Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Afg‘onistonlik investor va advokati o‘zlariga hujumni tergov qilishni so‘ramoqda (VIDEO)

Shu yilning aprel oyida noma’lum shaxslar hujumiga uchragan toshkentlik advokat mashinasidan zo‘ravonlik bilan olib ketilgan afg‘on investoriga nisbatan  tergov jarayonida protsessual normalar buzilayotganidan  shikoyat qilmoqda. YouTube tarmog‘iga joylashtirilgan videoda advokatning mashinasiga bo‘lgan hujum  aks etgan.


Toshkent prokuraturasi va Tergov departamenti bu masalada izoh berganicha yo‘q.


Shu yilning 7 - iyun kuni YouTube tarmog‘ida noma’lum shaxslarning shahar ko‘chasida ketayotgan avtomobilni to‘xtatib, undagi ikki yo‘lovchiga qilgan hujumi videosi paydo bo‘ldi.


Videorolik o‘zini militsiya xodimi deb tanishtirgan, ammo hujjat ko‘rsatmagyotgan bir guruh shaxs DAN xodimi yordamida mashina yo‘lini to‘sib, undagi ikki shaxsni mashinadan sudrab chiqayotganida uzilib qoladi.




 


Ozodlik bu videoda hujumga uchragan shaxslar -  toshkentlik advokat Nodir Boltayev va uning himoyasidagi afg‘onistonlik tadbirkor Abdul Jalil Askandari ekanini aniqladi.


Himoyachi Nodir Boltayevga ko‘ra, hodisa shu yilning 27 - aprelida poytaxtning Xalqlar do‘stligi metrosi yaqinidagi chorrahada sodir bulgan va video o‘zini “tergovchi” deb atagan shaxslardan biri tomonidan olingan:


- To‘g‘risi, bu videoni ular nima maqsadda va qanday chiqarganini o‘zim ham tushunmay turibman. 27 - aprel kuni suddan ozod qilingan shaxs - Qozog‘iston va Afg‘oniston davlatlari fuqarosi Askandari Abdul Djalilni men uyiga olib ketayotganimda, qandaydir mashina meni mashinamni qisib to‘xtatib, hujjat ko‘rsatmasdan, Askandarini olib ketamiz, deb turib oldi. Ularda hech qanday asos yo‘q, sud hozirgina uni qo‘yvorgandi! Videoda ko‘rganingizdek, ular zo‘ravonlik qilib, advokat mashinasiga bostirib kiradi va mijozni olib ketadi. Boz ustiga, ularning xatti-harakatlarini videoga olgan “Samsung” telefonimni o‘g‘irlab ketishdi. Bu odamlar O‘zbekiston Respublikasining qator moddalarini qo‘pol ravishda buzdi.


Nodir Boltayev 2021 - yil 29 - aprelь kuni soat 22:20 da Askandari jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida JPKning 221-moddasi tartibida takroran ushlanganini bildirdi.


Qizig‘i, shaxsiy tintuv bayonnomasida advokatning mashinadan olib ketilgan uyali telefoni gumon qilinuvchining “shimi cho‘ntagidan chiqqanligi” qayd etilganini ko‘rish mumkin.


- Tasvirga olayotgan odamning o‘zi mening uyali telefonimni old o‘rindiqdan olib ketayotganini ko‘rishingiz mumkin. Undagi o‘zlariga zarari tegishi mumkin bo‘lgan videolarni o‘chirishibdi. Bu “Advokatlarning huquqiy faoliyati kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunni to‘liq buzish hisoblanadi. Mening mijozimni Mirobod sudi ozod qilganidan keyin, o‘g‘irlab olib borishib, ikkinchi marotaba bitta ish bo‘yicha sud qilishib, yana ushlashyapti. Bizning fikrimizcha, bu odamning mutlaqo aybi yo‘q: Afg‘onistondagi bitta firmadan boshqa firmaga tushirilgan pul mablag‘larining to‘lovi kserokopiyasiga asosan qamab qo‘yishgan. Bu odam u firmaga aloqam yo‘q, deyapti. 7 oy bo‘ldi – tergov muddati ham uzaytirilmagan, odamni ham qamab qo‘ygan, -  deydi advokat.


Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Abdul Jalil Askandari “Rustam Konstrakshn” MChJsining 50 foiz ulushi egasidir. Bu firmaga jami 5-6 million dollar atrofida sarmoya kiritgani aytilgan Askandari oxirgi yillarda Sirg‘ali tumanida kam ta’minlangan oilalarga ko‘p qavatli uylar qurish bilan shug‘ullanib kelgan.




