Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Xorazm hokimi Bog‘otda aholining 60 foizi koronavirusga chalinganini bildirdi va aybni terrorchiga qiyoslangan to‘yxonalarga yukladi

Xorazm hokimi Bog‘otda aholining 60 foizi koronavirusga chalinganini bildirdi va aybni terrorchiga qiyoslangan to‘yxonalarga yukladi

7 sentabr kungi selektor yig‘ilishida birgina Bog‘ot tumanidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalgan Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov¸ tumanning beshta mahallasida bir kunda 79 odamdan analiz olingani va ulardan 48 nafarining koronavirusga chalingani tasdiqlanganini bildirdi.

Xorazm hokimi epidemiologik vaziyatning keskin yomonlashib borayotgani uchun to‘ylarni aybladi va ularni nazorat qilmayotgan mahalla raislari va uchastka nozirlarini jinoiy javobgarlikka tortishni buyurdi.

7 sentabr kungi yig‘ilishdan yozib olinib¸ Ozodlikka yuborilgan audiodagi ovozning aynan viloyat hokimi Farhod Ermanovniki ekanini unda qatnashgan ikkita mulozim bir-biridan mustaqil ravishda tasdiqladi.

Xorazm sanitariya-epidemiologiya tizimining shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan mutaxassisi¸ viloyatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning izdan chiqqanini e’tirof qildi va buni na respublika va na mahalliy hokimiyatda vaziyatni jilovlashga oid konkret rejaning yo‘qligi bilan izohladi.

Hokim Ermanov 7 sentabr kungi majlisda keltirgan raqamlar va bergan topshiriqlar yuzasidan Xorazm viloyati hokimligi rasmiylaridan izoh olishning imkoni bo‘lmadi. Hokim yordamchisi va matbuot kotibi Ozodlik savolini eshitishi bilan go‘shakni ilib qo‘ydi.

Tonggi selektor

7 sentabr ertalabki soat 8 da Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov viloyatdagi koronavirus vaziyati bo‘yicha yana bir selektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Bu yig‘ilishda bevosita qatnashgan mahalliy mulozimga ko‘ra¸ viloyat hokimi har kun tonggi 8 da koronavirus vaziyati bo‘yicha majlis o‘tkazadi va unda har kuni alohida bitta tumandagi vaziyatni muhokama qiladi.

Yig‘ilish ishtirokchisiga ko‘ra¸ 7 sentabr kungi yig‘inda Bog‘ot tumanidagi ahvol haqida gap borgan.

Ushbu yig‘ilishdan yozib olinib¸ Ozodlikka taqdim etilgan audioyozuvda viloyat hokimi Farhod Ermanov Bog‘ot tumanidagi aksar mahallalar aholisining 60 foiziga qadar koronavirusga chalinganini aytadi.

“Analizlarga qaraydigan bo‘lsak¸ hamma mahallada 50 foiz¸ 60 foiz odam kasallangan. Bular bir-biriga yuqtirib butun rayonni, bu yoqda qo‘shni rayonlarga o‘tib ketyapti. Nega hech kim qaramayapti¸ ichki ishlar qayerga qarayapti?”¸ deydi Ermanov aftidan Bog‘ot hokimligi binosining majlislar zalidan turib selektorda qatnashgan rasmiylarga qarata.

O‘ziga “yoshulli” deb murojaat qilgan tuman mulozimi bilan qisqa gap-so‘zdan so‘ng Farhod Ermanov Xorazm viloyat IIB boshlig‘i Davron Nazarmuhammedovdan Bog‘ot tumani bo‘yicha IIB rahbari va hamma mahalla noziri faoliyatiga baho berib¸ o‘ziga xulosasini taqdim etishni so‘raydi.

Ayni paytda hokim viloyat IIB rahbaridan “qonuniy chora ko‘rib¸ nega bunday bo‘lgani¸ nega tumanning egasiz qolgani” bo‘yicha hisob berishni ham so‘raydi.

Shundan so‘ng viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Sa’dullayevga nomlari ko‘rsatilgan MFY raislarining hammasini javobgarlikka tortishni buyuradi.

