Benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli uchun soliq imtiyozlari 2018-yilda ham saqlanib qoladi
![Benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli uchun soliq imtiyozlari 2018-yilda ham saqlanib qoladi](http://uza.uz/upload/iblock/94e/benzin.jpg)
2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasini tuzishda neftni qayta ishlash korxonalari, benzin va dizel yoqilg‘isi iste’moli hamda avtosanoat uchun tatbiq etilgan soliq imtiyozlarini saqlab qolish soliq-byudjet sohasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri J.Qo‘chqorov ma’lum qildi.