Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Mirziyoev "kelinglar" dedi, men "boraman" dedim (BLOG)

Dushanba kuni O‘zbekiston prezidenti Germaniya federal prezidenti saroyida qabul qilindi. Ozodlik muxbiri sifatida men ham bu qabulni yoritayotgan jurnalistlar orasidaman. Tashrifni kuzatayotgan muxbir sifatida ko‘rganlarimni bir boshdan hikoya qilsam.


Berlin g‘arbidagi Tegel aeroportiga O‘zbekiston prezidentining uchog‘i 20 yanvar kechga yaqin qo‘ndi.


"Mimino" filmi orqali kinosevarlarga tanish aeroport.


O‘zbekiston gerbi tushirilgan uchoq oldiga to‘shalgan qizil plastik gilam  atrofida faxriy qorovul saf tortgan.


To‘q xavorang beret kiyib olgan 26 nemis askari o‘nboshilari buyrug‘iga ko‘ra na’ra tortadi. Nemis soldati, degan jumla Katta avlod vakillari uchun g‘alati eshitiladi.


Har holda nemis soldatlari O‘zbekiston prezidentini olqishladi.


Prezidentni esa Germaniya Tashqi ishlar vazirligining xodimi kutib oldi.


Qoida shunday.


O‘zbekiston prezidenti nemis avtobani bo‘ylab mototsikllar kurshovida ketar ekan, men kioskadan gazetalar olib, tashrif haqidagi xabarlar bormi, deya kuzatdim.  


Faqat bitta "Tageshpigel" degan gazeta tashrifga bag‘ishlab maqola e’lon qilgan, xolos.


Nemis telekanallari ham tashrif haqida churq etishmadi.


Safar oldidan O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi piar agentlik orqali pulga yollagan jurnalistlar "ijodi" nemis matbuotida ko‘rinmadi.  


O‘zbekiston prezidentining rasmiy sahifasida  "Mirziyoev joylashgan mehmonxona yonida o‘z prezidentini olqishlayotgan o‘zbeklar" fotosini joylashtirdi.


Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, "olqishlovchilar guruhi" O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi tomonidan maxsus tashkil qilinib, olib kelingan.


Bu "olqishlovchilar guruhi" a’zolaridan biri bilan Facebook tarmog‘ida gaplashdim.


Ozodlik muxbiri ekanligimni bilgach, suhbatdosh muloqotga nuqta qo‘ydi.


Eski saroydagi yangi uchrashuv


Izg‘irin va tund Berlin havosi. 21 yanvar.


18 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston prezidenti Germaniya prezidenti bilan uchrashmoqda.


Berlin markazidagi oltin qoplangan zafar minorasini aylanib o‘ngdagi saroy tomon yurdim.  


Belvyu saroyi (nem. Schloss Bellevue) Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Berlindagi qarorgohi.


Yo‘lda shop-shaloplarini yaltiratib kelayotgan faxriy qorovul rotasiga duch keldim.


Protokolga ko‘ra, nemis xarbiylarini tamsil qilgan bu rota O‘zbekiston prezidentini olqishlashi lozim.  


Hamkasb fotosuratchilar ularga fotoapparat ob’ektivini qaratib suratga ola boshladi.


Askarlar tabassum bilan muxbirlarga qo‘l silkishdi.


Bu orada jurnalistlarni Belvyu saroyi oldidagi yashil bog‘chaga chaqirishdi.


Nemis politsiyachilari uzrli tabassum bilan jurnalistlarni tekshira boshladi.


Ustimdagi paltoni yechdim.


Aypad va telefonimni rentgen uskunasi tortmasiga qo‘ydim.


Metal chorcho‘pdan o‘tdim.


E’tiroz bo‘lmadi. 


Nazorat postidan o‘tgach, Germaniya Federativ Respublikasi federal prezidenti rezidensiyasi joylashgan hududga kirdik.


Kutish boshlandi.


Men bog‘cha bo‘ylab tizilgan Germaniya prezidentlarining byustlarini tomosha qildim.  


Birdan faxriy qorovul askarlari tartibsiz holda kirib keldi.


Ularga yozilib kelish uchun izn berilgan edi.  


Har xolda askar bo‘lsa ham extiyoji bor.


Nihoyat jurnalistlarni chaqirishdi.


Bizga uchta manzarani suratga olish imkoni haqida tushuntirishdi.


Birinchisi, saroy zinapoyasi oldida prezidentlarning bir-birining qo‘lini siqqani.


Ikkinchi manzara, faxriy mehmonlar kitobiga esdalik yozuv yozish payti.


Uchinchisi esa, faxriy qorovulning prezidentlarni olqishlashi.


Qo‘riqchilar yo‘lni to‘smaslikni so‘rab oldindan ogohlantirishdi.


