Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Bosh prokuratura aralashuvidan so‘ng buxorolik tadbirkorlarga ular so‘ragan yechim va’da qilindi

Shahar markazidagi “Dilkusho” bozoridagi do‘konlari buzilganidan beri o‘tgan ikki yilga yaqin vaqt davomida idorama-idora yurib o‘z noroziligini bildirib kelgan buxorolik 600 dan oshiq tadbirkor talabi qisman bo‘lsa-da qondirildi.


Bu haqda Ozodlikka xabar bergan tadbirkorlarga ko‘ra¸ 10 -14 dekabr kungi noroziliklardan so‘ng Bosh prokuratura nazoratiga olingan o‘z shikoyatlariga javoban viloyat va shahar hokimi “Dilkusho” bozori hududidan o‘zlariga alohida kompleks qurib berishni va’da qilgan.


Ozodlik Buxoro shahar hokimi va uning o‘rinbosaridan bu va’da ijrosiga oid tafsilotlarni olishga muvaffaq bo‘la olmadi – rasmiylar telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.


Yangi yechim¸ yangi va’da


20 dekabr kuni Ozodlik bog‘langan buxorolik tadbirkorlar namoyandalari o‘tgan ikki hafta davomida ketma-ket uyushtirilgan norozilik tadbirlari ortidan Buxoro viloyat va shahar hokimi o‘z talablari qondirilishini va’da qilganini bildirdilar.


“Buxoro shahar hokimi Karim Jamolovich majlis qilib¸ muammolaringiz hal bo‘ldi. “Dilkusho” hududidan sizlar uchun qo‘shimcha kompleks quriladi va undan buzilgan do‘konlaringizga boshma-bosh joy beriladi. Sizlar uchun har kvadrat metr narxni 5 million so‘m qilib belgiladik. Buzilgan do‘konidan kattaroq joy olmoqchi bo‘lganlar¸ oshiqcha kvadraturaga 12 million so‘mdan beradi. To‘lovning 50 foizini yanvar¸ qolganini martgacha to‘laysizlar¸ dedi. Qo‘shimcha kompleks “Dilkusho” o‘rnida qurib bo‘lingan uch qavatlik gipermarketga qo‘shiladigan bo‘larkan”¸ dedi buxorolik tadbirkorlardan biri.


Ozodlik suhbatdoshlari ayni paytda¸ 18 dekabr kuni shahar hokimligi majlislar zalida berilgan bu va’daning amalga ko‘chishini kafolatlovchi birorta qaror¸ rasmiy hujjat taqdim qilinmaganini qo‘shimcha qildilar.


“Bozor buzilgandan beri¸ uch-to‘rt xil va’da berishdi¸ birortasini bajarganlari yo‘q. Shunga bu galgi va’daga ham darrov ishonayotganimiz yo‘q. Lekin bu safar masalani Bosh prokuratura¸ prezident administratsiyasidagi kuratorlar nazorat qilayotgani uchun¸ endi aldashmas¸ degan umidimiz ham yo‘q emas”¸ deydi bozori buzilganidan beri idorama-idora chopib yurgan tadbirkorlardan biri.


Viloyat prokuraturasidan so‘ng Toshkentga yurish


Ozodlik 10 dekabr kuni yuzdan oshiq buxorolik tadbirkorning o‘z noroziligini bildirish maqsadida Buxoro viloyat prokurori Bahriddin Valiev oldiga borgani haqida o‘sha kuni xabar bergan va prokuratura binosida o‘tkazilgan yig‘in audioyozuvini ham e’lon qilgan edi.


Bu yig‘inda shahar hokimi aytgan gaplardan hafsalasi qattiq pir bo‘lgan norozilar¸ o‘z oralaridan 20 ga yaqin ayolni vakil qilib¸ 14 dekabr kuni ularni Toshkentning Mustaqillik maydonida piket o‘tkazishga yubordi.


Bu tadbirning Ozodlik ko‘rgan (sifati yaxshi bo‘lmaganidan e’lon qilinmayotgan -tahr.) videoyozuvidan Mustaqillik maydonida ayollarning prezident administratsiyasi binosini qo‘riqlayotgan xavfsizlik xodimlariga o‘z maqsadlarini tushuntirgani va shundan so‘ng ularning ichkariga olib kirilgani ko‘riladi.


