Moskvada politsiya uch yuzdan ziyod namoyishchini hibsga oldi
Politsiya bir yetakchi siyosiy faol va 300 dan ziyod norozilik namoyishchisini hibsga oldi. Bir hafta oldin Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan shunga o‘xshash tadbir vaqtida politsiya qo‘llagan qattiq choralar oqibatida 1300 dan oshiq namoyishchi qo‘lga olingan edi. Hukumat Moskvada erkin saylov o‘tkazilishi talab qilingan norozilik namoyishi chog‘ida “ig‘voga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rish” haqida ogohlantirgan va politsiya maxsus qo‘shinlarini shaharga joylashtirgan edi. Читать дальше...