Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Poplik 51 tadbirkor o‘z do‘konining deputatga olib berilishini to‘xtatishni so‘rab prezidentga murojaat qildi (VIDEO)

Poplik 51 tadbirkor o‘z do‘konining deputatga olib berilishini to‘xtatishni so‘rab prezidentga murojaat qildi (VIDEO)

Namangan viloyat, Pop tuman markazida joylashgan 50 dan ortiq do‘kon egalari Namangan viloyati va Pop tumani hokimlarini Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati¸ “Pop savdo markazi” MChJsi egasi Sardor Rahmonovga 7 qavatli uy qurish uchun o‘z xususiy mulklarini olib berish uchun bosim qilayotganlikda aybladi.

Tadbirkorlar prezident Mirziyoyevga atalgan videomurojaatini Ozodlikka taqdim qildi.

Ozodlik gaplashgan tadbirkorlar Mirziyoyevning Namanganga kutilayotgan tashrifi davomida viloyat hokimiga juda yaqin bo‘lgan Sardor Rahmonovning o‘z mega-loyihasini prezident tasdig‘idan o‘tkazishga chog‘lanayotganidan qattiq xavotir bildirdi.

Pop tuman hokimligi mulozimi¸ qolaversa tadbirkor-deputat Rahmonov 51 tadbirkor bilan muzokaralar hozircha boshi berk ko‘chaga kirib qolgani¸ ammo ular mulkiga hech kim “buldozer solish” niyatida emasligini bildirdi.

Prezidentning bir og‘iz gapi bilan 51 tadbirkor xususiy mulkidan ajrashi mumkin

Pop tuman markazidagi 51 ta do‘kon egasi o‘zlarini Ozodlik orqali murojaat bilan chiqishga Shavkat Mirziyoyevning yaqin kunlar ichida Namanganga kutilayotgan safari majburlaganini bildirdi.

“Hozir Namanganda prezident kelishiga tayyorgarlik ketyapti. Viloyat va Pop hokimi prezidentga ko‘rsatiladigan obyektlar va hujjatlar ustida ishlayapti. Viloyat hokimining lyubimchigi Sardor Rahmonovning Pop markazida Toshkent tipidagi 7 qavatli turar-joy binosi¸ unga tutash bog‘cha va park qilish loyihasini prezidentga ko‘rsatib¸ uni bosh planga kiritishmoqchi. Agar prezident bunga dobro bersa¸ bizning uyimiz kuyadi. 51 ta tadbirkorning xususiy mulkiga ertasigayoq buldozer solinadi. Sababi¸ biz o‘tgan yildan beri do‘konlarimizni bu tadbirkorga berishga rozilik bermay kelyapmiz. Lekin Pop genplanini prezident tasdiqlasa¸ bizdan birov ruxsat ham so‘ramay¸ do‘konlarimizni buzadi”¸ deydi Ozodlik gaplashgan poplik tadbirkorlardan biri.

Poplik tadbirkorlar¸ ana shu ehtimolning oldini olish¸ “prezidentni aldamasliklari” uchun qilgan videomurojaatida Mirziyoyevdan bitta “soxta tadbirkor” manfaati uchun 51 ta boshqa tadbirkorni qurbon qilmaslikni so‘raydi.

 

"Hokimning do‘kon buzishga vaqti yo‘q!"

Pop tuman hokimligining Ozodlik bog‘langan mulozimi prezident Shavkat Mirziyoyevning yaqin kunlarda Namangan viloyatiga tashrifi kutilayotganini tasdiqladi va safar davomida unga Pop markazida zamonaviy uy va istirohat parki qurish loyihasini ichiga olgan yangi Bosh rejaning taqdim etilishi haqidagi xabarni inkor qilmadi.

Hokimlik mulozimi¸ prezidentga videomurojaat bilan chiqqan tadbirkorlarni “Popning kengayib¸ zamonaviy shaharga aylanishiga to‘sqinlik qilayotgan olibsotarlar” deb atadi.

“Shahar kengayishi kerak. Hokimlikdan necha mingta odam uy so‘rab murojaat qilgan. (necha mingta¸ degan savolga mulozim javob bermadi -tahr.) Uyg‘ur degan qishloq bilan buziladigan do‘konlar orasi 1¸5 km. Shu joyda juda chiroyli zamonaviy bozor qurilgan. Bu bola bozorni qurish paytida deputat bo‘lmagan¸ bozorni qurgandan keyin deputat bo‘ldi. U Pop markazidagi eski bozor o‘rnida 7 qavatli uy qurishga zamonaviy loyiha qilib kelgan. Pasti Toshkentdagidey oynali magazin bo‘ladi¸ loyiha chiroyli. Bu odamlarga 1-qavatini ol¸ mana senlar¸ Pop markazini chiroyli qilaylik¸ desak ko‘nmayapti. Changga botib yotgan bozorni chiroyli qilib qurib bersa¸ ikki-uchta olibsotar tuhmat qilyapti. Kambag‘alning puli ko‘paysa¸ eski uyini buzib¸ yangisi quradi¸ mashina oladi. Rayon ham shunday. Eskirgan binolarini zamonaviy qilgisi keladi¸ pastlarini balandroq qiladi”.

