Vazirlar Mahkamasining Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi
Qarorga asosan qishloq xo‘jaligi ekinlari tarkibini diversifikatsiya qilish, fermer va dehqon xo‘jaliklari daromadini oshirish hamda eksport hajmlarini ko‘paytirish maqsadida xorijiy tajriba asosida achchiq qalampir yetishtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.