Berlindagi O‘zbekiston elchixonasining jiddiy, ammo hushmuomala qiyofalari ham jurnalistlarni ta’qib qiladi.


Muxbirlar tadbir boshlanishini kutib, kameralarini sozlashmoqda.


Yashil chimzor bog‘chaning mahobatli darvozasidan mashinalar kirib keldi.


Ulardan birining old kapotiga O‘zbekiston bayrog‘i ilingan.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mashinadan tushib saroy oldiga yurib keldi va uni kutib turgan Germaniya federal prezidenti Frank-Valьter Shtaynmayer bilan ko‘rishdi.


Frank-Valter Shtaynmayer imosi bilan ular jurnalistlarga o‘girilib tabassum bilan poza berdi.


Shavkat Mirziyoev qo‘lini ko‘tarib olqishlagan bo‘ldi.


Shundan keyin ular zinalardan ko‘tarilib saroy ichiga kirib ketishdi.


Ular ortidan eshiklar yopildi.


"Kelinglar" dedi, "boramiz" dedim


Tasvirchi va jurnalistlar yugurib binoning orqa hovlisiga o‘tishdi.


Bu yerda mingga yaqin nemis askari prezidentlar sharafiga tizilgan edi.


Hovlida ikki davlat bayroqlari tikilgan.


Biror o‘n daqiqalar o‘tib ikkala prezident yelkama yelka yurib saroydan chiqishdi.


Harbiy orkestr O‘zbekiston va Germaniya gimnlarini ijro qildi.


Bastakor Mutal Burxonov ijodi bo‘lgan O‘zbekiston gimni musiqasini nemis harbiy orkestri maromiga yetkazib ijro qilganday tuyuldi menga.


Shavkat Mirziyoev va Frank-Valter Shtaynmayer Germaniyadagi barcha harbiy qismlar vakillarini o‘zida jam qilgan faxriy qorovul yonidan yurib o‘tishdi.


Ikkala prezident jurnalistlar yonidan o‘tayotib jilmayishni unutishmadi.  


Hatto, Shavkat Mirziyoev qattiq ovozda samimiy kulib ham qo‘ydi.


Germaniya Federal prezidenti xizmati Berlindagi o‘quvchi bolalardan iborat olqishlov guruhini tashkil qilganini ko‘rdim.


Bolalardan biridan so‘rasam, ko‘ngilli ravishda kelganini aytdi.


Bitta bola hazillashib maktabdan ozod bo‘lish evaziga kelganini bidirdi.


O‘quvchi bolalarning qo‘llariga O‘zbekiston va Germaniya bayroqlarini tarqatishgan edi.


O‘quvchilar bu bayroqlarni silkitgan paytda O‘zbekiston prezidenti ularning qarshisiga keldi.


Rus tilida nemis bolalariga gapirgan Shavkat Mirziyoev "Sovuq paytda meni olqishlaganlaringiz uchun minnatdorman," dedi. 


O‘sha onda men baland ovozda "Sizga Ozodlik radiosidan salom," dedim.


O‘zbekiston prezidentining xorg‘in nigohi menga tushdi.


"Mingdan ming rahmat, sizlarga. Kelinglar," dedi menga qarab.


Men esa "boraman" dedim.


Rahmatni Ozodlikka aytdimi yoki yig‘ilganlargami, "kelinglar" deganda Ozodlik kelsin, dedimi?


Bu narsa aniq bo‘lmay qoldi.


Savol berishga ulgurmadim. 


Ikkala prezident saroy ichiga kirib ketdi.


Orqasidan biz ham ergashdik.


Saroy ichida O‘zbekiston prezidenti faxriy mehmonlar daftariga kirill xarflar bilan o‘z xotira so‘zini yozib qo‘ydi.


Bundan 18 yil oldin bu daftarga O‘zbekistonning o‘sha paytdagi prezidenti marhum Islom Karimov ham dil izhorini yozgan edi.


Belvyu saroyidagi jurnalistlar ashqol-dashqollarini ko‘tarib, navbatdagi tadbirlarni yoritish uchun ketishdi.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev kunning ikkinchi yarmida Federal kansler Angela Merkel va Bundestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.


22 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Myunxen shahrida Bavariya bo‘lgasi bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Napoleon mehmon bo‘lgan saroy


Belvyu saroyi Berlin timsoli bo‘lgan zafar minorasi va Brandenburg darvozasi yonida joylashgan.


1786 yilda arxitektor Mixael Filipp Bouman tarafidan Prussiya qiroli Fridrix II ning ukasi shaxzoda Avgust Ferdinand uchun qurilgan qarorgoh bugun GFR federal prezidenti qarorgohidir.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net