Ayni paytda Pop tuman hokimligi mulozimi¸ “shu kunlarda prezident tashrifi va g‘alla yig‘imi bilan ishi boshidan oshib turgan hokimning do‘kon buzishga vaqti yo‘qligi”ni ta’kidladi.

"Hokimning ishi boshidan oshib yotibdi. Ertaga g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bajaramiz. Hokimning tadbirkorlani do‘konini buzishga vaqti yo‘q. Prezidentning safari kutilyapti. Biz prezidentga ikkita obyektni ko‘rsatishimiz kerak. G‘urumsaroy qishlog‘ida yangi qurilayotgan bolnitsa¸ ikkinchisi bitta tadbirkorimiz suv chiqmaydigan cho‘l joyda 1000 gektarlik joyda bog‘ tashkil qilgan. Prezidentimiz shuni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi. Tashrifning aniq kunini bilmaymiz hali".

Deputat-tadbirkor kim?

Pop markazidagi 51 tadbirkor do‘koni o‘rniga “toshkentcha 7 qavatli uy qurish loyihasi”ni taqdim qilgan tadbirkor 28 yashar Sardor Rahmonovdir.

O‘zbek nashrlari va telekanallarida yosh ishbilarmon sifatida tez-tez namoyish qilinadigan Rahmonov¸ koronavirus pandemiyasi paytida¸ "nochorlarga yordam berayotgan tadbirkor" sifatida piar qilindi.

Unga qarashli “Pop savdo markazi” MChJchi 2019 yil 26 sentabr sanasi bilan o‘tkazilgan auksionda Pop markazidagi Markaziy dehqon bozoriga qarashli 87 sotix yerni¸ hokimlikka ko‘ra¸ 806 million 100 ming so‘mga sotib olgan.

Bu hududda 7 qavatli uy qurish proyektini tuman va viloyat hokimligi tasdig‘idan o‘tkazgan Rahmonov¸ buzilgan bozor yonidagi 2 va 3 qavatli xususiy do‘konlarni ham o‘ziga olishni rejalamoqda.

Ammo bu do‘konlar 51 ta tadbirkorning xususiy mulki bo‘lgani uchun¸ ular bilan muzokara olib borishga majbur bo‘lgan tadbirkor-deputatning Ozodlikka aytishicha¸ do‘kon egalari bilan so‘zlashuv hozirda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

“Eski bozor o‘rnida uy qurish rejasini qildim. Bozorni auksionda sotib oldim. Yer osmondan tushgani yo‘q. Ichkaridagi 30 do‘konning kompensatsiyasi to‘lab¸ buzdik. Tashqaridagilardan ham ikkitasi rozi bo‘ldi¸ uniyam buzdik. Qolgan tadbirkorlar norozi bo‘lyapti. Qurilishimizniyam qilayotganimiz yo‘q. Biz ularga shunaqa taklif beryapmiz – sizlarni rozi qilmasdan hech kim joyingizni buzmaydi. Qo‘liniyam tekkizmaydi. Quriladigan 7 qavatli uyning birinchi qavatidan o‘ringa o‘rin bir xil kvadraturada joy qurib beramiz¸ ichini remon qilib¸ qulf kaliti¸ kadastri bilan qilib beramiz. Bir¸ bir yarim yil qurilish bitguncha¸ yangi bozordan joy beramiz¸ arenda puliyam olmaymiz. Yangi do‘kon kadastr hujjatlari¸ qulf kaliti bilan topshirilgandan keyin bozordagi joyimizni qaytib berib¸ domning tagidagi do‘konda ishingizni davom ettirasiz. Hech qanday boshqa to‘lov bo‘lmaydi¸ deyapmiz”¸ dedi Ozodlik bilan 17 iyun kungi suhbatda Sardor Rahmonov.

Rahmonovga ko‘ra¸ tadbirkorlarga bunday va’da uchun kafolat sifatida o‘zaro shartnoma tuzib¸ unga hokimiyatni garant qilishni taklif qilgan. Tadbirkorlar¸ hokimiyat roliga ishonchsizlik bildirgani ortidan Rahmonov ularga shartnomani Adliya vazirligiga qarashli davlat notariusi orqali hujjatlashtirishni taklif qilgan.