Askandariga nisbatan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan 2020 - yil 15 - dekabr kuni JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq himoyachilar pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan “Davlatzada Group LTD”, “Sayed Fazel Logistic Services Company LTD” va “Shahr Yar LTD” korxonalari Afg‘oniston Respublikasi hududida joylashgan, ya’ni pul o‘tkazmalari masalasi xorijiy davlat hududida yuz bergani sababli gumon qilinuvchi Abdul Jalilga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilishi ham yurisdiksiya nuqtai nazaridan va ham qonun hujjatlariga zid ekanini aytib kelmoqda.


Afg‘oniston Islom respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z vatandoshiga nisbatan adolatli sudlov olib borish va uni tergov yakuniga qadar uy qamog‘ida saqlash to‘g‘risida bir necha bor murojaat yo‘llagani ham aniqlandi.




Toshkent shahar 1-tergov hibsxonasida saqlanayotgan tadbirkor Askandari bilan uchrashgan advokati va yaqinlari uning salomatligi  yomonlashganini aytishmoqda.


Himoyachisi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan Abdul Jalil qand diabetidan aziyat chekayotgani, badaniga toshma toshib ketgani va shoshilinch tibbiy muolajaga muhtojligini bildirgan. 


“Abdul Jalil qandaydir shaxslar undan  pul undirishga qarshi chiqqani uchun shu tariqa bosimga uchrayotganini gapirib keladi”, - deydi Nodir Boltayev.


Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek tergovchilari afg‘onistonlik tadbirkorni 20 millionga yaqin dollar miqdoridagi pul bilan Afg‘onistondan O‘zbekistonga qochib o‘tgan va Interpol tomonidan qidiruvga berilgan  shaxsga aloqador degan gumon bilan uni hibsda ushlab turibdi.


- Bu odam Askandari ustidan ariza bilan murojaat qilgan ekan. Vaholanki, uni o‘zi ustidan Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bir necha marotaba murojaat qilgan O‘zbekistonga, lekin bemalol yuribdi davlatimizda, berishmayapti. Menga qilingan hujum ustidan esa, men Ichki ishlar Tergov departamentiga ham, Mirobod tuman prokuraturasiga ham shikoyat arizasi tashlaganman. Hammayoq jim-jit, hech qanday reaksiya bo‘lmayapti, Askandari ishi ham to‘xtab yotibdi, - dedi himoyachi Nodir Boltayev.




Ozodlik Mirobod tuman prokuraturasidan bu masalada rasmiy  izoh ololmadi. Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasida Askandari va uning advokatiga qilingan hujum yuzasidan rasmiy murojaat bilan chiqishni tavsiya qilishdi.


 




- Ariza aprel oyida topshirilgan bo‘lsa, qonunga muvofiq belgilangan tartibda bir oyda javob berilgan bo‘lishi kerak – javob berilmasligi mumkin emas! Advokat javobni olgan, yana bir undan so‘rang, deya tavsiya berdi navbatchi zobit.


O‘zbekistonda qurilish sohasida ishlab kelgan Abdul Jalil Askandarining Olma-Otada besh farzandi qolgan.


Abdul Jalil Askandari O‘zbekistonga sarmoya kiritib, jinoyat ishi figurantiga aylangan yagona tadbirkor emas.


Toshkentda 1994-2016 - yillarda faoliyat yuritgan "Lift Montaj Sozlash" MChJ hamda "Kaspiy" MChJ qurilish shirkatlarining egasi Nazim Mamedov to‘rt yil avval O‘zbekistonda musodara qilingan mulkini qaytarib olishda yordam so‘rab, prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan edi.


2004-2011 - yillarda Toshkentda "Turkuaz" savdo markaziga asos solib, faoliyat yuritgan shirkat egasi, 50 yashar Turkiya fuqarosi Vohid Gunash 2012 - yil aprelida musodara qilingan mol-mulkini qaytarish talabi bilan O‘zbekiston rasmiylariga murojaat qilgan.


Murojaati e’tiborsiz qoldirilgach, Gunesh O‘zbekiston hukumatiga qarshi da’vo arizasi bilan Sarmoya va biznes bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqadigan AQShdagi xalqaro markaz (International Centre for Settlement.of Investment Disputes -​ ICSID)ICSID ga shikoyat qilgan edi.


O‘tgan yil noyabrida ICSID O‘zbekiston hukumati turk sarmoyadoriga 40 million AQSh dollari miqdorida tovon to‘lashi lozimligi haqida hukm chiqargandi.


 



Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net