“Uyda svet yo‘qligi bois telefonni mashinada zaryadlayotganimda YHX bosib olib ketdi”
Sirdaryo shahri, Guliston ko‘chasidagi 109-uyning 4-xonadonida yashaydigan 53 yashar Shavkat Yusupovning OzodMikrofon ga arz qilishicha, Sirdaryo shahar yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari elektr chirog‘i o‘chgani bois uyining oldida turgan mashinasida telefonini zaryad qilayotgan paytda, zo‘rlik bilan olib ketishgan.
“To‘g‘ri, men ishdan kelib uyda ozgina aroq ichgandim. Svet o‘chib qolgan edi. Telefonimni zaryadlash uchun uyimning oldida turgan mashinamga tushdim va zaryadga qo‘yib o‘tirgandim. Shu payt ikki nafar GAI xodimi kelib, hujjat ham so‘ramasdan meni mashinasiga bosib, otdelga olib ketdi. Keyin go‘yoki, meni qaysidir bir ko‘chada to‘xtatishganday qilib bayonnoma tuzishibdi, u bayonnomani men ko‘rganim ham yo‘q. Otdeldan qaytgunimcha mashinamni evakuatorga ortib, jarima maydoniga olib borib qo‘yishibdi”, deydi Shavkat Yusupov.
----------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!