Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Farg‘onada buzilayotgan uyning yashovchisi yurak xurujidan o‘ldi (VIDEO)

Farg‘ona shahri markazidagi Alisher Navoiy ko‘chasida buzilayotgan uylardan birida yashovchi 44 yashar Viktor Aristov yurak xurujidan olamdan o‘tdi.


Yaqinlardan olingan ma’lumotga ko‘ra, ko‘chishni talab qilgan hokimiyat mutasaddilari va oilasi o‘rtasidagi muammoga guvoh bo‘lgan xasta Aristov insult bo‘lgan, keyinroq shifoxonada vafot etgan.


Shahar hokimligi bu hodisa bo‘yicha biror izoh bermadi, mas’ul hokim o‘rinbosarining esa prokuraturaga chaqirilgani aytildi.


Buzilayotgan uyda dafn


Shahar markazida buzilishi rejalangan 32-uyda yashagan 44 yashar Viktor Aristov 19 yanvar kuni shahar kasalxonasida vafot etdi.


Ozodlik bu ko‘chada 10 ga yaqin uyning buzilayotgani haqida shu yilning 14 yanvarida xabar qilgan.


Aristovning qo‘shnilaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, aslida gipertoniya kasalligidan aziyat chekkan marhum so‘nggi kunlarda oilasi boshiga tushgan tashvishni ko‘tara olmay, insultga uchragan.


"Hokimiyatning odamlari bilan oilasi o‘rtasida tortishuv boshlanib ketgan. O‘shanda bu kishining qon bosimi oshib ketib, yuragi ushlab qolgan. Ertasi kuni kasalxonadan o‘ligini olib kelishdi", dedi ismini oshkor etishni istamagan farg‘onalik tinglovchi.


Hodisani maxsus o‘rgangan “Farg‘ona.ru” axborot agentligining yozishicha,  Viktor onasi va ukasi bilan birga yashagan. Gipertoniya kasalligidan aziyat chekkani bois, oilasi uyning buzilishi bilan bog‘liq janjaldan uni chetda saqlashga harakat qilgan, ammo muvaffaq bo‘lmagan. 


"Oqibatda, farg‘onalik gipertonik krizga uchradi, keyin esa - reanimatsiya, koma... Shifokorlar hech nima qilolmadi", deb xabar qildi agentlik. 




"Eski uy" o‘rniga "yangi uy"


Alisher Navoiy ko‘chasida buzilishi boshlangan ko‘pqavatli uylarda yashayotgan oilalarning da’vo qilishicha, shu yilning 2 yanvarida Farg‘ona shahar hokimligi vakillari kelib, 10 ga yaqin uy qisqa muddat ichida buzilishini ma’lum qilgan.


Shu kunda tomi qo‘porilgan uylarda yashayotgan oilalarning aytishicha, hokimiyat ularga taklif qilayotgan uy shaharning chekkasida, uning yaqinida na maktab, na magazin bor​. 


Bundan tashqari, hokimiyat yangi, deb taklif qilgan ko‘pqavatli uy, Ozodlikka kelgan shikoyatga ko‘ra, chala bitgan va shu bois, 10dan ortiq  oila, 3 haftadirki, ko‘chishdan bosh tortayotir.


Jumladan, hududdagi 40-uyda yashayotgan 80 yashar Galina Kokryakova norozilarga hokimiyat rasmiylari bosim qilayotganidan arz qildi:


- Men Farg‘onada tug‘ilganman, asl farg‘onalikman. Bu uyda oilam bilan 1954 yillardan beri yashayman. Endi shu uyimizni buzib, bizni shahar chekkasiga quvishmoqchi. Men bunga aslo rozi emasman. 


Quyida buzilayotgan uy o‘rniga taklif qilinayotgan uydan, deya Ozodlikka yo‘llangan suratlarni ko‘rishingiz mumkin:














 


Quyida esa Alisher Navoiy ko‘chasidagi egalari buzilishiga qarshilik qilayotgan xonadonlardan, deya yo‘llangan ba’zi suratlarni ko‘ring:














Buzilayotgan uylarda yashayotgan oilalardan olingan ma’lumotga ko‘ra, hokimiyat vakillari ularga shahar markazidan ham uy ko‘rsatgan.


Ammo, taklif qilingan uy, birinchidan beton, ikkinchidan xonadonlar maydoni qariyb yarim barobarga kichikdir.


