Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Andijon qirg‘iniga 16 yil to‘ldi. Qonli voqealar xronologiyasi

Andijon qirg‘iniga 16 yil to‘ldi. Qonli voqealar xronologiyasi

13 - may kuni Andijonda qonli voqealar sodir bo‘lganiga 16 yil to‘ldi.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti "1989 - yilda Xitoyning Tyananmen maydonida sodir etilgan qirg‘indan keyingi eng yirik fojia" deb atagan voqealar borasidagi ko‘plab savollar hanuz ochiq qolmoqda.

O‘zbekiston hukumati aksariyati tinch namoyishchilardan iborat bo‘lgan yuzlab odamlarning hukumat kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o‘tkazish chaqiriqlarini rad etgan.

O‘tgan yili hukumat rasmiysi ilk bor Andijonda "nomutanosib kuch ishlatilgani"ni tan olgan, ammo aybdorlar jazolanganini aytgandi.

"Ba’zi bir jihatlar orqali qurolni ishlatish nomutanosib bo‘lgan. Shuning uchun ham o‘sha odamlar jinoiy javobgarlikka tortilgan", deb aytgan O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 2020 - yil fevralida Qalampir. uz nashriga bergan intervyusida.

Ortiqovadan farqli G‘arb matbuoti tomonidan "Toshkent qassobi" deb ta’riflangan O‘zbekistonning sobiq ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov voqealar borasida Karimov davridagi rasmiy nuqtai nazarni himoya qilgan.

Andijon qirg‘ini ortidan Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan Almatov voqealardagi mas’uliyatini tan olgan, hatto qarorlarni "shaxsan o‘zi" qabul qilganini ta’kidlagan.

"Meni Andijon voqealarida aybdor deb ko‘p gapirishadi. Ha, men o‘shanda shtab boshlig‘i bo‘lganman, qarorni men qabul qilganman, ammo kim o‘shanda Andijonga qurol ko‘tarib keldi? Kim chegaradan qurol bilan o‘tdi? Kim Ichki ishlar vazirligiga qarashli PPSga qurolli hujum qildi, kim harbiy qismga hujum qilib, qurol-yarog‘ oldi? Kim tergov hibsxonasiga hujum qilib, 500dan ortiq ashaddiy jinoyatchilarni chiqarib yubordi? Kim hokimiyat binosini egallab unga o‘t qo‘ydi? Kim yuzga yaqin sud-huquq tizimidagi xodimlarni tutqunda ushlab, ba’zilarini qatl etdi? Hukumat nima, qarab turishi kerakmidi?" , degan general-mayor Zokirjon Almatov Kun.uz nashri bilan o‘tgan yil iyunidagi suhbatda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumati Andijon qirg‘iniga qayta siyosiy baho berish haqidagi chaqiriqlarni rad etib keladi. Rasmiylar xuddi Karimov davridagi kabi Andijon mavzusi "yopilgani"ni ta’kidlab kelmoqda.

Ammo xalqaro inson huquqlari tashkilotlari o‘zbek matbuoti eslamaydigan bu sanani har yili yodga oladi va O‘zbekiston hukumatini Andijondagi qirg‘in qurbonlari uchun adolatni tiklashga chaqirib keladi.

"Bugun (13 - may) O‘zbekiston tarixida inson huquqlari uchun  o‘ta muhim sana. Bu kunni hech qachon unutmasligimiz kerak", deb yozdi Hyuman Rayst Uotch inson huquqlari tashkilotining O‘zbekistondagi sobiq vakili Stiv Sverdlou 13 - may kuni o‘zining Tvitter sahifasida.

 

 

Quyida Andijon qirg‘ini bilan bog‘liq asosiy savollarga javob izlangan OzodJavob ruknining maxsus sonini o‘qishingiz mumkin.

Andijonda 2005 - yilning 13 - mayida nima bo‘lgan?

Andijon. 12 - maydan 13 - mayga o‘tar kechasi. Akramiylik guruhiga a’zolikda ayblanib, sudlanayotgan 23 kishining qirqtacha yaqini patrul-post bataloniga hujum qilib, u yerdagi qurollarni qo‘lga kiritdi. So‘ngra ular shahardagi harbiy qismga hujum uyushtirdi. Keyin qamoqxonaga ham hujum qilinib, u erdan sudlanayotgan 23 kishi va boshqa mahbuslar ozodlikka chiqarib yuborildi. O‘sha kuni yarim tunda viloyat hokimligi binosi egallanib, shahar prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i va bir qancha harbiylar isyonchilar tomonidan garovga olindi. Rasmiylar bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘sha tunda 9 harbiy halok bo‘ldi.

