MIB vodoprovodi yo‘q aholidan ichimlik suvi uchun qarz undiryapti
![MIB vodoprovodi yo‘q aholidan ichimlik suvi uchun qarz undiryapti](https://gdb.rferl.org/7EC494DD-6EC1-4E69-9040-2F529439FD1A_cx0_cy43_cw0_w800_h450.jpg)
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Suvoqova” tashkiloti vodoprovod quvuri bormagan, ichimlik suvni uch-besh kilometr masofadan tashib ichgan mahalliy aholiga besh yuz ming so‘mdan bir million so‘mgacha to‘lov soldi. Tuman Majburiy ijro byurosi odamlarning e’tiroziga qaramasdan bu to‘lovni undirishga kirishdi.