“Bizni prezident ma’muriyatining Buxoro va Navoiy bo‘yicha vakillari qabul qildi. Arzimizni tinglashdi¸ Buxoroga telefon qilib¸ muammoni hal qilishni topshirishdi. Buxoroga borishingiz bilan¸ shahar hokimi qabul qilib¸ yechim topadi¸ deyishdi. Ammo hokimlikdan darak bo‘lmaganidan keyin¸ 18 dekabr kuni biz yana Toshkentga telefon qildik. O‘sha kuniyoq soat 4 da shahar hokimi chaqirtirib¸ yangi va’da berdi”¸ deydi Toshkentga borganlardan biri hokimiyat bosimidan cho‘chib shaxsi ochiqlanmasligi sharti bilan.


Bosh prokuraturaga minnatdorlik


Ozodlik gaplashgan buxorolik tadbirkorlarning ishonishicha¸ vaziyatning boshi berk ko‘chadan chiqa boshlaganiga o‘z shikoyatlarining Bosh prokuratura nazoratiga olingani ham muhim rol o‘ynagan.


“10 dekabr kungi viloyat prokuraturasidagi to‘polonning ertasiga Buxoroga Bosh prokuraturadan guruh yuborildi. Ular biz bilan uchrashmadi¸ lekin kelgan yosh mutaxassislar bizning haqqimizni himoya qilishga astoydil harakat qilganini eshitdik.  Ular 600 dan oshiq tadbirkorning haq-huquqlari viloyat va shahar hokimi tomonidan qanday buzilayotganini tasdiqlaydigan hamma hujjatlarni so‘rab-surishtirgan¸ muhimlarini o‘zlari bilan olib ketgan”¸ dedi tadbirkorlardan yana biri.


Ozodlik suhbatdoshlari¸ Bosh prokuraturaning bu jarayonga aralashuvi “Dilkusho”dan haydalgan tadbirkorlarning o‘z qonuniy joyiga qaytib¸ faoliyatini qayta boshlagunga qadar davom etishiga umid qilayotganlarini qo‘shimcha qildi.


12 dekabr kuni Ozodlikning buxorolik tadbirkorlar shikoyatiga oid savoliga javob bergan Bosh prokuratura matbuot xizmati “ularning talablari o‘rganib chiqilishi va ijobiy hal etilishi”ni bildirgan edi.


2017 yil bahorida Buxoro markazidagi qariyb 8 gektarlik hududda joylashgan eng ommabop “Dilkusho” bozori¸ o‘rnida zamonaviy savdo kompleksi quriladi¸ degan iddao bilan buzilgan va bu yerda savdo qilib kelgan 610 nafar xususiy tadbirkorga qurilajak kompleksdan ayni kattalikdagi do‘kon imtiyozli narxda qurib berilishi va’da etilgan edi.


Ammo tadbirkorlar ta’kidicha¸  biror joyda qayd etilmagan¸ o‘tmish faoliyati hech kimga ma’lum bo‘lmagan Mustahkam Qurilish Development degan kompaniya “Dilkusho” o‘rnida uch qavatli savdo kompleksi qurishni boshlashi ortidan¸ hokimiyat bu va’dasini o‘zgartirib¸ do‘konsiz qolgan tadbirkorlarga shahar chekkasidagi eski mebel fabrikasi hududida¸ pulini oldindan to‘lasa¸ do‘kon qurib berishni aytishga o‘tgan. Aksar tadbirkorlar bu taklifni qabul qilmagani ortidan¸ hokimiyat va do‘kondorlar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan edi.


Buxorolik tadbirkorlar Mustahkam Qurilish Development shirkati ortida Buxoro viloyati hokimining yaqinlari turishini iddao qilib keladi. Ozodlik ixtiyorida hozircha bu iddaoni tasdiqlovchi hujjat yo‘q -  shahar hokimligi “Dilkusho” bozori hududining kimga¸ qaysi shartlar asosida sotilgani yoki ijaraga berilganiga oid kelishuvni jamoatchilikdan sir tutib kelmoqda.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net