Andijon 13 - may. Erta tongdan viloyat hokimligi binosi oldiga andijonliklar yig‘ila boshladi. Maydon esa hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘rab olindi. Tushdan so‘ng maydonda, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingga yaqin odam yig‘ildi. Odamlar hukumat va Prezident iste’fosini talab qila boshladi. Kechqurun soat 18 lar atrofida otishma boshlandi. Odamlar uch tomonga bo‘linib qochdi. Prezident Islom Karimov keyinchalik o‘tkazilgan matbuot anjumanida odamlarga qarata o‘t ochishga buyruq bermaganini aytdi. Isyonchilar esa harbiylar BTRlardan va avtomatlardan hammani bir chekkadan o‘qqa tutganini bildirdi.​

 

Infografika: Andijon voqealari xronologiyasi -- 11-21 - may​

 

Andijon qirg‘inida necha odam o‘ldirildi?

​2005 - yil 13 - may kuni Andijonning Bobur maydonida sodir bo‘lgan qonli voqealarda rasmiy Toshkent hisobicha 187 kishi, jumladan, ayollar va bolalar nobud bo‘lgan.

​Norasmiy manbalarga ko‘ra, Andijon xunrezliklari oqibatida 1000dan ziyod odam halok bo‘lgan.

​Bobur maydonidagi qonli fojiadan keyin xalqaro jamoatchilik mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan, biroq rasmiy Toshkent rad etgan. Shu taxlit, yuzlab odam qirg‘inbarot qilingan 13 - may fojiasi yillar osha siru sinoatlarga ko‘milganicha qolmoqda.

 

Andijon qochqinlari kimlar va ular qaerda?

​13 - may kuni o‘z hayotini saqlab qolish uchun yuzlab andijonliklar qo‘shni Qirg‘izistonga qochishga majbur bo‘ldi.

Bir necha oy o‘tib BMT Qochqinlar idorasi ko‘magida 500ga yaqin andijonliklar Ruminiyaga o‘tkazildi.

Keyinchalik qochqinlarga dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Shvetsiya, AQSh, Kanada kabi davlatlar siyosiy boshpana berildi.

 

 

Akram Yo‘ldoshev kim?

2004 - yil iyunidan boshlab O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan bittama-bitta hibsga olingan andijonlik 23 tadbirkorning yaqinlari¸ hamkasblari boshlagan namoyishlar pirovardida 13 - may voqealariga eltgan edi.

Rasmiylar "akramiylar" deb atagan, bu atamani o‘zlari tan olmaydigan, lekin Akram Yo‘ldoshevga aloqasi borligini inkor etmaydigan andijonlik tadbirkorlardan 23 nafari 2004 - yilning iyunidan boshlab birin-ketin qo‘lga olindi va bir necha oy davomida so‘roq qilindi.

Akram Yo‘ldoshev 1963 - yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. U Sovet armiyasida xizmat qilib qaytgach, bir muddat to‘qimachilik kombinatida ishlaydi. Kombinatda ishlagan paytida KPSSga kirish uchun ariza beradi.

Andijon Paxta sanoati institutini tugatgan Yo‘ldoshev o‘rta maktabda fizika va matematikadan dars beradi.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yo‘ldoshev 1992 yilda “Hizb ut–Tahrir” islomiy guruhiga a’zo bo‘ladi. Sal muddatdan keyin Yo‘ldoshev bu tashkilotni tark etadi va o‘z diniy falsafiy qarashlarini “Imonga yo‘l” kitobida baën qiladi.

Bu kitobdagi g‘oya atrofida birikkan tadbirkorlar o‘nlab korxonalar ochishadi. Bu korxonalardagi ish tartibi "islomiy adolat" tamoyillariga asoslangani aytiladi.

1998 - yilda Akram Yo‘ldoshev O‘zbekiston huquq-tartibot organlari e’tiboriga tushadi va o‘sha yili 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

1999 - yilning yanvar oyida amnistiya bois ozod qilingan Yo‘ldoshev ayni yilning 17 - fevralida qayta qamoqqa olinadi va terrorizmda ayblanib, 17 yillik qamoq jazosiga hukm etiladi.

Jazoni o‘tash muassasalarida sil kasaliga chalingan. 2003 - yil oktabrida Toshkentdagi jazoni o‘tash muassasalarining umumiy shifoxonasi bo‘lgan 64/18-qamoqxonaga keltirilgan.

2004 - yilda Akram Yo‘ldoshev va uning sheriklariga qarashli 11 korxona yopilib, ularning rahbarlari hibsga olingan.

A.Yo‘ldoshev o‘z ko‘rsatmasida Andijon tumanining Oqyor qishlog‘ida akramiylar va militsiya xodimlari o‘rtasidagi jiddiy janjaldan so‘ng jihod boshlashga fatvo berganini ta’kidlagan.

2016 - yilning 11 - yanvar kuni Akram Yo‘ldoshev bundan besh yil oldin - 2010 - yilda 47 yoshida qamoqda vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

23 tadbirkor qayerda?

12 - maydan 13-ga o‘tar kechasi Andijon turmasiga qilingan hujumdan so‘ng boshqa mahkumlar qatori 23 tadbirkor ham qamoqdan ozod qilingan edi.

