Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Onlayn-qimor: Xonavayron bo‘layotganlar ko‘paydi

Samarqand viloyat, Pastdarg‘om tumanidagi Yangiobod mahallasida yashagan 18 yashar o‘spirinning o‘zini osib o‘ldirishiga Internet-qimorda katta pul yutqazib qo‘ygani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.


15 - mayda sodir bo‘lgan  fojia bilan bog‘liq ishni tuman prokuraturasi o‘rganmoqda. 


Ijtimoiy tarmoqlarda “Onlayn qimorga qarshimiz” aksiyasini boshlagan faollar fikricha, pastdarg‘omlik o‘spirinning o‘limi, agar u chindan ham onlayn qimor qurboni bo‘lgan bo‘lsa, jamoatchilik e’tibor berishi lozim bo‘lgan ulkan muammoning bir uchi, xolos.


O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markaziga ko‘ra, onlayn kazinolarni bloklash choralari ko‘rilmoqda, biroq bu choralar yetarli bo‘lmayapti.


Qimor yoshlarning asosiy ishi bo‘lib qolgan?

Bir necha oydan beri onlayn-qimorga ruju qo‘yib, boy bergan puli 50 million so‘mga yetgan farg‘onalik savdogar ayol boshidan o‘tganlarni Ozodlikka aytib berishni istamadi.


Yutqizganlar boy berganini aytavermaydi. Ularning yutqizig‘idan, odatda, oila-a’zolari ham bexabar qoladi. Biroq qattiq yashirilgan sir oxir-oqibat fojia yuz berganidan so‘ng fosh bo‘ladi.




“Mahallamizda juda yaxshi oila farzandi onlayn-qimorga aralashib qoldi. Otasi 25000$ qarzini to‘ladi. Qolgan 22000$ to‘lanmadi. Bola qamalib ketdi. Otasi xonavayron bo‘ldi”.


“Xorazm viloyatida bu (onlayn-qimor) yoshlarning asosiy ishi bo‘lib qolgan. Men tanigan 3-4 yigit bor. Bittasi 50000$, yana biri 40000$, yana biri 10000$ dan ko‘proq yutqazgan. Bular shaxsan o‘zim bilganlarim”.


Bular “Onlayn qimorga qarshimiz” aksiyasini boshlagan farg‘onalik bloger Dima Qayumga kelgan ko‘plab xabarlardan ikkitasi, xolos.


Dima Qayum 9 - iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda onlayn-qimor ommalashib ketganidan tashvish bildirdi:


“Ish joyim bozorda. Yaxshi gapniyam, yomon gapniyam birinchi bo‘lib bozor eshitadi. Keyingi paytlarda onlayn-qimor juda ommalashib ketdi. Ko‘proq yoshlar orasida, biroq kattalar orasida ham o‘ynayotganlar, bor mulkini boy berib qo‘yayotganlar bor”.


Blogerning aytishicha, odamlarni bu illatdan saqlashga hissa qo‘shish maqsadida maslakdoshi, psixolog Shoira Isoqova bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda “Onlayn qimorga qarshimiz” aktsiyasini boshlagan.


Shundan so‘ng Internet foydalanuvchilardan kelayotgan mavzuga oid xabarlar skrinshotlarini Dima Qayum o‘z Feysbukida e’lon qilib kelmoqda.




Ozodlik mavzuni o‘rganar ekan, onlayn-qimorda ishtirok etishga chorlovchi reklamalar juda ko‘p ekani, ba’zi bir o‘zbek blogerlari bunday reklamalarni o‘z videomahsulotiga tirkayotganiga guvoh bo‘ldi.


Onlayn-qimorga chorlagan reklamalar orasida Dima Qayum ishtirokidagisi ham bor.


“Albatta, u feyk reklama. Mening televideniyedagi, Feysbukdagi turli chiqishlarimdan kesib, montaj qilib yasalgan. Men hech qachon qimorni reklama qilgan emasman,  qilmayman ham, - deydi bloger, - biroq afsuski, taniqli san’atkorlarimiz, hatto bir ustoz jurnalist reklama qilganiga ko‘zim tushdi”. 




Vaziyatni kim nazorat qiladi?

Xo‘sh, onlayn-qimor bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatni kim, qaysi idora nazorat qiladi? 


Ozodlik bu savolni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga berdi va   “Vazirlik tarkibida alohida xizmat yo‘q. Bu ish bilan profilaktika, jinoyat qidiruv va tergov, har biri o‘z yo‘nalishida shug‘ullanadi”, degan javobni oldi.


Qimor o‘yinlari, shu jumladan Internet orqali bunday o‘yinlarni uyushtirish uchun javobgarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191- moddasida (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) belgilab qo‘yilgan.


Onlayn-qimor masalasida savol yo‘llanishi mumkin bo‘lgan yana bir tashkilot Kiberxavfsizlik markazi DUKdir (davlat unitar korxonasi)


Korxona rasmiy saytida e’lon qilingan telefonlarni hech kim ko‘tarmadi. Biroq markaz o‘z saytida o‘tgan yilning yozida aynan biz o‘rganayotgan mavzu yuzasidan ogohlantiruv e’lon qilgani ma’lum bo‘ldi.


Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoqlarda onlayn kazinolar keng reklama qilinayotganini ta’kidlab, foydalanuvchilarni bunday reklamalarga aldanib qolmaslikka chaqirgan.


Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, saqlash bo‘yicha faoliyat uchun javobgarlik ko‘zda tutilganini eslatgan.


Kiberxavfsizlik markazi bayonotida onlayn kazinolarga to‘siq qo‘yishga harakat qilinayotgani aytilgan:


“Onlayn kazino va boshqa qimor o‘yinlarini tashkil etish faoliyati ko‘p davlatlarda taqiqlangan va bunday onlayn platformalar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan bloklash choralari ko‘rilmoqda”.


Biroq bunday choralar samara bermayotganini ham Kiberxavfsizlik markazi tan olgan:


“Bloklashning oldini olish uchun, ushbu onlayn platformalarning egalari, domen nomlari va serverlarini muntazam ravishda o‘zgartirish choralarni ko‘rmoqdalar, shu bilan firibgarlar qalbaki qimor saytlaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun sharoit yaratmoqdalar”.


Psixolog: Qimorbozlik kasallikdir

 “Onlayn qimorga qarshimiz” aksiyasining yana bir tashabbuschisi, psixolog Shoira Isoqovaga ko‘ra, har bir odam o‘zini o‘zi nazorat qilishni o‘rganishi, shunga harakat qilishi kerak.


“Hayotda har bir odam omadli, muvaffaqiyatga tez erishishni va g‘olib bo‘lishni xohlaydi. Ammo noto‘g‘ri qadam bosib, bu orzu-istaklarni amalga oshirib bo‘lmaydi. Yillar davomida noto‘g‘ri tushunchalar bilan shakllangan shaxslar qaltis o‘yinlarga ko‘proq ruju qo‘yadi. Kezi kelganda yana bir narsani ta’kidlab ketishni istardim: ko‘pchilik virtual olamni haqiqiy hayotga almashtirib qo‘yadi. Natijada, bu yerda muvaffaqiyatlarga erishishni xohlaydi. Shifokorlar bunday o‘yinlarga tobe’likni narkotik va alkogol mahsulotlariga qaramlilik bilan teng baholashadi”,  - deb aytgan psixolog Zamon.uz nashriga bergan suhbatida.


 

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net