“Kerak bo‘lsa¸ jinoiy javobgarlikka tortish kerak. Tuman prokurori bilan o‘tirib¸ qonuniy javobgarlikka tortasizlar”¸ deb buyruq beradi viloyat hokimi.

Viloyat hokimi g‘azabini qo‘zitgan raqamlar

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov 7 sentabr kungi majlisda Bog‘ot tumanidagi vaziyatning naqadar nazoratdan chiqqanini ko‘rsatish uchun ayrim mahallalarga oid raqamlarni keltiradi.

“Beruniy mahallasi bo‘yicha¸ 19 ta analiz olingan bo‘lsa¸ 12 tasida kasallik aniqlandi. Nima deyish kerak¸ 19 tadan 12 tasida koronavirus chiqib turgan bo‘lsa? Yangi qadamda 18 analizdan 11 tasida kasallik aniqlangan¸ Nurafshonda 14 analizdan 9 tasida aniqlangan kasallik. Xavarchi qal’ada 16 tadan 11 da koronavirus chiqqan¸ Ashxobodda 12 sidan 5 tada koronavirus aniqlangan. Endi bularni nima qilish kerak? Yana bir haftadan keyin hammasiga yuqishtirib bo‘lamizku!”¸ deydi viloyat hokimi.

Farhod Ermanov birgina Bog‘ot tumani kasalxonasida saqlanayotgan o‘rta og‘ir va og‘ir holdagi koronavirus bemorlariga oid keltirgan raqamlar¸ chindan ham vaziyatning jiddiy ekanini ko‘rsatadi.

“Hozir mana bolnitsada yotgan kasalning ahvolini qaraydigan bo‘lsak¸ ahvol achinarli. Bog‘ot tumanida¸ bugungi kunda 32 kasal yotipti¸ shundan 23 tasi og‘ir¸ o‘rtacha og‘ir ahvolda¸ to‘rttasi og‘ir ahvolda¸ birisi o‘ta og‘ir ahvolda¸ o‘layin deb yotipti. O‘ta og‘ir degani¸ o‘ladi degani¸ og‘iri o‘ladigan darajaga boradi degani¸ o‘rtacha og‘iri og‘irlashadi degan gap. Mana 27-28 odam hozir hayot bilan kurashib yotipti bolnitsada”¸ deydi hokim.

Viloyat markazi Urganchdan 30 km. masofada joylashgan Bog‘ot tumanida¸ rasmiy saytda keltirilgan raqamlarga ko‘ra¸ 11 ta fuqarolar yig‘ini bor va 150 mingga yaqin odam yashaydi. Tilga olingan beshta MFY da bir kunda analiz topshirgan 79 ta odamdan 48 tasida koronavirus topilgani¸ tekshirilganlardan 60 foizdan ko‘prog‘ining virusga chalinganini ko‘rsatadi.

Hokim vaziyat izdan chiqqani uchun to‘ylarni va mahallaqo‘mlarni aybladi – to‘y egalarini terrorchiga qiyosladi

Bog‘ot tumanida koronavirus tarqalishiga oid raqamlarni keltirgan Xorazm viloyati hokimi vaziyatning bu qadar yomonlashgani uchun to‘ylarni aybladi.

“Ahvol bunday¸ bu ëqda to‘y qilib yotipti. To‘y kerakdir¸ lekin to‘yda odam o‘ziga o‘zi zarar qilmasligi kerakku axir! Mahalla raisining aqli yetmaydimikan¸ borib turib mahalla noziri bilan o‘tirib¸ bolьnitsada o‘lgan odamlarning ro‘yxatini berish kerak. To‘yxonamas¸ hozir polniy odamlarni qirishga qaratilgan narsa bo‘lyapti. To‘y deb turib¸ odamlarni chaqirib¸ kasallik tarqatib ¸ aniqli odamlarni olib borib kasallikni yuqishtirish bu. Qasddan axir bu jamiyatimizga zarar keltiryapti bu. Terroristdan besh battar yomon bu! Terrorist borib bir narsani portlatsa¸ to‘rt odam o‘ladi¸ uch odam o‘ladi. Bu borib turib 100 odamni chaqirib turib¸ zarar tarqatib kasallantirib turgan odam terroristdan battar bu. Agar tushunadigan bo‘lsa MFY raisi uchastka noziri bilan terroristik tizimni qo‘llagan bilan bir xil bo‘lib turipti Befarq bo‘ladimi shunchalik ham? Terrorist shu erda o‘ldiradi uni¸ bular bolnitsaga olib borib o‘ldiradi. Umuman ega yo‘q. Ana shu Ashxobod mahallasini umuman ishdan olib tashlash kerak. Yo‘qotinglar bunday odamlarni. Uchastka noziriniyam ishdan olib tashlash kerak”¸ deydi viloyat hokimi.

