Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Oilaviy sprut va oligarxiyalashuv. Ekspert Karimov va Mirziyoyev boshqaruvining farqi haqida

​O‘zbekistonda Konstitutsiya qayta yozilib, amaldagi prezident muddatlari nollashtirilishi ortidan muddatidan oldin o‘tkazilgan prezident saylovini tahlilchilar mamlakat tarixidagi eng "beo‘xshov saylov" deb atashdi. Shavkat Mirziyoyev xalq tanimaydigan uch nomzod ustidan g‘olib kelishiga hech kim shubha qilmagandi.


O‘zbekiston va Qozog‘istonda o‘tkaziladigan saylovlarning qanday o‘xshashliklari bor? Mirziyoyev idorasi nimasi bilan Nursulton Nazarboyev boshqaruv uslubini eslatadi? Qasim-Jomart Toqayev bilan Islom Karimov yondashuvlarida qanaqa umumiy jihatlar ko‘zga tashlanadi? Ozodlik qozoq xizmati AQSHda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik siyosatshunos Rafael Sattorov bilan ana shular haqida suhbatlashdi.


Real raqiblarsiz, Konstitutsiya qayta yozilganidan so‘ng

- O‘zbekistondagi saylov natijasi avvalboshdan ma’lum edi, Mirziyoyev g‘alaba qozonishiga hech kim shubha qilgani yo‘q. YXHT missiyasi oraliq hisobotida saylovoldi kampaniyasi lanj bo‘lganini, amaldagi prezidentga muxolifat yo‘qligini urg‘ulagan edi. YXHT 2022-yilda Qozog‘istonda o‘tgan prezident saylovini ham real raqobat bo‘lmagani uchun tanqid qilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari saylovlarida nega chin muqobil bo‘lmaydi?


Rafael Sattorov: Birinchidan, bu rejimlar mohiyatan shaxsiy – hamma narsa bir kishi atrofiga jamlangan. Mazkur omil ularni voqelikni tanqidiy qabul qilishga layoqatsiz qilib qo‘ygan. Eng katta tashvishlari –prezidentni ranjitib qo‘ymaslik. Jamoatchilik fikri esa ikkinchi yoki uchinchi o‘rinda.


Ikkinchi omil – hokimiyatni monopollashtirish va resurslarni o‘z qo‘lida jamlash hisobiga boyigan elita. Ular shu darajaga yetishdiki, endilikda hokimiyatdan ayrilish – kapitaldan ayrilish, kapitalni yo‘qotish esa hokimiyatni boy berish, deganidir. Mintaqaning barcha mamlakatlarida neofeodal avtokratiya va oligarxiya shakllanib bo‘ldi. Elita hokimiyat va kapitalni o‘zlari uchun abstrakt siyosiy partiyaga emas, balki bolalari va nabiralariga topshirishdan manfaatdor. Mana shu Markaziy Osiyo mamlakatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va yaqindan boshlab Qirg‘iziston saylovlarida ham nega raqobat yo‘qligini tushuntiruvchi omillardan biridir. Chunki elitalar hokimiyat va pulnigina tan oladi, mafkuraning esa ular uchun sariq chaqachalik qadri yo‘q.




- Qozog‘istonda ham, O‘zbekistonda ham prezident saylovidan oldin Konstitutsiya o‘zgartirildi. O‘zgartish va qo‘shimchalar referendumga qo‘yildi. Ekspertlar, Toqayev o‘z muddatlarini o‘chirib, hokimiyatini mustahkamlab olish uchun shu ishlarga qo‘l urdi, deydilar. Mirziyoyev ham shu yo‘ldan boryapti desa bo‘ladimi?


Rafael Sattorov: Uslub bir xil, lekin har birining xos tomonlari bor. Mirziyoyev tizimi oilaviy boshqaruv tusini olmoqda. U ko‘proq “Baas” partiyasi davridagi Saddam Husayn rejimini yoki Suriyadagi Asadlar rejimini eslatadi. Hafiz Asad ham iqtidorga kelganidan so‘ng o‘z oilasi mavqeini kuchaytirishga kirishib, barcha kuchishlatar tuzilmalarga urug‘-aymog‘ini “ekib tashlagan edi”. Saddam Iroqida ham xavfsizlik sohasi o‘g‘illar va kuyovlar nazoratida bo‘lgan.


Toqayevni ko‘proq Islom Karimovga o‘xshatish mumkin. Uning urug‘-aymog‘i Mirziyoyevnikidek ko‘p emas. Lekin ko‘ryapmizki, u ham tizginni qattiqroq torta boshladi. Ayni chog‘da Toqayev mangu hukmronlik qilishga intilayotgani ochiq belgilari hozircha yo‘q. O‘zbekistonda esa bor. Ammo Qozog‘iston va O‘zbekiston hokimiyat tizimlari xuddi egizakdek: oligarxik, repressiv, avtoritar.


