Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


O‘zbekiston masjidlarida azon ovozi  pasaytirilmoqda, Aripov davlat xizmatchilarini "ogohlantirdi"

Shu yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida maxsus majlis o‘tkazilib, mamlakatda diniy radikallashuv masalasi muhokama qilingan.


Ozodlik manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Davlat xavfsilik xizmati (DXX) raisi Abdusalom Azizov ishtirok etgan majlisda mamlakatda "diniy radikallashuv kuchayib borayotganidan" tashvish bildirilgan.


Majlisda ishtirok etgan mulozimlardan birining Ozodlikka aytishicha, davlat xizmatchilari, hukumat a’zolari orasida ham xizmat joylarida namoz o‘qish, shar’iy nikoh asosidagi ko‘pxotinlilik va diniy rusumdagi anjumanlarga borish tendensiyasi kuchaygani tanqid ostiga olingan.


Ozodlik manbasi Bosh vazir Aripovning “Amaldorlar yo dinni tanlasin, yoki davlatdagi ishini tanlasin” degan so‘zlarini keltirdi.


Bosh vazirga ko‘ra, endilikda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan bu sohadagi nazorat kuchaytiriladi.


Bosh vazir matbuot xizmati va davlat matbuoti ushbu yig‘ilish haqida biron rasmiy axborot bergani yo‘q.


Masjidlarda azon ovozi pasaytirildi

O‘zbekistonning bir necha masjidlaridagi ovoz kuchaytirgichlarda azon ovozlari pasaytirilgan. Toshkent shahridagi "Do‘mbirobod" masjidi sobiq imomi Shermurod Tog‘ay 11-sentabr kuni o‘zining Feysbuk sahifasida endilikda azon ovozlari o‘chirilishi ham mumkinligini yozdi. Bu o‘rinda azon aytishda ovoz kuchaytirgichlardan foydalanish nazarda tutilmoqda.


“Endi azonni ovozini o‘chirmoqchimiz. Bizning ovozimiz o‘chadi. Azonni ovozi o‘chmaydi. Uni ovozini o‘chiraman deganlarning ovozi o‘chdi va o‘chadi", deb yozdi din ulamosi.




Ijtimoiy tarmoqning asakalik faoli, (Ozodlik ixtiyoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarovning yaqin qarindoshi) Hidoyatulloh Mirsaid Shermurod Tog‘ay posti ostida qoldirgan izohida Andijon viloyatidagi masjidlarda azon saslari "allaqachon pasaytirilgani"ni yozdi.


Ozodlik suhbatlashgan Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “Bodomzor” masjidi yaqinida istiqomat qiluvchi faollar azon ovozlarining sezilarli darajada pasaytirilganini aytishmoqda.


Ozodlik ixtiyorida azon ovozlari aynan qanchalik pasaytirilgani, ovoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish texnik jihatdan qanday tartibga solinayotgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.


Ozodlik muxbiri bog‘langan O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi vakili Ozodlikning bu haqdagi so‘roviga "bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deya javob qaytardi.


Diniy idora va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hozircha masjidlarda azon ovozi pasaytirilgani haqidagi xabarlar yuzasidan biron izoh bergani yo‘q.


O‘tgan juma O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbari, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov islom dinida qanday libos kiyishga oid qat’iy qoida yo‘qligini aytgan. Muftiy Oliy Majlis qabul qilgan jamoat joylarida yurish-turishga oid Kodeksga tuzatishlarga shu tariqa munosabat bildirgan.


"Islom dinida ma’lum bir forma qabul qilinmagan. Bu bitta millatning dini emas. Bitta iqlimga kelgan din emas...Taqvo kiyim bilan o‘lchanmaydi. Arablar o‘ziga xos kiyimni kiyadi, turklar o‘ziga xos, Indoneziya, Malayziyadagi musulmonlar o‘ziga xos, urfiga, odatiga xos. O‘zbeklar o‘ziga xos kiyadi. Islom kiyimda ham me’yorni o‘rgatadi. Qop-qora bo‘lib, arabcha bo‘volma. Berkitishga buyurilmagan joylarni berkitvolma. "Satri avrat" deymiz, berkitish kerak bo‘lgan joylarni berkitmasdan taqvoda turish", deb aytgan O‘zbekiston musulmonlari rahbari o‘zining juma ma’ruzasida.




