Oʻzbekiston-Hindiston munosabatlariga bagʻishlangan davra suhbatlari boʻlib oʻtdi
![Oʻzbekiston-Hindiston munosabatlariga bagʻishlangan davra suhbatlari boʻlib oʻtdi](http://uza.uz/upload/iblock/3f1/flag.jpeg)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga ilk davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakatning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlarida - Mudofaa tadqiqot va tahlil instituti hamda Vivekananda xalqaro jamgʻarmasida mamlakatlarimizning taniqli olimlari, tahlilchi va ekspertlari Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini tahlil qilishga bagʻishlangan davra suhbatlarini oʻtkazdi.