Xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan uchrashuv
Ufa shahrida 18-20-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi xavfsizlik masalalarini nazorat qiluvchi yuqori martabali vakillarning oʻninchi uchrashuvida ishtirok etdi.