Millat – Til bilan tirik
br /
Tilimizni oʻz boshimizdek, oʻz koʻzimizdek, oʻz jonimizdek asraylik.
br /
Millatimiz ndash; Tilimiz bilan tirik.
br /
Kim oʻz tilini sevmasa, kim oʻz tilidan iymansa, kim oʻz tilini mensimasa, undaylar nima,chiqindilar nima?
br /
Undaylar nima, manqurtlar nima?
br /
Undaylarni yakkalab, ajratib qoʻy, elim!
br /
Oʻz millatini, oʻz tilini sevmagan odam, bilki, oʻz Vatanini ham, oʻz xalqini ham, oʻz tarixini ham, oʻz urf-odatini ham, oʻz daholari: Amir Temur, Mahmud Qoshgʻarli, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Fitrat, Qodiriylarni ham sevmaydi.
br /
Tilfurushlarni yot til kishilar ham ichlarida xushlamaydilar. Oʻz tiliga, oʻz millatiga vafo qilmagan odam, oʻzgaga vafo qiladimi?
br /
Ogʻir damda sotadi.
br /
Sotqinni goʻr tuzatadi.
br /
Agar tilfurush, millatfurush, dinfurush oʻlsa, uni yot qon koʻmmaydi. Oqibat, xoinga oʻz millati yaraydi.
br /
Buni men amalda koʻrib kelayapman. Biroq sotqinlarni kechirmaslik kerak! Tilni boy berish-millatni boy berishday gap.
br /
Bu borada Rusdan, Ingilizdan, Olmondan, Yapondan ibrat olaylik.Ularda faqat va faqat oʻz tillarida oʻqitiladi.
br /
Bizning ulardan kam yerimiz bormi?
br /
Bor deguvchi sotqinlar ham bor.
br /
Bunday manqurtlarni kechirma elim!
br /
Aslo kechirma!!!
br /
Shundaylar sababli uzoq yillar oʻzbekning biri-ikki boʻlmadi.
br /
Shundaylar tufayli oʻzbek tili rivojlanmadi.
br /
Kim oʻzbek tiliga qarshi borsa, toʻgʻridan-toʻgʻri uni millat dushmani, Vatan xoini sifatida jazolash kerak!!!
br /
Bugun rus tilini ham oʻrganish kerak. Ammo
br /
Al Xorazmiy,
br /
Al Beruniy,
br /
Al Farobiy,
br /
Ibn Sinolar...
br /
Oʻris tilida oʻqishganmi?
br /
Oʻz tilini, oʻz millatini yerga urgan kishini jazolash lozim!!!
br /
Hech kim hech bir tilni, hech bir millatni kamsitishga haqqi yoʻq!
br /
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Andijon, Namangan... qisqasi, oʻzbek shaharlari ajnabiy atamalarga toʻlib ketdi. Hamma koʻrib turgan narsaga misol shart emas!
br /
Oʻzbekyurtda oʻzbekcha atama anqoning urugʻi emas.
br /
Buning uchun tuman, shahar hokimlari javob berishi kerak!!!
br /
Millatsevar, Vatansevar, Tilsevar, bilim doiralari keng hokimlar oʻzbekda koʻp.
br /
Yuksak vakolatga ega ldquo;OʻZBEK TILI KENGASHI“ ni tashkil etish lozim. Imkon darajasida bironta atama ham yot tilda boʻlmasligi kerak.
br /
Yot atamalarni KENGASH yuz foiz oʻzbeklashtirishi lozim.
br /
KENGASHning har shahar, har tumanda oʻz boʻlimlari (shahar, tumanning katta-kichigiga qarab, bir yo ikki kishidan iborat vakili boʻlishi kerak. Har bir nom, atama ularning va soʻng BOSH KENGASHning koʻrigidan oʻtishi shart.
br /
KENGASHga shunday vakolat berish kerakki, millati, irqi, dinidan qatiy nazar oʻzbekcha oʻqish, yozishni bilmasa, uni ishdan chetlatsin! Xuddi Rus davlati misol. Hamma davlat ishi faqat va faqat oʻzbek tilida olib borilishi shart!
br /
Yoʻqsa, oʻzbek tili rivojlanmaydi.
br /
Oʻzbek davlati-Rus, Ingliz, Xitoy davlatlari kabi davlatdir. Oʻzini ulardan past olish – davlat kamoliga qarshi qarashdir.
br /
Millat til bilan tirik.
br /
br /
div style=text-align: right;bEvril TURON/b/div
b
div style=text-align: right;b11-oktyabr 2019-yil./b/div
/b