OzodDayjest: Buxoro viloyati tumanlarida go‘daklar o‘limi ko‘paygan
O‘tgan yili Buxoroning Shofirkon, Olot, Qorovulbozor, Buxoro, Vobkent va Kogon kabi tumanlarida go‘daklar o‘limi ko‘paygani aniqlandi. Surxondaryoda maktab o‘quvchisini “buzuqxona mudirasi” chavaqlab o‘ldirdi. Qo‘qonda ko‘cha “avtoriteti” og‘ir jinoyatlari uchun uzoq muddatga qamaldi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.