“Kabmindan kuratorlar kelib¸ biz garant bo‘lamiz¸deyishdi. Bular bankdan garantiya so‘rashdi. Viloyat banki keldi¸ tadbirkorlar “respublikadan kelsin” deyishdi. Respublika Milliy banki yuristi keldi. Bular rais kelishini talab qildi. Ular do‘koniga o‘zlari qo‘ygan narx bo‘yicha kafolat so‘radi. Bittasi do‘konini 2 million dollarga baholadi. Bank ko‘nmadi¸ Milliy bank vakillari qaytib ketdi. Keyin pandemiya boshlandi¸ shu bilan qolib ketdi. Hozir tadbirkorlar yana yozib chiqa boshladi”¸ dedi Sardor Rahmonov.

Rahmonovga ko‘ra¸ buzilgan bozorga tutash jami 55 ta do‘kon egalaridan to‘rttasi bilan muzokaralar kelishuv bilan tugagan va bu do‘konlarni ham qonuniy yo‘l bilan sotib olgan.

Qolgan 51 tadbirkor nega “jozibali taklif”ga ko‘nmayapti?

Prezidentga o‘z xususiy mulklarini Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga juda yaqin ko‘riladigan deputat Sardor Rahmonovdan himoya qilishni so‘rab chiqqan 51 tadbirkor vakillari Ozodlik bilan suhbatda shunday muzokara va taklif bo‘lganini tasdiqladi.

Ularga ko‘nmaslik sababi esa¸ tadbirkorlarga ko‘ra¸ hokimiyat vakillari mutlaq ishonch yo‘qligi barobarida¸ Sardor Rahmonovning «soxta hujjat» bilan o‘zlarini aldamoqchi bo‘lganidir.

«Biz hokimlarga ishonmaymiz. Bugun chiqarilgan qarorini ertaga na o‘zi o‘zgartirib beradi¸ porasini bersangiz. Shuning uchun bank kafolatini talab qildik. Rahmonov Milliy bankning Namangan bo‘limidagi oddiy bir xodimga bosim o‘tkazib¸ bir varaq qog‘ozga qo‘l qo‘ydirib¸ pechat bosib olib keldi. Biz bu qog‘ozni Toshkentga¸ Milliy bankning respublika qarorgohiga olib borsak¸ ularning bundan umuman xabari yo‘q bo‘lib chiqdi. U qog‘oz lipoviy bo‘lib chiqdi. Shundan keyin biz muzokaralarni to‘xtatdik. Qo‘limizdagi hujjatlardan¸ Sardor Rahmonovning yangi bozor qurish uchun Milliy bank va boshqalardan 38 milliard so‘m kredit olib¸ hozirgacha uning foizini ham to‘lamaganini bilamiz. Bu ketishda bozor uniki emas¸ bankniki bo‘ladi va u bilan qilingan har qanday shartnoma kuchini yo‘qotadi. O‘zbekistonda hozir har xil shartnoma tuzib¸ keyin bankrot bo‘lib¸ qurgan obyekti uchinchi firmaga o‘tib ketayotganlar nihoyatda ko‘p. Bunaqa shartnomani keyin hech kim bir pulga olmaydi¸ bor ana sudga ber¸ deyishadi. Sud degani¸ kuyib ketdim¸ degani. Biz bu o‘yinlarni juda yaxshi bilamiz va bunaqa Ahmadboynikiga o‘xshagan moliyaviy sxemalarga aldanmoqchi emasmiz»¸ deydi prezidentga murojaat qilgan 51 tadbirkordan yana biri.

Bu tadbirkorlar¸ o‘z xususiy mulkidan biror shaklda voz kechmasliklarini ochiq oydin aytishlari ortidan¸ viloyat va tuman hokimligi o‘z binolari qurilgan hududni buzishni Pop shahar Bosh planiga kiritish hiylasini ishlab chiqqanini aytadi.

«Hozir esa¸ har xil bahona bilan do‘konlarimiz joylashgan ko‘cha boshiga blok post qo‘yib¸ xaridorlarni o‘tkazmayapti¸ elektrimizni uzib qo‘yayapti¸ har xil qarzdorlikni bahona qilyapti¸ eski moliyaviy hujjatlarimizni ko‘tarish bilan tahdid qilishyapti. Maqsad¸ bizni Rahmonov shartlariga ko‘ndirib¸ shu yerdan chiqarish. Bularning hammasi Sardor Rahmonovning ishi. Bu bola Popda tuman hokimidan ham qudratli bo‘lib ketgan. Orqasida viloyat hokimi Bozorov turibdi»¸ dedi tadbirkorlardan yana biri.

