Til – birligimiz, borligimiz ifodasi
![Til – birligimiz, borligimiz ifodasi](http://uza.uz/upload/iblock/659/photo5429641366218058320.jpg)
Oʻtgan asrning soʻnggi yillarida oʻzbek tili tarixida unutilmas, oʻz davrining olamshumul voqeasi yuz berdi. 1989-yilning 21-oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Keyinchalik, Bosh Qomusimizning 4-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir”, deb belgilab qoʻyildi.