Viloyat hokimi zudlik bilan qattiq chora ko‘rish orqali¸tartib o‘rnatishni buyuradi va “do‘xtirlar¸ SES xodimlarini” har bitta koronavirusga chalinish holati bo‘yicha o‘ziga hisob berishdan ogohlantiradi.

Mahallaqo‘mlarning hokimga e’tirozi

7 sentabr kungi selektor yig‘ilishida qatnashgan Xorazm tumanlaridagi MFY rahbarlaridan biri¸ koronavirus vaziyatining yomonlashganini e’tirof qilgan holda¸ buning uchun mas’uliyatni mahalla yetakchilariga yuklashni “adolatsizlik” deb atadi.

“Har kun tonggi 8 da Ermanov koronavirus bo‘yicha yig‘ilish qiladi. 30 odamni to‘plab to‘y berganni terrorchiga chiqardi¸ o‘zi esa har kuni har bitta rayon majlislar zaliga 200 odamni to‘playdi. Unda hokimning o‘zi kim? Ishi faqat MFY rahbarlariga tahdid bo‘lib qolgan. Abiturientlar imtihonga bormay qolsa¸ mahalla raisi aybdor¸ maktabning remonti bitmasa¸ mahalla raisi aybdor¸ virus chiqsaku¸ aytmagan ma’qul! Koronavirus bahonasida qanchadan qancha mahalla raislarini ariza yozdirib¸ bo‘shatyapti! Mahallaqo‘mlarni xalq saylaydi¸ hokim ishdan oladi¸ bu qanaqa tuzum? Mahalla vazirligi jim o‘tiripti. Bu yoqda koronavirus¸ deb tahdid qiladi¸ boshqa tomondan endi paxtaga odam chiqarasan uyma-uy yurib deydi. O‘zi nima qilishini bilmaydi¸ lekin hamma aybni mahallaga yuklaydi”¸ deydi xavfsizligi bois shaxsi va mahallasi nomini ochiqlamaslikni so‘ragan xorazmlik mahallaqo‘mlardan biri.

Koronavirus bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 15 avgustdan boshlab 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berilgan.

Mutaxassis fikri: Qizil hududlarda to‘ylarni taqiqlash kerak!

Xorazm sanitariya-epidemiologiya tizimi mutaxassislaridan biri viloyatdagi koronavirus vaziyatining murakkab ekanini e’tirof qildi.

“Vaziyat¸ hokim aytganchalik yomon. Koronavirus tarqalishidagi asosiy o‘chog‘¸ haqiqatan ham to‘ylar bo‘lib qolyapti. Odamlarimiz o‘ldirsa to‘y o‘ldirsin deb¸ o‘zida kasali borligini bilib turib ham to‘yga boryapti. Lekin buning uchun aybni mahallalarga yuklash adolatdanmas. Hokimlik qo‘lida aniq raqamlar bor va mahalliy hududga tegishli qaror chiqarish vakolati bor. Ahvol butunlay nazoratdan chiqqan hududlarda to‘ylarni taqiqlash kerak. Mahallaqo‘m hukumat ruxsat bergan to‘yni to‘xtata olmaydi¸ borib faqat to‘y egalari bilan mehmon soni 30 dan oshmasin¸ deb profilaktik suhbat qilyapti¸ xolos. Oshsa¸ uchastka noziri jarima yozishi mumkin. Lekin to‘yga chaqirilganlarning kasal yoki sog‘lig‘ini mahallaqo‘m qanday biladi? 30 ta mehmondan bittasida virus bo‘lsa bo‘ldi¸ qolganiga yuqti¸ buning uchun qanday qilib mahallaqo‘mni ayblaysiz?“