"Aslida biz oyoq tirab, uydan chiqmaymiz, deb turib olganimiz yo‘q. Mayli 5-10 metr kvadratga kichik bo‘lsa ham, shahar markazidan g‘ishtlik uy berishsin, deb iltimos qilayapmiz. Men yosh bolalarim bilan polsiz, beton uyga qanday chiqaman?! Rossiyaning Sibirida qiynalib, 12 yil ishlab, shahar markazidan uy olsagu hali yashab ulgurmasimizdan shahar chetiga chiqarib yuborishsa - rosa alam qilarkan", deydi ismini oshkor etmagan xonadon sohiblaridan biri.


"Eski rahbar va’dasini yangisi bajarmadi"


Bu oilalar Ozodlikka Farg‘ona shahar hokimi imzolagan qaror nusxasini ham yo‘llagan.


​Farg‘ona shahar hokimi Hamidjon Xabibiddinov imzolagan qarorda shaharning shu qismida joylashgan 10 ga yaqin "ma’nan eskirgan ko‘pqavatli uylar"dagi oilalar, ular bilan narx va tovon pulini belgilovchi komissiyasi o‘rtasidagi erishilgan shartnoma asosida, ko‘chirilishi kerakligi belgilangan.




Ayrim oilalarning aytishicha, uyi buzilishi haqida ilk bor -o‘tgan yilning yozida og‘zaki ogohlantirgan rasmiy - shahar hokimining sobiq o‘rinbosari shahar markazidan uy berilishini va’da qilgan edi.


Biroq, shikoyat qilinishicha, endilikda Farg‘ona shahar hokimining yangi mulozimlari bu va’dani bajarmayotir. Aksincha, hali odamlar ko‘chib ulgurmagan uylar buzilmoqda.


Hokim javob bermadi, o‘rinbosari esa "prokuraturada"


Ozodlik 21 yanvar kuni Farg‘ona shahar hokimi Hamidjon Xabibiddinovning yordamchisi bilan bog‘landi. O‘zini Muhiddin, deb tanishtirgan mas’ul hokimning buzilishlar borayotgan hududda ekani, barcha savollar bilan uning o‘rinbosari Sharifjon Niyozmetovga bog‘lanish mumkinligini aytdi.


So‘ngra Ozodlik Farg‘ona shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish va kommunal xo‘jalik bo‘yicha muovini Sharifjon Niyozmetovga bog‘lanishga urindi. Ammo, Ozodlik qo‘ng‘iroq qilgan kezda - 21 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 16:00 atrofida - Niyozmetovning telefoniga javob bergan haydovchisi uning prokuraturaga (qaysi prokuraturaga ekani aytilmadi - tahr.) chaqirilganini aytdi. Shu kuni kechgacha Niyozmetov bilan qayta bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. 


Shu tariqa, Farg‘ona shahar hokimiyati, Alisher Navoiy ko‘chasidagi  ko‘pqavatli uylar hali odamlar ko‘chib chiqmay turib, buzilayotgani hamda bu asnoda 44 yashar Viktor Aristovning yurak xurujidan vafot etganini izohsiz qoldirdi.


Ammo, 14 yanvar kuni Ozodlik muxbiri savollariga mikrofonsiz javob bergan o‘rinbosar, uylarni buzish boshlab yuborilganini bu maydon 98 million AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratishga tayyor bo‘lgan chet ellik investorlarga bo‘shatilayotgani bilan izohlagan edi.


Ayni paytda rasmiy barcha oilalarni "rozi qilib" ko‘chirishni ham va’da qilgandi.​


"Ma’nan eskirgan uylar"


Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Farg‘ona shahar markazidagi imkon qadar qisqa muddat ichida buzilishi rejalashtirilgan bu ko‘pqavatli g‘ishtin uylar 1941-1945 yillarda qurilgan va ular ma’nan eskirgan uylar, deb hisoblanadi.


Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, shaharning markaziy qismida, 2011 yildan buyon, ichki va xorijiy sarmoya hisobiga jami 12 yo‘nalishda qurilish-bunyodkorlik , obodonchilik ishlari olib borilmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 12 iyunida Farg‘onaga borganida, shahar markazida qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish, turizm, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha mahalliy rasmiylarga topshiriqlar bergan edi.

Загрузка...

Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net