O‘sha kuni qamoqdan chiqib ketgan 23 kishining 15 nafari keyin yana qo‘lga olinib, qamalgan, biri qazo qilgan, yana biri bedarak yo‘qolgan.

Ba’zilari Andijonni tashlab chiqishga ulgurmagan, ba’zilarini O‘zbekiston maxsus xizmati qo‘shni davlatlardan ushlab olib ketgan.

Shu kunda ham ular qamoqda. Har holda bu gapni inkor etadigan boshqa ma’lumot yo‘q.

23 tadbirkordan 6 nafari dunyoning turli burchaklaridan siyosiy boshpana olishgan. Ulardan biri Shvetsiyada, uch nafari Hollandiyada, biri Finlyandiyada, yana biri AQShda yashaydi.

Andijon qirg‘ini bo‘yicha sanksiyalar

2005 - yil noyabr: Yevropa Kengashi O‘zbekiston hukumatiga nisbatan sanksiya joriy qildi. Bir yillik muddatga joriy qilingan jazo choralarining birinchi punkti o‘laroq, Andijonda namoyishchilarga qarshi yoppasiga o‘t ochish va nomutanosib kuch ishlatilishi uchun mas’ul bo‘lgan hamda qonli voqealar yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan O‘zbekiston rasmiylarining Yevropa ittifoqi hududiga kiritilishi taqiqlandi.

Qora ro‘yxatga O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov kiritilmagan bo‘lsa-da, unga o‘sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokirjon Almatov, Mudofaa vaziri Qodir G‘ulomov, Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov kabi rasmiylarning ismlari kiritilgan edi.

2006 - yil noyabr: Yevropa kengashi O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatning yaxshilanmagani va qonli voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga imkon berilmagani bois, sanksiyalar jumlasidan viza cheklovi olti oyga, qurol embargosi bir yilga uzatirildi.

2008 - yil noyabr: Andijonda namoyishchilarga qarshi yoppasiga o‘t ochish va nomutanosib kuch ishlatilishi uchun mas’ul bo‘lgan hamda qonli voqealar yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilayotgan O‘zbekiston rasmiylariga nisbatan joriy qilingan viza cheklovi butunlay bekor qilindi.

2009 - yil noyabr: Sanksiyalar ro‘yxatida qolayotgan qurol embargosi ham bekor qilindi.

2016 - yil sentabr: Prezident Islom Karimov vafot etishi ortidan, O‘zbekistonda hokimiyat almashdi. Karimov o‘rniga 13 yil davomida bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylandi.

2018 - yil fevral: O‘zbekiston sobiq Ichki ishlar vaziri¸ 68 yashar general-polkovnik Zokirjon Almatov yana vazirlikka qaytdi.

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

В столице Поморья состоялось первенство области по пляжному волейболу



VIP

Ксения Караулова: о пользе гастродипломатии и новом взгляде на национальную кухню




Українські новини

ОіБ - охорона і безпека: замовляй охорону в Харькові



Новости 24 часа

Генералов много, а Норат Тер-Григорьянц один!



Game News

Зомби-экшен Zombiehood позволяет погрузиться в эпоху 90-х



Москва

МК: мать «смолинского маньяка» Ческидова знала о невольном положении пленницы



News Every Day

‘Please don’t play that at matches next season’, beg Luton fans after Coldplay reveal new song for Hatters at festival



Происшествия

На Ямале воспитателя детского сада будут судить за истязание малышей



Москва

Метод экспресс-диагностики при раке груди открыли нижегородские учёные



Бато Багдаев

Театрально-кукольные вести из Бурятского театра "Ульгэр": Россия, Культура, Театр, Дети - Серебряные звездочки засветились в буддийском дацане в Иволге



Москва

Состоялась первая персональная выставка Серджио Бело в Москве 



Дарья Касаткина

Касаткина о романе Синнера и Калинской: рада, больше ничего не хочу говорить



Москва

Эксперт сенсационно раскрыл загадку Мессинга и Жириновского.



#123ru.net

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о цифровизации бизнеса



Симферополь

Выставка-предупреждение «Пожарная безопасность», В рамках Федеральной информационной противопожарной кампании «Останови огонь».



Москва

Компания ICDMC приняла участие в торжественном открытии выставки “Тульское качество”



Москва

Три из пяти участков новой трассы на юго-западе Москвы завершены — Собянин



Москва

В Подмосковье сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже товаров из магазина



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

МегаФон добавил инноваций системе экомониторинга в Череповце





Путин в России и мире
Москва

Президент Путин вернулся в Москву и встретился в Кремле с главой Ингушетии


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Запустить прямой авиарейс между Барнаулом и Минском предложил Александр Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Столтенберг решил не встречаться с Зеленским в Брюсселе


Навальный в России и мире
Москва

Суд Москвы продлил арест трем адвокатам Навального по делу об экстремизме



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Брановицкий

Ротация на Радио. Ротация песен на радио. Радиоротация. Песни на Радио.



Москва

Состоялась первая персональная выставка Серджио Бело в Москве 

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net