Oʻquvchida bilim olishga ishtiyoq uygʻotish lozim
Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internati matematika fani oʻqituvchisi Shahnoza Gʻaniyevaning oʻquvchisi Saidali Murodullayev joriy yilda Bolgariyaning Burgas shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro olimpiadada qatnashib, jamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Bu xabar nafaqat maktab pedagogik jamoasini, balki, butun viloyat oʻqituvchi-yu oʻquvchilarini xursand qildi.