“O‘zbekkonsert” YouTubedagi o‘zbek kliplarini yoppasiga tekshirishga kirishdi
«O‘zbekkonsert» estrada birlashmasida 12 fevraldan boshlab musiqali kliplarni tekshirib namoyishga izn beradigan komissiya ish boshladi. O‘zbekiston madaniyat vazirligi mulozimining Ozodlikka 13 fevral kuni aytishicha “15 nafar a’zodan iborat badiiy kengash milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan kliplarni taqiqlab, G‘arb ommaviy madaniyati ta’siriga tushgan qo‘shiqchilarni to‘g‘ri yo‘lga solish” bilan shug‘ullanadi.