World News in Uzbek





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


<
>

Ustuvor texnika, taktika va Turkiya ko‘magi bilan Boku Tog‘li Qorabog‘da g‘alabaga erishdi

Ozarbayjon ayirmachi Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi hududlarni atigi 43 kunda qo‘lga kiritdi.


Ozarbayjonning yetti tumani Boku 1990 - yillar boshida Armaniston bilan urushda mag‘lub bo‘lganidan keyin, ayirmachi armanlar nazoratiga o‘tgan edi.


Tahlilchilarning aytishicha, Ozarbayjon muvaffaqiyatining uch asosiy sababi bor. Bular texnika, taktika va Turkiyadir.


 




IHS Markit tahlil markazi xodimi Aleks Melikishvilining so‘zlariga ko‘ra, bu safargi urush Turkiya Ozarbayjonga ko‘rsatgan yordam bilan farq qiladi.


Melikishvili Turkiyaning F-19 qiruvchi uchoqlari Ozarbayjonning ikkinchi eng yirik shahri Ganjada paydo bo‘lgani Janubiy Kavkazda vaziyat Ozarbayjon foydasiga o‘zgarganidan darak berganini aytdi.


Ustuvor qurollar


Ozarbayjon o‘z harbiy yo‘qotishlarini ochiqlamagan bo‘lsa-da, havo hujumlarini amalga oshirish hamda jang maydonlarini razvedka qilish maqsadida Turkiya va Isroildan sotib olgan yuqori texnologiyali dronlardan foydalanganini yashirmadi.


Tog‘li Qorabog‘da 27 - sentabr kuni harbiy to‘qnashuvlar boshlanib ketganidan keyin Ozarbayjon Mudofaa vazirligi e’lon qilgan dron kadrlarida Bokuning uchuvchisiz uchoqlari keltirib chiqargan vayronagarchiliklarni, xususan, Armaniston tanklari, artilleriya qurollari, quruqlikdagi istehkomlarning barbod qilinganini va hattoki Rossiyada ishlab chiqarilgan S-300 zenit-raketa majmuasi vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.


Hadrut shahrida 1992–1994 - yillardagi urushda qatnashgan arman veterani Margarita Karamyan Tog‘li Qorabog‘da Bokuning ilk harbiy yurishi davomida 30 ta ozarbayjon droni «osmonni qoraytirganini» ko‘rib lol qolganini aytdi.


Karamyan bu safargi urush 1990 - yillardagi urushdan farq qilishini ta’kidlab, etnik arman qo‘shinlari, jumladan, o‘z turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li tez orada dronlardan yashirinishni o‘rganishga majbur bo‘lganini aytdi.


Istanbulda joylashgan Iqtisodiyot va tashqi siyosatni o‘rganish markazining Xavfsizlik va mudofaa tadqiqotlari bo‘yicha dasturi direktori Jan Kasapog‘lu jang maydonida Armaniston kuchlarini «Ozarbayjonning texnologik ustunligi shoshirib qo‘yganini» aytdi.


Kasapog‘luning so‘zlariga ko‘ra, arman qo‘shinlari o‘zlarini Ozarbayjonning uchuvchisiz havo vositalaridan himoya qilishlari uchun ularda sensorlar yoki dronlarga qarshi qurollar yetishmay bo‘lgan.


«Ozarbayjon-arman to‘qnashuvlari ko‘rsatgan birinchi saboq bu – an’anaviy quruqlik bo‘linmalari – zirhli, mexanizatsiyalashgan va motorli tuzilmalarning rivojlangan uchuvchisiz urush qurollari va tushunchalari oldida zaifligidir», - deya xulosa qildi u.


Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holat arman qo‘shinlarini front chizig‘idan tartibsiz chekinishga majbur qilgan.


«Ochiq manbali razvedka hisobotlari bir oy ichida Tog‘li Qorabog‘dagi arman bosqinchi kuchlari 175 ga yaqin asosiy to‘qnashuvda mag‘lub bo‘lganini hujjatlashtirdi», - dedi Kasapog‘lu.


Bokuda joylashgan Strategik aloqa markazi tahlilchisi Fuad Shahbazov ham Ozarbayjon uchun jang maydonidagi eng muhim ustunlik harbiy texnika bo‘lganiga ishonadi.