Ozodlik gaplashgan bu mutaxassis¸ nafaqat Xorazm viloyati hokimligi¸ balki respublika hukumatida koronavirus vaziyatini nazoratga olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yo‘qligini aytadi.

“Buning o‘rniga ular¸ sanitariya-epidemiologiya tizimini qayta tuzish bilan ovora. Otlarni kechuvda almashtirmaydi¸ deyishadi. Pandemiya davrida hukumat 1 sentabrdan tizimni o‘zgartirib¸ ikkita alohida boshqarma va markazni bitta xizmatga birlashtirishga kirishdi. Natijada¸ sanitariya nazorati uchun vakolatli organ havoda muallaq qoldi¸ vaziyat ustidan nazorat yo‘qoldi. Faqat Xorazm emas¸ boshqa viloyatlarda ham ayni ahvol”¸ deydi xorazmlik sanitariya-epidemiologiya tizimi mutaxassisi.

Xorazm viloyat hokimi 7 sentabr kungi selektor yig‘ilishida keltirgan raqamlar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi berib borayotgan rasmiy statistikaga nisbatan shubhalarni yanada kuchaytiradi.

SSV 6 sentabr holati bo‘yicha hozirgacha Xorazm viloyatida jami 479 ta koronavirusga chalinganlik holati aniqlanganini aytgan bo‘lsa¸ 7 sentyabrь kungi chiqishida hokim Ermanov Bog‘otdagi kasallardan tashqari viloyatdagi 7854 o‘qituvchidan 453 nafari koronavirusga chalinganini ham ta’kidladi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Архангельская область подключается к марафону "Сила России"



VIP

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером






Новости 24 часа

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе



Game News

Конец близок в релизном трейлере Destiny 2: The Final Shape



Москва

Посла КНР вызвали в МИД Ирана из-за позиции по островам в Персидском заливе



News Every Day

Inside the mad Fenerbahce world Jose Mourinho is entering with rioting fans, players walking off and notorious hooligans



Интернет

ТСД SAOTRON RT-T50: высокопроизводительный терминал сбора данных промышленного класса



Москва

"Евро-Футбол.Ру": "Спартак" не будет подписывать камерунского форварда Абубакара



Стас Пьеха

«Я полностью переосмыслил жизнь». Стас Пьеха поделился сокровенным



Москва

Вышел в свет новый путеводитель по Пушкинскому Заповеднику 



Анастасия Потапова

Ролан Гаррос. Расписание 2 июня. Потапова и Швентек сыграют первым запуском, Синнер – последним



Москва

Ролан Гаррос. Расписание 2 июня. Потапова и Швентек сыграют первым запуском, Синнер – последним



Станислав Говорухин

В Республике Марий Эл с успехом прошел кинофестиваль «Движение по вертикали» памяти Станислава Говорухина



Симферополь

ВТБ начал выдавать ипотеку на жилье в Крыму



Москва

Список самых популярных товаров нашего маркетплейса Bazosmarket



Москва

Собянин рассказал, как москвичи исполняют заветные мечты детей-сирот



Москва

Ролан Гаррос. Расписание 2 июня. Потапова и Швентек сыграют первым запуском, Синнер – последним



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Орнитологи напомнили москвичам, как вести себя при встрече с птенцами





Путин в России и мире
Москва

Лучшие фото за май // Запоминающиеся кадры месяца


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский: после «заморозки» конфликт опять вспыхнет


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Елена Волкова

В Йошкар-Оле с большим успехом прошел IV этап культурного проекта «Классика: история и современность»



Москва

Диетолог раскрыла секрет: как правильно есть мороженое, чтобы не навредить здоровью?

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net