G‘o‘za parvarishida – muhim palla
Jizzax viloyati Arnasoy tumani mirishkorlari g‘o‘zani sug‘orish, ekinni barglari orqali oziqlantirish ishlarini asosan tunda bajarmoqda. Ekinga zarur preparatlar berilib, g‘o‘za g‘ovlashining oldi olinmoqda. 21 ming 400 tonna “oq oltin” xirmoni ko‘tarishni rejalashtirgan tuman paxtakorlari 9 ming gektar maydondagi g‘o‘zani uyushqoqlik bilan parvarishlamoqda.