Shahbazovning aytishicha, Armaniston Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zosi o‘laroq asosan Rossiyadan qurol-yarog‘ olishga majbur.


«Mamlakat arsenalining taxminan 90–95 foizi Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollardir», - dedi Shahbazov Ozodlik bilan suhbatda.


«Ammo Ozarbayjon Turkiyadan va Isroildan qurol-aslaha olib kelib, o‘z harbiy texnikasini diversifikatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi».


Shahbazovning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yil ichida Boku neft va tabiiy gaz eksportidan tushgan daromad yordamida NATOga a’zo davlatlardan qurol sotib olgan.


Uning so‘zlariga ko‘ra, Boku xarid qilgan texnika orasida Ispaniyadan kelgan antiradar tizimlari, Chexiya Respublikasidan 2018 - yilda sotib olingan o‘ziyurar DANA gaubitsa artilleriyasi va «Turkiyada ishlab chiqarilgan va yaqinda import qilingan Bayraktar dronlari» bor.




«Bayraktar dronlari Turkiyada ishlab chiqarilgan to‘rtta raketani – lazer bilan boshqariladigan MAM raketalarini tashiydi», - dedi Shahbazov.


«Liviya va Suriyada ishga solingan bu dronlar Rossiyada ishlab chiqarilgan barcha qurollarga qarshi juda samarali ekanligini ko‘rsatdi».


Kasapog‘lu Ozarbayjonning harbiy ustuvorligi faqat dronlar bilan cheklanmasligini aytadi.


Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon Turkiyadan «to‘liq robotlashtirilgan urush ta’limoti va amaliyotlar tushunchasi» haqida ham o‘rgangan.


Kasapog‘lu Jamestown Foundation uchun yozgan maqolasida «Qizig‘i shundaki, Ozarbayjonning dron kampaniyasi 2020 - yil boshida Turkiya Suriyadagi arab armiyasiga qarshi amalga oshirgan “Bahor qalqoni” operatsiyasiga  juda o‘xshardi», deb yozdi.


Uning fikricha, bu haqda Ozarbayjon artilleriyasi va raketa otuvchi tizimlari razvedka dronlari bilan hamkorlikda ish tutganidan xulosa qilish mumkin.


Shahbazovning aytishicha, Ozarbayjon sovet davrida ishlab chiqarilgan Antonov AN-2 uchoqlarini qurbon qilib, arman mudofaa tizimlari pozitsiyalarini aniqlagan.


«Ular uchoqlarni dronlarga o‘xshatish uchun kamuflyaj tayyorladilar», - deb tushuntirdi Shahbazov.


Uning so‘zlariga ko‘ra, Boku AN-2 uchoqlarini uzoqdan boshqariladigan qilib o‘zgartirgan. Arman qo‘shinlari ularni dron deb o‘ylab urib tushirganidan keyin, yuqoriroqda uchayotgan dronlar arman raketa tizimlari pozitsiyalarini aniqlab, ularga zarba bergan.


NATO urush taktikalari


Telegram kabi ijtimoiy media platformalarida ulashilgan kadrlar – aftidan ularni Ozarbayjon askarlari tarqatgan – Boku 2001 - yildan beri Afg‘oniston tog‘larida AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Tolibonga qarshi ishlatib kelayotgan taktikasidan saboq olganini xulosa qilish mumkin.


Ushbu operatsiyalarda NATO qo‘shinlari XX asrning an’anaviy urush usullariga amal qilgan holda minglab harbiyni bir yerga to‘plamadi. Buning o‘rniga AQShning kichik ixtisoslashgan maxsus kuchlari – kommando guruhlari Afg‘oniston hududida va Pokiston bilan 3 300 kilometrlik chegara bo‘ylab «qidirib topish va yo‘q qilish» amaliyotlarini bajardi.


Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ janubi-sharqida amalga oshirgan yurishi davomida shunga o‘xshash taktikadan foydalandi. Xususan, dron hujumlari natijasida Armaniston mudofaa chizig‘ida bo‘shliqlar paydo bo‘lganidan so‘ng, Boku kommando guruhlari o‘rmonlarga kirib, shahar va qishloqlar atrofidagi baland joylarni egallab oldi.


