Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


MIB xodimlari Navro‘z bayramida ham aholidan qarz undirdi

Majburiy ijro byurosining xodimlari bayram kunlari ham aholi va tadbirkorlarning kommunal  xizmatlardan qarzini undirish uchun reydlarini to‘xtatmadi.


Samarqand shahri, Xorazm viloyat, Qo‘shko‘pir va Surxondaryo viloyat Muzrobod tumanlaridagi Ozodlik suhbatlashgan kichik tadbirkorlar va aholi vakillari dam olish va bayram kunlarida ham MIB xodimlari bezovta qilib qarz undirish uchun eshik taqillatganidan norozi bo‘ldi.


Ayni paytda MIB xodimlari ham bayram kunlari ishlayotganidan noroziligini Ozodlikka bildirdi.


Xorazm viloyat Qo‘shko‘pir tumanida kichik magazini bor tadbirkorning Ozodlikka shikoyat qilishicha, MIB xodimlari undan bayram kuni elektr energiyasi uchun to‘planib qolgan qarzini to‘lashni talab qilgan:


- Bayram kuni banklar ishlamaydi, shuning uchun MIB talabini bajarish imkoni bo‘lmadi. Qarzdorlikni bayramdan keyin yopib beraman desam ham, penya solib ketishdi, - dedi tadbirkor.


Ozodlik suhbatlashgan Samarqand shaxridagi issiqxona egasi esa, gazdan qarzini undirish uchun MIB xodimi bank vakili bilan kelganini aytarkan, dedi:


- Ikkita issiqxonam bor¸ parnik. Bittasida pomidor, ikkinchisida bodring yetishtiraman. Sezon hozir. Tovar ketib, pul kelmagan payt.  Tabiiy gazdan qarz sal yig‘ilib qolibdi. Shuni "bugun to‘laysan", deb turib oldi. Yonida bank xodimini ham yetaklab kelibdi. To‘ladik yor-birodardan qarz ko‘tarib. Shuni 24 mart kuni to‘lay desam, unamadi.


Ijrochilar ham norozi


Ishsiz qolishdan cho‘chib, Ozodlikka shaxsi sir qolish sharti bilan gapirgan samarqandlik MIB xodimlaridan biri, bayram kunlari uyma-uy yurib qarz undirishdan bezor bo‘lganidan shikoyat qildi:


- Biz ham bayram qilib bola-chaqamiz bilan uyda o‘tirishni istaymiz. Ammo Majburiy ijro byurosi Markaziy apparati rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha reyd o‘tkazib yuribmiz. Odmlar jahldor. Eshitgan bo‘lsangiz, ikki MIB xodimini kaltaklashgan edi. Biz bayram va dam olish kunlarida ishlashdan bezdik.


MIB xodimlarining aytishicha¸ respublika rahbariyatidan har bir viloyatga¸ viloyat boshqarmasidan esa¸ har bir tuman va hududga qarzdorlikni yopish bo‘yicha belgilangan rasmiy reja mavjud va bu rejani bajarish uchun sakkiz soatlik ish kuni yetmaydi.


Ozodlik muxbiri 21 mart kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining respublika¸ ba’zi shahar va tuman bo‘limlariga qo‘ng‘iroq qilib ularning “xar doimgi rejimda” ishlayotganini aniqladi.


Ishsiz qolishdan cho‘chib Ozodlikka shaxsi sir qolish sharti bilan gapirgan MIB xodimlari¸ 21 mart – rasman dam olish deb e’lon qilingan Navro‘z bayrami kuni ham uyma-uy yurib¸ kommunal to‘lovlar uchun qarz undirishga majburlangani va odamlardan haqorat va qarg‘ish eshitganini ma’lum qildi. Ularning ta’kidlashicha, o‘tgan 8 mart bayrami va shanba-yakshanba kunlari ham ishlashgan.


Ozodlik muxbiri bilan 21 mart kuni suhbatlashgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakili o‘z xodimlarining bayram kuni ishlayotganini tan oldi¸ ammo uning majburiyligini rad etdi:


- Xodimlarimiz o‘z ixtiyori bilan ishlayapti. Bu - yig‘ilib qolgan qarzlar ko‘pligi bilan bog‘liq vaqtincha holat. Qolaversa, bayram kunlari ishlagan xodimlarga qo‘shimcha oylik yoziladi.


Xuddi shunga o‘xshash javobni Samarqand viloyat MIB vakili ham aytdi. Unga ko‘ra, xodimlarning bayram kuni ishga chiqishi kasaba uyushmasi bilan kelishilgan va , xodimlardan rozilik xatlari olingan.


Har bayramda shu bo‘lar takror


Joriy yilning 8 martida bir guruh MIB xodimlari bayram kuni ishlaganidan Ozodlkkka shikoyat qilgan edi.


MIB matbuot xizmatining  bu shikoyat yuzasidan Ozodlikka 13 mart kuni yuborgan rasmiy  javobida¸ “iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida “yakshanba va bayram  kunlari ham ishlanayotganini" e’tirof qilgan edi.


MIB xodimlarini dam olishsiz ishlatish mumkinmi?


Dam olish deb e’lon qilingan rasmiy bayram va yakshanba kunlari MIB xodimlarining ishga majburlanayotganligi mehnat qonunchiligiga ziddir.


Mehnat Kodeksining 129- moddasiga asosan yakshanba umumiy dam olish kuni hisoblanadi va 130- moddasiga asosan dam olish kunlari xodimlarni ommaviy ishga jalb etish ta’qiqlangan. Dam olish kunlari istisno tariqasida ayrim xodimlarni ishga jalb etish kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda, xodimning ixtiyoriy yozma roziligi va ikki hissa haq to‘lash sharti bilangina amalga oshirilishi mumkin.


O‘zbekiston Mehnat Kodeksining 16-moddasiga ko‘ra¸ “muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish” xodimning asosiy mehnat huquqlari sanaladi.


Kodeksning “Ish vaqti” deb nomlangan VII bobi 115-moddasida “Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 6 kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim”¸ deb yozib qo‘yilgan.


 

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net