- Toqayev Karimovni yodga soladi, dedingiz. Qozog‘istonda jilovlar qattiq tortilayotganini ko‘ryapsizmi, xususan 2022-yilgi prezident saylovidan so‘ng?


Rafael Sattorov: Albatta. Yangiliklarni kuzating. Faollarni hibsga olishyapti. Butun mamlakat miqyosida bo‘lyapti bu ishlar. Norozilik aksiyalari ishtirokchilari va faollarni bitta-bitta ushlab, qamash Nursulton Nazarboyev davrida ham bo‘lardi, Toqayev boshqaruvi yillarida ham davom etyapti.


“Yangi” O‘zbekiston va Qozog‘istonning nimasi yangi?

- Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bunyod etilajagini e’lon qildi. U aslida qanchalik “yangi”? Bu “yangilik” jamiyatning umidlarini naqadar oqlaydi?


Rafael Sattorov: Mutlaqo oqlamaydi. “Yangi O‘zbekiston”ni qurayotganlar bari “eski O‘zbekiston”dan chiqqan. Shavkat Mirziyoyev, Abdulaziz Komilov, Akmal Saidov, Sodiq Safoyev – barchasi Karimov davri odamlari. Hokimiyat qattiqqo‘lligicha qoldi, tanqidchilar hanuz qamalmoqda. Biznesga zug‘um qilish davom etyapti. O‘rta va kichik biznes energiya resurslaridan mosuvo. Eksport va import uchun shart-sharoit hamon soddalashtirilgani yo‘q.


- 2022-yil yanvardagi qonli voqealardan so‘ng prezident Toqayev qurishga va’da bergan “yangi Qozog‘iston” borasida fikringiz qanday? Qozog‘iston hukumatining islohotlarga intilishini qanday baholaysiz?


Rafael Sattorov: Islohotlar natijalari haqida kamida uch-to‘rt yildan keyin bir nima deyish mumkin. Mirziyoyev ham boshida islohotlardan xo‘p lof urgan, o‘zini bamisoli yangi Li Kuan Yu kabi tuta boshlagan edi, ammo ko‘p o‘tmay tipik avtokratga aylandi-qoldi.


“Yangi Qozog‘istonni quramiz”, deyishyapti. Yaxshi. Lekin avvalo ba’zi savollarga javob berishsin. “Eski Qozog‘iston” nima? Uning nimasi yomon edi? “Yangi”sidan nimasi bilan farq qilardi? Nega “yangi Qozog‘iston”ni Nazarboyev davridan qolgan odamlar qurishyapti?


O‘zbekiston va Qozog‘istonda konsepsiyalar (“yangi O‘zbekiston” va “yangi Qozog‘iston” konsepsiyalari) siyosiy dogmatikaga aylantirilmoqda, piar o‘laroq qo‘llanmoqda, ko‘pchilik uchun yoqimsiz va tushunarsiz narsa bo‘lib qolayotir. Strateglar nima deb nomlasalar nomlayversinlar, biroq yangi davlatni qurish – bu juda balandparvoz gap, bu yana “yangi tarix boshlanadi” degani. O‘zbekistonda “bizning tariximiz 1991-yildan boshlanadi, davlatimiz muayyan shaxslar sharofati bilan jahon xaritasida paydo bo‘lgan”, deb o‘rgatilardi va bu yolg‘on edi. Endi bo‘lsa haqiqiy tarix mana bu janoblar iqtidorga kelganidan so‘ng boshlandi, deyishmoqda. Bu ham noto‘g‘ri.


“Yangi Qozog‘iston” va “yangi O‘zbekiston” – korrupsiyaga barham berilgan, sudlari mustaqil, universitetlar avtonomiyasi va tadqiqotlar erkinligi ta’minlangan, chinakam meritokratik, oligarxlardan xoli davlatlar bo‘lsa, jon demasmidik? Ana, yangi partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga va yangi siyosiy kuchlarning shakllanishiga xalal berayotgan qonunlarni bekor qilishsin, propagandachilarni efirdan quvib, telekanallarga yangilik uzatishi uchun sharoit qilib berishsin. Lekin bunaqa bo‘lmayapti-da.




- Ostona “Toqayev tashabbusi bilan siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish tartib-taomillari soddalashtirildi, bahorda mustaqil nomzodlar ishtirokida aralash tizim asosida parlament saylovi o‘tkazdik”, deya bu ayblovlaringizga e’tiroz bildirishi mumkin...


Rafael Sattorov: Rasmiylar tilida hamma yoq go‘zal. Konstitutsiya so‘z erkinligi, yig‘inlar erkinligini kafolatlaydi. Lekin qani o‘sha erkinlik? Ko‘plab mustaqil nomzodlarga, matbuot nashrlari yomonotliq qilinmoqda, ularga hujumlar uyushtirilyapti. Qishda Qozog‘istonda mustaqil jurnalist Dinara Yegeubaevaning mashinasini yoqib yuborishdi, operator Roman Yegorovga tegishli avtomobil portlatildi. “Eski Qozog‘iston”da bo‘lmasmidi bunaqa ishlar?


