Tashqi savdo vaziri Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan bordi
Tashqi savdo vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 8 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Afg‘oniston Savdo va sanoat vaziri X.Raso, Temir yo‘llar boshqarmasi boshlig‘i Y.Shams, Xaridlar bo‘yicha milliy komissiya raisi I.Xotaki, Transport vaziri o‘rinbosari M.Sultani va Afg‘oniston savdo sanoat palatasi boshlig‘i A.Nusrat bilan uchrashdi.