Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


O‘zbekiston Ispaniyadan Qodirovning "jinoiy sherigi"ni ekstraditsiya qilishni so‘ramoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ispaniya Bosh prokuraturasidan o‘zbekistonlik Alisher Xodievni ekstraditsiya etishni talab qilmoqda.


Shu yilning 10 martida Ispaniya politsiyasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan Alisher Xodievni Barselona shahrida hibsga olgan edi.  


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Yashnobod tumanidan bo‘lgan Alisher Xodievni tovlamachalik, firibgarlik va jinoiy yo‘llar bilan topilgan pullari legallashtirishda ayblamoqda. 


39 yashar Alisher Xodievga qarshi ilgari surilgan ayblovlar O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. 


Alisher Xodievning Ispaniyadagi advokatlariga ko‘ra, ular O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ilgari surilgan ayblovlar yuzasidan "qo‘shimcha hujjatlar" va "faktlar" taqdim etishni talab qilganlar.


Alisher Xodiev Rashitjon Qodirovning yolg‘iz o‘g‘li Alisherbek Qodirovning talabalik davri do‘stidir. 


U O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Corris Invest mas’uliyati cheklangan jamiyatning (MChJ) direktoridir.


Rashitjon Qodirovning 39 yashar o‘g‘li Alisherbek Qodirov Ichki ishlar vazirligi tarafidan 2018 yilning 5 mart kuni xalqaro qidiruvga berilgan.


2 600 000 dollardan ko‘proq tovlamachilik




Ozodlik Ispaniya prokuraturasiga O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan 9 mart kuni taqdim etilgan ayblov xulosasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.


Alisher Xodievga qarshi ilgari surilgan ayblov xulosasi bir shaxs - O‘zbekistondagi qator yirik korxonalar rahbari, yetakchi tijoriy banklardan biri "Infinbank"ning eng yirik hissadori - Farhod Mamatjonov bergan shikoyat arizalariga asoslangan.


Bosh prokuratura taqdim etgan hujjatlarda iddao qilinishicha, Alisherbek Qodirovning talabalik davri do‘sti bo‘lgan Alisher Xodiev,  "jinoiy javobgarlikka tortish" bilan tahdid qilib, Farhod Mamatjonovdan 2009-2013 yillar davomida jami yetti holatda 2 million 600 ming dollardan ko‘proq mablag‘ni olib qo‘ygan.


Mazkur jinoyatlarni, bosh prokuraturaning da’vo qilishicha, Alisher Xodiev O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov, uning o‘g‘li Alisherbek Qodirov, tijoriy sherigi Xayrullo Musaboev va boshqalar bilan birga "oldindan jinoiy til biriktirib" amalga oshirgan.


Bosh prokuratura hujjatida yettita holatning har birida bir xil xulosa bildirilgan:


“O‘z navbatida A. Qodirov R. Qodirovning yolg‘iz o‘g‘li ekani va unga ta’sir ko‘rsata olishidan xabardor bo‘lgan F. Mamatjonov... talab qilingan ... mablag‘ni A. Xodiev va A. Qodirovga berishga majbur bo‘lgan.”


"Umumiy xarakter"


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi talabi bilan Ispaniyada ko‘rilayotgan ekstraditsiya ishida Alisher Xodievni himoya qilayotgan Bray&Avalo Abogados advokatlik shirkati ilgari surilayotgan ayblovlar "umumiy xarakter"ga ega ekanini ta’kidlaydi. 


Ozodlik savoliga yozma javob bergan shirkat advokati Xuan Karlos Brey ayblovlardagi quyidagi jihatga e’tibor qaratdi:  


"Taqdim etilgan ayblovlar markazida turli shirkatlar va banklarga ta’magirlik yo‘li bilan pul o‘tkazish turadi. Jinoyat deya tushunilgan faktlar umumiy xarakterga ega," deb yozdi Xuan Karlos Brey.


Uning ta’kidlashicha, Bray&Avalo Abogados advokatlik shirkati O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ayblovlar bo‘yicha "qo‘shimcha hujjatlar" taqdim etishni so‘ragan. 


Sobiq bosh prokuror ishi




O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilib¸ uning 2018 yil 22 fevral kuni hibsga olingani haqida birinchi bo‘lib Ozodlik radiosi Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura mulozimlariga tayanib turib xabar qilgan edi.


23 fevral kuni bu xabarni inkor etishga uringan Bosh prokuratura 24 fevral kuni Qodirovning hibsga olinganini tasdiqladi.


67 yashar general Rashitjon Qodirov 2000 yildan 2015 yilga qadar O‘zbekiston Bosh prokurori vazifasini bajardi.


Sobiq bosh prokurorga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi ("tovlamachilik"), 167-moddasi ("o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish", 184-moddasi ("soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash"), 210-moddasi ("pora olish") va 236 moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) bilan ayblovlar ilgari surilgan. 


Bosh prokuratura rasmiy bayonotiga ko‘ra¸ Qodirov ishi doirasida jami 24 shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan va ulardan 21 nafari hibsga olingan.


Qodirov ishini, Ozodlik bilan ismi sir qolish sharti bilan suhbatlashgan Bosh prokuratura mulozimiga ko‘ra, shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoev yaqindan kuzatib bormoqda.


19 may kuni Andijon viloyat, Ulug‘nor tumanida viloyat faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’ruza qilgan Prezident Shavkat Mirziyoev sobiq prokurorni "ikki-uch oy ichida televidenie orqali" gapirtirishga va’da bergan edi.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net