloyatidagi karantin markaziga joylangan.

Hali sog‘aymagani, buning ustiga 14 kunlik karantin muddati tugamagani bois, u yana imtihonda qatnasha olmagan:

“Bizdan tuzalganlik haqida malumot olib keling deyishdi. Biz davolanish joyimizdan ma’lumotnoma so‘rasak, biz sizga javob bermaymiz, hali davolanishdasiz, ketsangiz ham o‘z hohishim bilan chiqib ketyapman, degan tilxat yozib berasiz deyishdi. Lekin bularning ham aytgani to‘g‘ri hazillashadigan kasallik emas, yotganimizga endigina 6 kun bo‘ldi. Shu xaqda DTM markazi bn aloqa qilib kasallarni holatiniyam o‘rganib boshqa kunga qilishsa”, deb yozdi abituriyent Ozodlikka 16 sentabr kuni yuborgan xatida. (Maktub tahrirsiz, lotindan kirilga o‘girilgan holda berildi - tahr.)

Ozodlikka bu yilgi test sinovlariga aynan COVID-19 kasaliga chalingani bois kira olmagan yana bir necha abituriyent murojaat qildi.

Murojaatlar mazmuniga ko‘ra, koronavirusga chalingani bois imtihonga qo‘yilmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon sanasi erta belgilangani - muammo bo‘lgan.

Ya’ni, koronavirus pandemiyasi bois mamlakatda joriy etilgan karantin tartibiga ko‘ra, COVID-19 ga chalingan bemorlar 14 kun davomida karantinda saqlanishi lozim va shundan so‘nggina ularga koronavirusdan tuzalgani, ayni paytda tanasida virus yo‘qligi haqida ma’lumotnoma berilishi mumkin.

DTM talablariga ko‘ra, 17 sentabr kungi qo‘shimcha imtihon paytida abituriyentlar shunday ma’lumotnomani taqdim qilishi shart bo‘ldi.

"Shu ma’lumotnomani taqdim qilgan abituriyentlar bugungi qo‘shimcha imtihonga kiritildi. Bugun kelolmaganlarga yana qo‘shimcha imtihon bo‘ladi, degan gap yo‘q. O‘zi shu imtihonlarni deb, hamma abituriyentlar uchun imtihon natijalari e’lon qilinmadi. Mana endi ertadan ma’lumotlar tekshiriladi va 24 sentabr kuni yakuniy natijalar chiqishi kutilyapti", dedi DTMning viloyatlardan biridagi vakili.

Bu yil kirish imtihonlari esa 2 sentabrdan 13 sentabrga qadar davom etdi. DMT bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu muddat davomida:

- 1 million 240 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshirgan,

- 63 ming 580 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmagan,

- 1 187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, imtihonda qatnasha olmagan abituriyentlardan 90 nafari tana harorati yuqori bo‘lgani uchun test sinovlariga kiritilmagan va ularga 17 sentabr kuni test topshirish imkoni berildi.

17 sentabr kuni, DTMning Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlaridagi bo‘limlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, yana o‘ndan ortiq abituriyent to‘liq davolanib ulgurmagani va karantin muddati bitmagani uchun bu imtihonda yana qatnasha olmagan.

DTM vakillari qo‘shimcha imtihon sanasi nega erta belgilanganini ochiqlay olmadi. Ularga ko‘ra, bu imtihon sanasi 2020/2021 o‘quv yilida OTMga qabul bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan.

Ozodlik Bosh vazir A. Aripov boshchiligidagi Davlat komissiyasidan bu borada izoh olish uchun Vazirlar Mahkamasi qabulxonasi, Ta’lim depatramenti va qator boshqa bo‘linmalariga takror-takror murojaat qildi, ammo savolga biror javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Ayni paytda, Ozodlikning bu komissiyaga berish istagida bo‘lgan boshqa muhim savollari ham ochiq qolmoqda.

Misol uchun, 14 sentabr kungi bayonotida DTM rahbariyati, “turli sabablarga ko‘ra” kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abituriyentlar jami soni 63 ming nafardan ortiq ekanini bildirgan.

Ozodlikka kelayotgan o‘nlab murojaatlar va DTMning qator viloyatlardagi vakillaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonga kirolmaganlarning aksari karantin paytida aholi va transport harakati cheklangani bois, qo‘shni viloyat yoki davlatlar, olis xorijdan kelolmagan va bundaylar juda ko‘p.

Kirish imtihoni uchun ruxsanoma olgan va aynan karantin paytida harakat cheklangani bois, imtihonga kelolmagan abituriyentlar aniq soni Ozodlikka ma’lum emas, DTM rahbariyati bunday statistikani taqdim qilmagan.

Viloyatlardan birida kirish imtihonlariga DTM vakili sifatida rahbarlik qilgan mulozimning Ozodlikka aytishicha, bundaylar soni juda ko‘p ekanligini tan oldi:

“Masalan, Rossiyadan vaqtida uchib kelgan, lekin Namanganda karantin zonaga olib borib tashlangan abituriyentlar bo‘ldi. Ular kirish imtihoniga kelolmadi. Shular orasida, imtihon uchun ishonchli vakili kelib, abituriyentning haqiqatda karantin zonada saqlanayotgani haqida hujjatlarni bizga taqdim qilganlarini qayta imtihonda qatnashadiganlar ro‘yxatga kiritdik. Ro‘yxatdagi hujjatlar ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilib, bizga qaytarildi. Lekin, Davlat komissiyasi faqat koronavirusga chalingani hujjat bilan tasdiqlanganlarning qo‘shimcha imtihon topshirishiga ruxsat berdi, o‘shalardan 17 sentabr kuni imtihon oldik. Masalan, men ishlab turgan viloyatda 2 ming 200 abituriyent imtihonga qatnasha olmadi. Bugun bir talay spravka ko‘tarib, kelishdi, lekin kiritmadik", dedi ismini oshkor qilmayotganimiz mulozim Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda.

Shu tariqa, DMT vakillari, bu yil koronavirus pandemiyasini deb imtihonda qatnasha olmagan yana minglab abituriyent bu yilgi o‘qishdan qolgani, ularga yana imkoniyat berish-bermaslikni faqat OTMga qabul bo‘yicha Davlat komissiyasi hal qilishini aytmoqda, komissiya esa bu borada hanuz biror ma’lumot bermadi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Наталью Круглову назначили на должность псковского городского судьи



Жизнь

Сервисное локомотивное депо «Иваново» реализует программу по замещению импортных деталей и узлов аналогами отечественного производства для тепловозов серии 2ТЭ116УД






Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Биологи столицы рассказали, каких животных фотоловушки снимают чаще всего





Путин в России и мире
Москва

Пара из Орловской области связала себя узами брака на Всероссийском свадебном фестивале на ВДНХ


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Марина Василевская передала Александру Лукашенко флаг Беларуси, побывавший на МКС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Святая миссия русского солдата


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Брановицкий

Создание Презентации для Артиста, Актера, Музыканта, Писателя, Поэта, людей Творческих профессий, продвижения услуг и брендов!



Москва

Путин снял Шойгу с поста министра обороны РФ

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net