Добавить новость
World News





160*600

Новости сегодня на DirectAdvert

Новости сегодня от Adwile

Актуальные новости сегодня от ValueImpression.com


Опубликовать свою новость бесплатно - сейчас


Termizdagi saylovoldi uchrashuvi janjalga aylandi¸ norozi saylovchilar zalni tark etdi (VIDEO)

4 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Oliy Majlis va viloyat kengashi deputatligiga nomzodlar bilan uchrashuv saylovchilar noroziligiga sabab bo‘ldi.


Bu haqda Ozodlikka mazkur yig‘inda qatnashgan termizliklar xabar berdi.


Xabarga ilova qilingan surat va videolardan deputatlikka nomzodlar va ular ishonchi vakili qilgan bayonotlarning saylovchilarni g‘azabga solgani va minbardan o‘tirganlar bilan pastdagi xalq o‘rtasida qizg‘in tortishuv yuzaga chiqqani ko‘riladi.


Yig‘ilish ishtirokchilarining Ozodlikka aytishicha¸ minbardagilarning saylovchilar qo‘ygan asosiy talab – gaz va svet masalasidagi so‘roviga bepisandlik qilgani to‘planganlar g‘azabini qo‘zg‘agan.


Ozodlik deputatlikka nomzodlarning o‘zlari bilan bog‘lanib videoda aks etgan janjal yuzasidan izoh olishga hozircha muvaffaq bo‘lmadi.


Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi


4 dekabr kuni  “Termiz Arxitektura va Qurilish ” kasb hunar kolleji binosida joylashgan 213-saylov uchastkasida  Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Halq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlarning Muhiddin Eshtemirov mahallasi aholisi bilan saylovoldi uchrashuvi o‘tkazildi.


Uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga to‘rt partiya qo‘ygan nomzodlar¸ ularning ishonchli vakillari ishtirok etgan.


Uchrashuvda qatnashganlarning Ozodlikka aytishicha¸ nomzodlarning aytilgan vaqtdan 32 minut kechikib kelgani¸ "nopisandlik" ifodasi sifatida oddiy xalq e’tiroziga sabab bo‘lgan.


Saylovchilar bilan uchrashuvga Termiz tuman hokimining sobiq o‘rinbosari To‘ra Zoyirov raislik qilgan.


“Nomzodlar saylovoldi dasturlari bilan qisqacha tanishtirgandan so‘ng, saylovchilar bilan ochiq muloqot boshlandi”¸ deydi bu uchrashuv tafsilotlari Ozodlikka yuborgan qatnashchilardan biri.


Saylovchilar talablari


Ochiq muloqotda¸  Muhiddin Eshtemirov mahallasi saylovchilari o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, tabiiy gaz, elektr energiyasi, yo‘l ta’miri va toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni tilga olgan va bo‘lajak deputatlardan bu muammolarni qanday hal qilmoqchi ekanini so‘ragan.


Aytilishicha¸  4000 ga yaqin odam yashovchi bu mahalla 2016 yil dekabrida Termiz tuman hokimligi qarori bilan tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan.


O‘tgan yillar davomida mahalla aholisining turli davlat idoralari va rahbarlariga takror-takror murojaat qilgani biror natija bermagan.


“Bugungi kunda  M.Eshtemirov mahallasi aholisi tabiiy gaz va toza ichimlik suviga umuman ega emas, mahalla ichki yo‘llari juda ham rasvo holatda bo‘lib, yomg‘ir yog‘sa ba’zi ko‘chalarda “orolchalar” paydo bo‘ladi, elektr energiyasi kuniga 5-6 soat beriladi, suyultirilgan gaz ballonlari 60-74 kunda beriladi. Bu viloyat markazining shundoqqina yonida joylashgan mahallaning ahvoli”¸ deydi Ozodlik gaplashgan mahalla yashovchilaridan biri.


Guvohlarga ko‘ra¸ saylovchilar viloyat hokimi To‘ra Babalov va tuman hokimi  Shuhrat O‘rinov faoliyatidan noroziligi¸ na bu rahbarlar va na joriy deputatlarning bu hududga oyoq bosmagani¸ kuchayib borayotgan korrupsiya haqida ochiq gapira boshlagan.


Termiz tuman hokimining sobiq o‘rinbosari To‘ra Zoyirov M.Eshtemirov mahallasiga umuman tabiiy gaz berilmasligini baralla aytib, boradigan joyingga bor¸ degan mazmunda gapirishi ortidan¸ to‘planganlar  birdan o‘rnidan turib, norozilik bildirishga o‘tgan.


“Agar mahalla aholisining muammolari sizlarga qiziq emas ekan, sizlarning saylovlaring ham bizga qiziq emas, qani xalq deputati, qani xalqni o‘ylaydigan rahbarlar, qani prezident Mirziyoyevning xalq roziligini olish borasidagi davlat siyosati” deb, nomzodlarning broshyuralarni g‘ijimlab uloqtirib,  uchrashuv tugamasdan zaldan chiqib ketishdi”¸ deydi uchrashuv qatnashchilaridan biri.




