Savob ishlar, ezgu amallar oyi
Ramazon – musulmon xalqi alohida e’tibor va hurmat bilan kutib oladigan oydir. Bu oyda olam shodlikka to‘ladi, xayr-baraka, fazilatlar yog‘iladi. Kishilar qalbida surur, ko‘zida quvonch balqiydi. Hamma bir-biri bilan shirinso‘z bo‘lib, mehr-muhabbat rishtalari mustahkamlanadi.