Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Jizzax hokimi go‘sht narxini 39 ming so‘mdan oshirmaslikni buyurdi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev 21 yanvar kuni imzolagan hujjatda viloyat hududidagi bozorlarda sotiladigan to‘qqiz turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining “eng yuqori chegaralangan narxlari” belgilandi.


Go‘sht¸ baliq¸ tuxum¸ guruch¸ kartoshka¸ piyoz va sabzi narxlari narxi oshishi oldini olishga qaratilgan hokim qarori¸ undan xabar topgan tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha¸ bozor iqtisodi qonunlariga ziddir.


Jizzax viloyati hokimligi va viloyat Raqobat boshqarmasining Ozodlik gaplashgan rasmiylari hokim qaroriga izoh berishni istamadi.


Hokim qo‘l qo‘ygan “Tarqatish varaqasi”


Ozodlikka Jizzax viloyati davlat hokimiyati tizimida ishlovchi mulozimdan kelgan hujjat nusxasidan ko‘rilishicha¸ “Tarqatish varaqasi”ni viloyat hokimligining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari majmui kotibiyati hozirlagan.




21 yanvar kuni hokim Saliev imzolagan hujjatga¸ Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 martdagi EDO-03-30-13 sonli yig‘ilish bayoni (protokoli) asos bo‘lgan.


(Bu yig‘ilish bayoniga oid "O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi saytida keltirilgan ma’lumotdan¸ uning “aholini asosiy oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlash maqsadida” bu mahsulotlar narxini hukumat tomonidan belgilash ko‘zda tutilgani tushuniladi.)


Jizzax viloyati hokimi tasdiqlagan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatida mol va qo‘y go‘shti narxini yanvar oyida davomida tadbirkorlar rastalarida 39 mingdan¸ tovuq go‘shtini 20 ming so‘mdan¸ tuxum narxini 700 so‘m¸ guruchning eng qimmatini 12 mking so‘m¸ kartoshkani 2500¸ piyozni 1000 va sabzini 2500 so‘mdan oshirmaslik topshirilgan. Ayni paytda¸ ro‘yxat ostida narxlarning mavsumga qarab o‘zgarishi ham yozib qo‘yilgan.


Bu narxlarni nazorat qilish¸ hokim qaroriga binoan¸ viloyat Moliya¸ Soliq va Raqobat boshqarmalari¸ shuningdek Jizzax viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasiga topshirilgan.


Rasmiy izoh berilmadi


Ozodlik 21 yanvar kuni viloyat hokimining mazkur qaroriga izoh so‘rab¸ hokim yordamchisi¸ hokimning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va iqtisodiët majmui kotibiyati rasmiylari bilan bog‘landi.


Ularning barchasi¸ bu hujjatdan xabari yo‘qligini aytish iddaosi bilan Ozodlik savollariga javob berishdan o‘zini olib qochdi.


Viloyat Raqobat qo‘mitasining Ozodlik gaplashgan rasmiysi¸ bu qarorni “iste’molchilar huquqini himoya qilish” degan iddao bilan izohlashga urindi¸ ammo hokimning nega 2019 yil 21 yanvariga kelib bunday topshiriq berganidan bexabarligini bildirdi.


“Bozor iqtisodiyotiga zid qaror”


Ozodlik bilan shaxsi sir tutilishini so‘rab gaplashgan tadbirkorlardan biri¸ 21 yanvar kungi hokim qarorini shunday baholadi.


“Bozor iqtisodiga asoslangan O‘zbekistonda narxlarning davlat tomonidan belgilanishi bozor iqtisodi mohiyatiga ziddir. Men ishlab chiqargan mahsulotimga nima uchun hukumat narx belgilashi kerak? Bozor narxlarini talab va taklif o‘rtasidagi nisbat shakllantiradi. Deylik¸ men bozordan em-xashakni falon pulga olib mol boqsamda¸ hokim uni tannarxidan arzonga sotasan deb buyruq bersa¸ men bozorga go‘sht olib chiqmayman. Yo Xorazmdan guruch opkelib Jizzaxda sotadigalarning ham o‘ziga yarasha xarajati bor – ularga ham falon so‘mdan oshirmaysan¸ deb buyruq bersa¸ ertaga zarariga ishlamaydiku – olib kelishni yig‘ishtiradi”¸ deydi bu tadbirkor.


Ozodlik suhbatlashgan viloyat iqtisodiy tizimi mulozimi¸ hokimning bozor narxlarini ma’muriy-buyruqbozlik bilan nazorat qilish urinishi teskari natija berishi va bozordagi asosiy oziq-ovqat narxlarining sun’iy ravishda ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytadi.


“Go‘sht Toshkent yo Farg‘onada qimmat bo‘lsa¸ Jizzax emas¸ o‘sha qimmatroq joyga olib boradida! Bunaqa qilib bozorni nazorat qilish Karimov davrida bor edi. Har yili bizga asosiy oziq-ovqat narxlarining chegarasi belgilangan ro‘yxat kelardi¸ lekin u ko‘proq davlat ta’minoti tizimlariga taalluqli edi. Mirziyoev kelganidan beri Jizzaxda bunaqa cheklov birinchi kuzatilayapti. QQS(qo‘shimcha qiymat solig‘i) o‘zgarganidan keyin narx-navo keskin oshib ketishidan qo‘rqishayapti¸ shekilli”¸ deydi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismini ochiqlamagan jizzaxlik mulozim.


Qaror qanday ijro etiladi?


21 yanvar kuni Ozodlik suhbatlashgan oddiy jizzaxliklar shahar  bozorida bir kilo mol va qo‘y go‘shti narxining 40-42 ming so‘m ekanini bildirdi.


Bu narxning hokim buyrug‘i bilan qanday qilib 39 mingga tushirilishi haqidagi savolga mahalliy hokimiyat mulozimi¸ uning ijrosi topshirilgan soliqchilarning bozordagi savdogar va tadbirkorlarga eskicha bosim o‘tkazishni boshlashini taxmin qiladi.


“Bu narsa Mirziyoev kelganidan so‘ng yo‘qolgandek bo‘lgan edi. Bozorni ma’muriy buyruqbozlik bilan nazorat qilaman¸ deb o‘ylagan hokim bu nazoratni Karimov davridagi kabi faqat ma’muriy bosimni kuchaytirish orqali amalga oshirishi mumkin. Bu esa¸ Mirziyoev kelganidan beri tadbirkorlarni himoya qilish haqida qo‘l qo‘ygan o‘nlab qaror va farmonlar mohiyatiga zid bo‘ladi”¸ deydi iqtisod tizimi mulozimi.


Ozodlik hozircha O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 6 mart kungi yig‘ilishi bayoniga asosan¸ asosiy iste’mol mahsulotlari narxining hokimlar tomonidan cheklab qo‘yilgan-qo‘yilmagani haqida ma’lumotga ega emas.


2017 yil iyun oyida go‘sht narxining keskin qimmatlashi oldini olish maqsadida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov go‘sht narxini 29 ming so‘mdan oshirmaslik haqida buyruq bergan edi.


Abdurahmonov va boshqa hokimlarning bozordagi narxlarni sun’iy ushlab turish urinishlari oqibatida xususiy qassobxonalar bir necha kunga yopilib¸ supermarketlardagi go‘sh rastalari bo‘shab qolgani ko‘rilgan edi.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net