Prezidentga murojaat qilgan poplik do‘kon egalari¸ o‘z xususiy mulk egaligini himoya qilish uchun kurashdan to‘xtamasligini aytmoqda.

«17 iyun kuni 10 dan oshiq vakilimiz Biznes ombudsman Dilmurod Qosimov bilan uchrashish uchun Farg‘onaga ketdi.  Kechqurun uchrashib¸ shikoyatimizni yetkazdi. Ombudsman yordam beraan¸ dedi. Prezidentga murojaat qildik¸ yana qilamiz. Do‘konimizni hech kimga bermaymiz. Shaharsozlik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi¸ desa¸ yana o‘zimiz remont qilamiz¸ yoki qayta quramiz. Hozirgacha uch marta remont qildik¸ nechta mashina pulini sarflab¸ yana qilishga rozimiz. Ammo undan voz kechmaymiz»¸ dedi poplik tadbirkorlar.

Yakkabog‘dagi isyondan keyin buzilishlar hovuri pasaydi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi xususiy do‘kon egasi o‘z do‘konini noqonuniy buzish uchun buldozer solgan tuman hokimi o‘rinbosari ustiga benzin sepib¸ yoqib yuborgani O‘zbekistondagi snoslarning oddiy aholi va tadbirkorlar toqatinini toq qilganidan berilgan jiddiy signal bo‘ldi.

Bu voqea ortidan 2019 yil 3 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev buzilishlarga oid yangi farmoyish qabul qildi.

Unga ko‘ra¸ 2019 yil 5 avgustdan boshlab, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari uch bosqichda amalga oshiriladi.

Adliya vazirligi bergan rasmiy xabarga ko‘ra¸ birinchi bosqichda hokimlar tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar to‘plami Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi; keyin Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari bo‘yicha va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha xulosalar tayyorlanadi va uchinchi bosqichda xulosa Bosh vazirga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Jarayon ana shu uch bosqichdan o‘tib¸ mulk egasiga kompensatsiya masalasi hal qilinganidan keyingina¸ obyekt buzilishi mumkin.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Преподаватель из Архангельска вышла в финал международного конкурса «Педагогическое начало – 2024»



Мир

Прямые рейсы в Таиланд неожиданно снимают: стали известны подробности и альтернативы




Українські новини

Монтаж димоходів та вентиляційних систем у Києві



Новости 24 часа

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.



Game News

To create its cast of Baldur's Gate 3 companions, Larian came up with 'hundreds and hundreds' of character concepts: 'It was a huge, huge list'



Москва

Диетолог Писарева перечислила продукты, из-за которых можно заболеть ботулизмом



News Every Day

Vavada Casino: a Leader in the Online Gaming Industry



Настроение

Башенный комплекс "Ний" (Ингушетия)



Москва

Слухами визит полнится // Как США и их союзники реагируют на предстоящую поездку президента России в КНДР и Вьетнам



Филипп Киркоров

Филипп Киркоров, Люся Чеботина, SHAMAN – 25 ярких звезд в Открытой студии «Авторадио» на «Премии МУЗ-ТВ 2024»



Москва

Севастопольские спортсмены готовятся к футбольному штурму Санкт-Петербурга



Анастасия Мыскина

Овечкин, Яковлев, Фридзон и Мыскина сыграли в падел-теннис в Турции: «Победила дружба»



Москва

Топ-5 самых ярких зарубежных архитектурных проектов на первичном рынке Москвы



Россия

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России



Симферополь

В Симферополе пройдёт спектакль-акция «Подаренная жизнь»



Москва

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.



Москва

Сергей Собянин: Активно укрепляем отношения с Китаем



Москва

Топ-5 самых ярких зарубежных архитектурных проектов на первичном рынке Москвы



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Обмен электронными транспортными накладными стал доступен участникам «Биржи грузоперевозок ATI.SU»





Путин в России и мире
Москва

СЕНСАЦИОННЫЙ ДОКЛАД ПРО ДЕЛО СКРИПАЛЕЙ, САФРОНОВА, ГОЛУНОВА.


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Бато Багдаев

Сказка театра Ульгэр в Бурятии «Волшебный платок бабушки Дари» - это захватывающее путешествие в мир волшебства - Театр и Цирк, Культура и Концерт, Россия и Дети:



Москва

Кварацхелия заявил, что в Москве был одинок и жил в страшном месте

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net