Namangan muhandislik texnologiya instituti xalqaro taʼlim reytingida eʼtirof etildi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi Webometrics xalqaro reytingida 13-oʻrinda, muhandislik-texnika yoʻnalishdagi hamda Fargʻona vodiysidagi barcha oliy oʻquv yurtlari orasida esa birinchi pogʻonada qayd etildi, deb xabar berdi institut axborot xizmati rahbari O.Dadaboyev.