Shahbazov ham Ozarbayjon AQSh va Afg‘onistondagi NATO kuchlari tomonidan qo‘llanilgan kommando taktikasini Tog‘li Qorabog‘dagi so‘nggi janglarda ishga soldi, deb hisoblaydi. 


«Ozarbayjon maxsus kuchlari ko‘p yillar davomida asosan Turkiya harbiy akademiyalarida va Pokiston harbiy akademiyalarida tayyorgarlikdan o‘tdi», - dedi Shahbazov Ozodlik bilan suhbatda. 


«Biz Tog‘li Qorabog‘dagi urushda ushbu taktika qo‘llanilganiga guvoh bo‘ldik».


«Ozarbayjon 1990 - yillardagi yo‘qotishlaridan va 2016 - yilda arman qo‘shinlariga qarshi to‘rt kunlik urushdan yaxshi saboq oldi», - deya so‘zini davom ettirdi Shahbazov.


«O‘tgan janglardan farqli o‘laroq, bu safar Boku aloqa liniyasi bo‘ylab juda faol bo‘lgan kichik sabotajchi guruhlarni safarbar qildi».


Hafta boshida Rossiya vositachiligida Armaniston va Ozarbayjon tinchlik sulhini imzoladi. Unga binoan, Rossiya mintaqaga o‘z tinchlikparvar qo‘shinlarini yuboradi. Ozarbayjon egallab olga hududlar esa Boku nazoratida qoladi. Shuningdek, Armaniston boshqa bir necha hududni bo‘shatishi kerak bo‘ladi. Bitim Armaniston uchun mag‘lubiyat belgisi o‘laroq ko‘rilmoqda.


 

Читайте на 123ru.net

Другие проекты от 123ru.net



Архангельск

Ликсутов: Рублёво-Архангельская линия метро создаст новые связи на северо-западе Москвы



Мир

Подешевело в 2 раза: назван сезон, когда туры в Египет фантастически упали в цене - ещё можно успеть






Новости 24 часа

В Подмосковье сотрудники Росгвардии провели встречу со студентами финансового университета



Game News

The Sims Project Stories будет новой мобильной игрой вместо Project Rene



Москва

Подожди, я еще не сфоткала: мороженое с лапшой из матчи и тирамису из грибов



News Every Day

Rangers Star Insists ‘Some Moments’ Have Showed Gers’ Quality



Авто

Спрос на доставку малогабаритных грузов вырос в два раза за полгода – «Деловые Линии»



Москва

"Мармакс": спрос на обновленную IT-ипотеку за два месяца вырос в 1,5 раза



Песня

Песня В честь дня первой любви Песня В честь дня первой любви



Москва

Губерниев дал прогноз на точный счёт матча «Спартак» - «Динамо»



Анастасия Потапова

Теннисистка Потапова: считаю Квинси Промеса одной из легенд «Спартака»



Москва

Соцфонд проиндексирует пенсии работающим пенсионерам в феврале



Артём Дзюба

Агент Сафонов: Дзюба в «Акроне» может так стрельнуть, что все офигеют!



Симферополь

Акция-призыв «Посмотри, как хорош мир, в котором ты живешь».



Москва

Соцфонд проиндексирует пенсии работающим пенсионерам в феврале



Москва

Собянин: К учебному году в МЭШ обновили популярные сервисы и запустили новые



Москва

Сольный концерт Mayot при поддержке Like FM



Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

На севере Москвы жители стали дежурить по ночам из-за незаконной вырубки деревьев





Путин в России и мире
Москва

Лавров: Путин пошутил, говоря о поддержке Харрис на выборах президента США


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Минск продолжит выступать за расширение взаимоуважительного и конструктивного диалога с Ереваном – Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Глава МИД Польши попытался оправдаться за свои слова про Крым


Навальный в России и мире
Москва

Иван Дроботов: «Молоток — неподходящий инструмент решения политических конфликтов»



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Аранжировка

Аранжировка Песен. Аранжировка Музыки. Создание Аранжировок.



Москва

ТАСС: шесть мужчин задержаны при попытке похитить борца ММА Учаева из больницы

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net