Men uchun eski va yangi davlat yo‘q. Yangi ma’muriyat bor, kelib-ketadigan shaxslar bor, tarix ularning atrofida aylanmaydi, ular bilan tugamaydi ham.


Oilaviy sprut va oligarxiyalashuv

- Ayrimlar Mirziyoyev idora uslubida Nazarboyev boshqaruviga xos belgilarni ko‘rishmoqda. Kuyovlar jiddiy kuch to‘plagan, panadan ish ko‘rishadi, qizlardan biri ochiq siyosiy maydonda. Xatolar uchun javobgarlik tobelar zimmasiga yuklanadi, prezident esa tanqiddan xoli. Nazarboyev va Mirziyoyev boshqaruvi o‘rtasida o‘xshashlik sezasizmi?


Rafael Sattorov: O‘xshashlik bor. Oilaviy sprutda ham (oila a’zolari eng muhim resurslarni, banklar va davlat shirkatlaridagi lavozimlarni egallab olishmoqda), oligarxiyalashuv darajasida ham. Ayni chog‘da Hafiz Asad, Saddam Husayn yoki Husni Muborak rejimlari bilan o‘xshash joylar ham bor. O‘yin qoidalarini asosan kuchishlatarlar belgilamoqda. Siyosat ham, iqtisodiyot ham, xavfsizlik ham ularning qo‘lida.


- Prezident farzandlarini ko‘kka ko‘tarish salbiy tajribalari nega ikkinchi prezidentlarga saboq bo‘lmaydi, axir ko‘z o‘ngimizda Gulnora Karimova hamda Darig‘a Nazarboyeva misollari bor-ku?


Rafael Sattorov: Ular “biz boshqachamiz”, deb qattiq ishonishadi. Lekin salaflarining xatolarini takrorlashmoqda, chunki ularni ham xuddi o‘sha odamlar qurshab olgan. Ular qoida bo‘yicha o‘ynashmaydi. Gap Mirziyoyevda ham emas – ertaga u ketsa, o‘rniga kelgan ham xuddi shu ishni qiladi. Zotan tizim shunaqa, jamiyat shunga yo‘l ochib beradi, u o‘zi to‘lagan soliqlarni nazorat qilmaydi, siyosatga aralashmaydi. Bunaqa sharoitda oilaviy boshqaruvni mustahkamlash uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.




- Qozog‘istonda saylovdan so‘ng jilovlar qattiq tortilayotganini tilga oldingiz. O‘zbekiston ham shu yo‘ldan ketishi mumkinmi?


Rafael Sattorov: Bu jarayon boshlanib bo‘lgan. Boz ustiga, ba’zan hatto siyosatga teginmaydigan blogerlarni ham jazolashmoqda. Bu hokimiyat qo‘rqoq: agar bir odamning milliondan ziyod obunachisi bo‘lsa, “hozir tinch yuribdi, ammo ertaga hukumatga qarshi biron yomon narsa yozib qo‘ymasin, ezib qo‘yaylik, ehtiyot shart”, deb fikrlaydi.


Ilgari tanqidchilarni qo‘lga olib, qiynashardi. Ular “siyosiy mahkum” maqomini olar, inson haqlari tashkilotlari esa ularning ozod etilishini talab qilardi. Bugun boshqacha usul qo‘llashyapti. Biron blogerni ushlashadi, bloger bo‘lgani uchun emas, balki, aytaylik, falon yo‘l harakati qoidasini buzdi yoki hokimiyat vakilini haqorat qildi, deb. Keyin 15 sutkaga qamashadi. Bloger qamoqdan chiqadi va shu zahoti bayonot beradi: “Yo‘nalishimni o‘zgartiraman, boshqa narsalar haqida yozaman”. Darrov anglaymiz, unga bosim o‘tkazilgan.


- Markaziy Osiyo davlatlari avtokratiya bo‘lishga mahkummi?


Rafael Sattorov: Menimcha, yo‘q. Xalqlarimiz turli-tuman johil, ojiz, mustabid feodal hukmdorlar qo‘lida tutqun bo‘lgan shafqatsiz o‘rta asrlarda ham demokratiya va ilm-ma’rifat g‘oyalaridan bayroq ko‘targan ilg‘or kishilar yetishib chiqqan edi. Go‘yo hech qanday umid yo‘qdek tuyulgan paytlarda ham turli harakatlar, jamiyatni o‘zgartirishga bel bog‘lagan insonlar topilgan. Bizning tariximiz Nazarboyev yoki Karimovdan boshlanmagan, Toqayev va Mirziyoyev bilan tugamaydi ham. Biz avtoritarizm changalida mangu qolmaymiz. Biz katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bu 1904-1905-yillardagi Eron inqilobiga, yoki Polsha, Ruminiya va Janubiy Koreyada yuz bergan demokratik transformatsiyaga o‘xshash voqealar bo‘ladi. Evrilishlar bo‘lishiga sira shubha qilmayman.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net