Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Fermerlar: 70 km uzoqda uy qurishni istamaganimiz uchun Paxtaobod hokimi bizni jazolamoqda

Andijon viloyat, Paxtaobod tumanidagi fermerlarning aytishicha, tuman hokimi ularni Paxtaoboddan 70 kilometr uzoqlikdagi Xonobod shahrida “dala hovli” qurishdan bosh tortgani uchun jazolamoqda.


Fermerlarning iddao qilishicha, tuman hokimi ularni bug‘doy va paxtadan urug‘lik yetishtiruvchilar tanlab olinadigan tenderdan o‘tkazmaslik haqida qishloq xo‘jalik boshqarmasiga og‘zaki topshiriq bergan.


Tuman hokimi Ozodlik bilan suhbatda, urug‘lik yetishtiruvchi fermerlarning bu iddaosini inkor qilmadi, "holatni o‘rganib xabar berishini" aytdi.




Ma’lum bo‘lishicha, har yili tender o‘tkazilib, unda kelasi yili bug‘doy va paxtadan urug‘lik yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tanlab olinadi.


Ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan birining  Ozodlikka aytishicha, bu yilgi tenderga Paxtaobod tumanidagi uch fermer xo‘jaligi tuman hokimining buyrug‘i bilan qo‘yilmasligi mumkin:


“Xonobod” shahridagi “dala hovli”lardan 54 tasini qurish Paxtaobod tumani chekiga tushgan. Tuman bo‘yicha olti nafar fermer bu qurilishni bo‘yniga olishdan bosh tortdi. Shulardan bittasi menman. Buning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu “dala hovli”ning qurilishiga qariyb yuz million so‘m pul ketarkan. Mening ortiqcha buncha pulim yo‘q. Ikkinchidan, uyimizdan 70 kilometr masofadagi “dala hovli” menga kerak emas. O‘zi qishloqda yashasak, hamma tomonimiz dala bo‘lsa, hovlimiz bo‘lsa, boshimga uramanmi men uni. “Dala hovli” odatda qishloqda uyi bo‘lmagan shaharliklar uchun qurilmasmidi?”


Fermerning aytishicha, bu qurilishdan u bosh tortgani uchun tuman hokimi uni urug‘chilik bilan shug‘ullanish tenderidan o‘tkazmaslik haqida qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga og‘zaki topshiriq bergan:


“Biz paxta va bug‘doy urug‘chiligi bilan shug‘llanamiz. Tumandagi rentabelli fermerlarmiz, rejalar doim 120-130 foiz. Har yili urug‘lik yetishtiradigan fermerlarni aniqlash bo‘yicha tender bo‘ladi. Biz tajribamiz va ko‘rsatkichlarimiz bo‘yicha har yili yutib kelamiz. Kecha hokimiyatga borsam, tanish xodimlar “hokimdan kechirim so‘rab qo‘ying, Xonobodda uy qurmaganlaring uchun sizlarni tenderdan o‘tkazmaslik haqida boshqarma boshlig‘iga topshiriq berdi”, dedi. Boshqarma boshlig‘iga kirib so‘rasam, shunday topshiriq bo‘lganini tan oldi”.


Hokimiyat tazyig‘idan cho‘chib, ismi sir qolishini so‘ragan boshqa bir fermer ham hokim Xonoboddan “dala hovli” qurmagan fermerlarni tenderdan o‘tkazmaslik haqida topshiriq berganini isbotlovchi audioyozuv borligini aytdi:


“Men hokimlik mulozimlaridan biri bilan telefonda gaplashib uning ovozini yozib oldim. Mulozim hokim uy qurmaganlarni o‘tkazmaysan deb topshiriq berganini aytadi. Hokimga borgan edim, qabul qilmadi. Juda qiziq ishlar bo‘lyapti. Masalan, tuman hokimligida ishlaydigan o‘rinbosar va qishloq xo‘jaligiga taalluqli barcha rahbarlarning yaqin odamlarida fermer xo‘jaligi bor. Ajablanarlisi shundaki, ularning birortasiga Xonoboddan dacha qurasan, deb aytilmagan. Odam ajratish bo‘lyapti”.


Paxtaobod tuman hokimi Mahmudjon Bozorov Ozodlik savoliga javob berarkan, urug‘chilik bilan shug‘ullanadigan fermerlarning tanlovdan o‘tkazilmasligi haqida topshiriq berganini inkor qilmadi:


“Xabarim yo‘q, bundan. Hozir aniqlab turib bir soatdan keyin sizga axborotini beramiz. Bir soatdan keyin qo‘ng‘iroq qiling”.


Ammo, Ozodlikning bir soatdan keyin qilgan qo‘ng‘iroqlariga hokim javob bermadi.


Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qarori bilan 2019 yil “Obod qishloq” dasturi doirasida Qirg‘iziston bilan chegaradosh Xonobod shahrida 1400 ta uy qurish rejalangan.


Avvaliga “kam ta’minlangan oilalar uchun” deb taqdim etilgan ikki sotix yerda quriladigan ikki xonali bu uylar loyihasi¸ Ozodlik gaplashgan andijonliklarga ko‘ra¸ ko‘p o‘tmay “dala hovli” deb atala boshlangan. Hech qanday infratuzilma yo‘q qir-adirda quriladigan bu uylarga xaridor topilmagani ortidan¸ ularni sotib olish o‘zi shundoq ham asosiy vaqti dalada o‘tadigan fermerlar bo‘yniga qo‘yilgan.


Andijon viloyat hokimligi 1400 ta yer uchastkasini tumanlarga taqsimlab bergan. Tuman hokimliklari esa, o‘z navbatida fermerlar va tadbirkorlarni o‘z hisobidan uy qurishga majburlayapti.


Bu yil iyulda boshlangan qurilishlarga avval fermerlarning hisobidan 45 million so‘mdan majburlab pul o‘tkazish tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Ozodlikka 18 iyul kuni murojaat qilgan fermerlar, bu yilgi bug‘doydan tushgan daromad hisobiga Xonobod shahrida qurilayotgan 2 xonali uylardan sotib olishga majburlangani haqida shikoyat qilgan edi.


Ammo, oradan qariyb ikki oy o‘tayotgan bo‘lsa-da, fermerlarning bankdagi hisobiga bug‘doy puli tushmadi va qurilishga mablag‘ o‘tkazilmadi.


Endi, hokimlar fermerlarni "dala hovli"larni o‘z hisobidan qurishga majburlay boshladi.


Bu haqda Ozodlik 20 avgust kuni "Fermerlarga majburan sotilgan dala hovlilarni qurish ham ularning o‘ziga yuklandi" sarlavhali maqolasida xabar qildi.


Ayni paytda Xonobodda tadbirkorlar o‘tkazgan pul hisobiga quruvchilar "dala hovli"larni qurmoqda, pul o‘tkazolmagan fermerlar esa o‘zlari borib, qurilish materiallari olib bermoqda.




Xonoboddagi "dala hovli" deb atalayotgan ikki xonali uylar, Ozodlikka yuborilgan suratlarda, tap-taqir adirlikda qurilayotgani ko‘riladi.


 


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net