Prezident Shavkat Mirziyoyev qator chiqishlarida masjidlarda ovoz kuchaytirgichlarga ruxsat berilgani, azon ovozlari baralla yangrayotganini o‘zining prezidentlik davrida qo‘lga kiritilgan eng asosiy erkinliklardan biri deya urg‘ulagan. So‘nggi bor u bu haqda oxirgi prezident saylovoldi targ‘ibot kampaniyasi chog‘ida gapirgandi.




Soqolga qarshi reydlar, islomiy do‘konlarning nazoratga olinishi

Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organlari Toshkentdagi diniy adabiyotlar va boshqa mahsulotlar bilan savdo qiladigan qator do‘konlarga reydlar uyushtirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.


Alixonto‘ra Shokirjon o‘g‘li ismli Feysbuk foydalanuvchisi, shu kunlarda Sergelidagi "antisoqol" reydi o‘tkazilgani, soqolli 10 kishi ushlanib, 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingani" haqida yozdi.


Shuningdek, Ozodlik manbalarining bildirishicha, Toshkent shahrining Navoiy ko‘chasidagi diniy adabiyotlar, attorlik ashyolari va diniy lisbolar sotuvchi bir qancha do‘konlar nazoratga olingan. Do‘konlarning nomlaridan islomiy iboralarni olib tashlash, do‘kon peshlavhalaridan arab imlosidagi tablolarni olib qo‘yish tavsiya qilinmoqda.


Ozodlikning O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbasi profilaktika nozirlari o‘z hududlaridagi diniy muassasalar, ilmiy dargoh egalariga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga kiritilayotgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid normalardagi o‘zgartirishlar borasida tushuntirish va ogohlantirish ishlarini olib borayotganini aytdi.


Rasmiylar hozircha ushbu tadbirlar va reydlar yuzasidan biron izoh bergani yo‘q.




O‘zbekiston eski “qora ro‘yxat”larga qaytadimi?

2019-yilda AQSH hukumatining diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi xulosasiga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklarni toptovchi davlatlar ro‘yxatiga qaytargan.


2018-yilda huddi shu tashkilot O‘zbekiston diniy erkinlik sohasida sezilarli yutuqlarga erishganini qayd etib, mazkur reytingdan chiqargan va uni “alohida nazoratga muhtoj davlatlar” ro‘yxatiga kiritgan edi.


Huquq faollari shundan so‘ng BMT maxsus ma’ruzachisi va AQSH hukumatining diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi bilan O‘zbekiston rasmiylari o‘rtasida o‘zaro muloqot deyarli uzilib qolganiini aytishadi.


O‘tgan yillarda O‘zbekistonga kelmoqchi bo‘lgan BMTning diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga uch marta tashrifi belgilanib, so‘ng bekor qilingan.


O‘zbekiston rasmiylari mamlakat diniy erkinliklar sohasida ilgarilab borayotganini da’vo qilishadi. Rasmiylar BMT Maxsus ma’ruzachi tavsiyasi bilan qiynoqlar bilan nom chiqargan "Jasliq" qamoqxonasi yopilgani, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun so‘nggi xalqaro talablar darajasida isloh qilinganini ta’kidlaydilar.


Adliya vazirligi diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va hisobot talablari soddalashtirilganini aytgan.


Jumladan, ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovlar eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 20 tagacha, ya’ni 18,4 milliondan 3,6 million so‘mgacha kamaytirilgan.


Faoliyat yuzasidan hisobot davriyligi yiliga 4 dan 1 martagacha tushirilgan.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yildagi chiqishlaridan birida qariyb 18 ming nafar shaxs “qora ro‘yxat”lardan chiqarilganini aytgan edi.


Shunga qaramay, xalqaro tashkilotlarning so‘nggi monitoring xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston diniy erinliklar uchun xavfli mamlakatlar sirasiga kiritilishi mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilning 1-avgust holatiga mamlakatda 16 ta konfessiyaga mansub 2 285 ta diniy tashkilotlar mavjud.


Shularning 2098 tasi islomiy, 188 tasi boshqa diniy oqimlarga mansub tashkilotlardir.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, din davlatdan ajratilgan. Diniy tashkilotlar va konfessiyalar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net