 


Ozodlikka yuborilgan videoyozuvdan saylovchilarining nomzodlarga qarata “Deputat nima kerak?”, “Xalqni kim o‘ylaydi?”, “Qani tirik rahbarlar?”, “Foydasi yo‘q saylovlar!”, “Bizga deputat kerak emas!”, “Yolg‘onchilar”, “Viloyat hokimi ishlamaydi”, “Tuman rahbarlari o‘lgan”, “Biz qiynalayapmiz, gaz, suv va svet yo‘q”, “Xalq uchun bir ish qillaring!” deb baqirgani eshitiladi.


Zalda to‘planganlarni¸ guvohlarning aytishicha¸ hokimiyat vakillari va deputatlikka nomzodlar emas¸ balki Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga nomzodini qo‘ygan¸ ammo minbarga chiqarilmagan tadbirkor Hayitali Allamurodov tinchlantirgan.


“Hayitali Allamurodov M.Eshtemirov mahallasi saylovchilariga toza ichimlik suvi, ichki yo‘lni ta’mirlash masalalarini deputatlikka saylansa ham¸ saylanmasa ham o‘z mablag‘i hisobidan hal qilishini, lekin tabiiy gaz masalasini hal qilish bir tadbirkor qo‘lidan kelmasligi bildirdi”¸ deydi Termizdagi saylovoldi uchrashuv qatnashchilaridan biri.


Ozodlik 4 dekabr kungi saylovoldi uchrashuvida qatnashgan deputatlikka nomzodlar bilan bevosita bog‘lanib¸ ularning saylovchilar qo‘ygan talablarga javobini o‘rganishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.(Ular o‘z munosabatini jamoatchlikka taqdim etish uchun  Ozodlikka yuborishlari mumkin – tahr.)


22 dekabr kuni O‘zbekistonda Oliy majlis va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.


 


Islom Karimov o‘limidan so‘ng birinchi marta o‘tkazilayotgan bu saylovlar haqida Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra¸ nomzodlar ro‘yxati asosan yana ijroiya hokimiyati tomonidan tuzilmoqda.


Загрузка...

Читайте на сайте

Другие проекты от 123ru.net








































Другие популярные новости дня сегодня


123ru.net — быстрее, чем Я..., самые свежие и актуальные новости Вашего города — каждый день, каждый час с ежеминутным обновлением! Мгновенная публикация на языке оригинала, без модерации и без купюр в разделе Пользователи сайта 123ru.net.

Как добавить свои новости в наши трансляции? Очень просто. Достаточно отправить заявку на наш электронный адрес mail@29ru.net с указанием адреса Вашей ленты новостей в формате RSS или подать заявку на включение Вашего сайта в наш каталог через форму. После модерации заявки в течении 24 часов Ваша лента новостей начнёт транслироваться в разделе Вашего города. Все новости в нашей ленте новостей отсортированы поминутно по времени публикации, которое указано напротив каждой новости справа также как и прямая ссылка на источник информации. Если у Вас есть интересные фото Вашего города или других населённых пунктов Вашего региона мы также готовы опубликовать их в разделе Вашего города в нашем каталоге региональных сайтов, который на сегодняшний день является самым большим региональным ресурсом, охватывающим все города не только России и Украины, но ещё и Белоруссии и Абхазии. Прислать фото можно здесь. Оперативно разместить свою новость в Вашем городе можно самостоятельно через форму.



Новости 24/7 Все города России




Загрузка...


Топ 10 новостей последнего часа






Персональные новости

123ru.net — ежедневник главных новостей Вашего города и Вашего региона. 123ru.net - новости в деталях, свежий, незамыленный образ событий дня, аналитика минувших событий, прогнозы на будущее и непредвзятый взгляд на настоящее, как всегда, оперативно, честно, без купюр и цензуры каждый час, семь дней в неделю, 24 часа в сутки. Ещё больше местных городских новостей Вашего города — на порталах News-Life.pro и News24.pro. Полная лента региональных новостей на этот час — здесь. Самые свежие и популярные публикации событий в России и в мире сегодня - в ТОП-100 и на сайте Russia24.pro. С 2017 года проект 123ru.net стал мультиязычным и расширил свою аудиторию в мировом пространстве. Теперь нас читает не только русскоязычная аудитория и жители бывшего СССР, но и весь современный мир. 123ru.net - мир новостей без границ и цензуры в режиме реального времени. Каждую минуту - 123 самые горячие новости из городов и регионов. С нами Вы никогда не пропустите главное. А самым главным во все века остаётся "время" - наше и Ваше (у каждого - оно своё). Время - бесценно! Берегите и цените время. Здесь и сейчас — знакомства на 123ru.net. . Разместить свою новость локально в любом городе (и даже, на любом языке мира) можно ежесекундно (совершенно бесплатно) с мгновенной публикацией (без цензуры и модерации) самостоятельно - здесь.



Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире




Путин в России и мире

Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.






Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...





Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net